Abdurauf Fitrat (1886-1934). Abdurauf Abdurahim o‘g'li Fitrat Buxoro shahrida tug'ilgan. «Fitrat» Abduraufning adabiy taxallusi bo'lib, bu so‘z tug'ma tabiat, tug‘ma iste'dod degan ma'noni anglatadi.
XX asr boshlarida butun Sharqda boMgani kabi Buxoroda ham ijtimoiy fikr taraqqiyotida jiddiy uyg'onish boshlanib, ma'rifatparvar jadidchilik harakati keng yoyiladi. Amir boshqaruvining qattiqqo‘lligi Buxoro jadidlarini maxfiy jamiyat tuzishga majbur qilgan edi. Buxoroda jadidlar «Yosh buxoroliklar» nomi bilan ish olib borgan. Fitrat «Yosh buxoroliklar» harakatining rahbarlaridan biri edi. Yosh buxoroliklar o'z faoliyatlarining boshlarida yangi usuldagi maktablar ochib, ularda boy hamda kambag'allaming bolalarini o'qitdilar.
Abdurauf Fitrat 1909-yilda «Jamiyati xayriya»ning ko‘magida Turkiyaga o'qishga ketadi. 1913-yil to‘rt yillik o'qishdan so'ng Fitrat Turkiyadan Buxoroga qaytib keladi. U Turkiyadan ilg'or qarashlar bilan qaytgan edi.
Fitrat 1916-yili «Oila» nomli falsafiy asarini yozadi. Fitrat 1922- 1923-yillarda Buxoro Xalq Respublikasidan Germaniyaga, Turkivaga talabalar yuborish, ilg'or Yevropa ta'lim-tarbiyasi, ilm-fan. texnika sirlarini o'rganish, yangi Buxoro Xalq Respublikasi va Turkistonda maorif va madaniyatni rivojlantiruvchi mahalliy kadrlar tayyorlash ta- shabbuskori va tanlovchilaridan biri bo'lgan. Leningrad Davlat uni- versiteti 1924-yilda Fitratga o'zbek va tojik mumtoz adabivotlari namo- yondalari to'g'risidagi ilmiy tadqiqotlari uchun professor unvonini bergan.
Fitratning «Rahbari najot» asari ham to'la ravishda ta'lim-tarbiya masalalariga bag'ishlangan. Ayniqsa, asarning uchinchi bobi oila, bola tarbiyasi, axloq-odob mavzulariga bag'ishlangan bo‘lib, bu masalalar hozirgi davrda hanr katta ma'rifiy ahamiyatga egadir.
0‘zbekistonda birinchi sport jamiyatlarining taslikil topishi.
XIX asr oxiri - XX asrning boshlarida hududda zamonaviy sportning kirib kelishi va rivojlanishi uchun imkoniyatlar paydo bo'lgan.
Turkiston oMkasi shaharlarida ziyolilar tashabbusi bilan sport klublari va jamiyatlari tashkil qilingan. Sport seksiyalarida shug'ul- lanuvchilaming asosiy tarkibi harbiy ofitserlar, xizmatchi xodimlar va ziyolilardan iborat edi. Turkiston ziyolilari chet elda dunyoviy taMim olgan davming eng i!g‘or ma!rifatli kishilari edi. Ular xorijiy daviatlar tajribasi bilan tanishuv hamda ma'rifiy faoliyat natijasida barkamol rivojlanishda inson uchun jismoniy tarbiyaning muhim oTin egallashini anglab yetganlar.
Bu davrda mahalliy aholi uchun yangi boMgan Yevropa madaniyatining asta-sekin kirib kelishi va madaniyatlaming o‘zaro ta'siri Turkiston oMkasining turli hududlarida sportni yetarli darajada jadal rivojlanishiga turtki bo‘lgan.
Jumladan, velosportga qiziqish 1894-yilda “Toshkent havaskor velosipedchilar janiiyati”ning (THVJ) tuzilishiga olib kelgan. Jamtyat o'zirting nizomini va badallarni to'Jash tarribini ishlab chiqqan. 1894-yil I8-sentabrda shahar xiyobonidagi vaqiinchalik velotrekda velosport bo'yicha birinchi musobaqa o‘tkazilgan. 1895-yil Samarqandda velosipedchilar to‘garagi va musobaqalar tashkil etilgan va ulaming birinchi musobaqasi 1895-yil 4-iyulda harbiy bo‘lim maydonida o‘tkazilgan. Tomoshabinlaming pullik joylaridan yig‘ilgan mablag‘ Samarqand bolalar uyiga o'tkazilgan.
1896-yil 16-aprcIda THVJ majlisida Toshkentda velotrek qurish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan. Velotrek iyul oyida qurib bitirilgan va shu yilning 4-avgustida foydalanishga topshirilgan. Yangi velotrekda o‘tkazilgan musobaqalarda 4 nafar o‘zbek poygachilari ishtirok etgan.
1894-1912-yiIlar THVJ tashabbusi bilan tashkil qilingan turli musobaqalarda Rossiyaning professional sportchilari ham qatnashgan. Bu yillarda Toshkentga “Havo trekda uchish”. “Iblis poygasi”, “Velosipedda yong‘in” va shunga o'xshash koTgazmali chiqishlar bilan professional poygachilar tashrif buvurganlar. Bu davrda jamiyat faoliyati asosan mahalliy zodagonlar, savdogarlar va yuqori harbiy unvon vakillari uchun ko‘ngilochar tadbirlarni tashkil etishga qaratilgan bo‘Isa-da, velosport rivojida progressiv rol o‘ynaganini ta'kidlash mumkin.
106
XIX asr oxirida aholining sport kurashi va og'ir atletikaga qiziqishlari pa%do bo'lgan. 1895-yiIda mashhur nemis polvoni Rippel Toshkentga kelib. sirkda o'z kuchi va mahoratini ko'rsatgan. Uning og'irligi sakkiz yarim pud (133 kg.) boTib. sakkiz pudlik cho'yan ciiyani ikki qo'li bilan. 16 pudlik cho'yan giryani kifti bilan ko'tarib tomosha ko'rsatgan. Bu yillarda Toshkentning Beshyog'och mahallasidan Ahmad polvon O'rta Osiyoda eng kuchli pahlavon bo'Igan. Ahmad polvon Rippel bilan tyirash tushib, uni bir lahzada yutgan. 1911-yilda Ahinad polvon j fransuz qoidalari bo'yicha o'tkazilgan klassik kurashda Germaniya chempioni Giber ustidan g'alaba qozongan. Bunga o'xshagan polvonlar O'zbekistonning deyarli barcha hududlarida juda ko'p bo'lgan.23
yil Toshkentda birinchi tennis maydoni paydo bo'lgan. Uning ko'rinishi juda oddiy va to'siqlarsiz bo'lgan. Butun shahar bo'yicha faqatgina bilim yurti o'qituvchisi cheh miliatiga mansub Van Drachek bir nechta tennis to'plari va raketkalariga ega bo'lib, uning rahbarligida o'quvchiiar tennis to'rini to'qib olishgan edi. 1909-yil Toshkentda dastlabki tennis musobaqalari o'tkazila boshlagan. O'lka- mizning ilk tennischi sportchilaridan biri Polina Karfung bo'lgan. Keyinchalik tennis Andijon. Buxoro, Qo'qon, Farg'ona shaharlarida ommaviylashgan. XX asrning 30-yy. tennisning rivojlanishiga Moskva shahridan kelgan mutaxassisiar katta yordam berganlar.
yil "Toshkent gimnastika va jismoniy mashq havaskorlari jamiyati". 1906-yil esa ‘'Sokof’ ("Lochin’’) ycngil atlctika guruhi tashkil topgan. 1906-yiidan boshlab O'rta Osiyoda futbol rasmiy ravishda tarkib topa boshlaydi.
yil Turkistonda professional kurash bo'yicha chempionat o'tkazilgan edi. Bu chempionatda jahonning taniqli kurashchilari rossiyalik Ivan Poddubniy, Ivan Xaikin ishtirok etganlar. Musobaqalar kurashning uch turidan iborat bo'lgan: o'zbek kurashi, rus belbog'li kurashi va fransuz kurashi. 1909-yiida bu musobaqalarda Rossiyadan Matyushenko va Sokolov, lspaniyadan Karlos, Fransiyadan Strobans, Kavkazdan Chuyanidze, Germaniyadan Paulb Ban ishtirok etganlar. 1910-yilda rossiyalik Ivan Lebedev tomonidan tashkil etilgan fransuzcha kurash musobaqalarida Fransiya chempioni Shevalye, Turkiya chempioni Qoraahmad ham qatnashganlar. Ular bilan 15
15 Xo'jayev R O'/hekislonda jismoniy larbiya J IW
mahalliy polvonlar Ahmad, Azim xo'ja, Haydar Ali, Abdnrahmon Vohitov, Toji Aglayev kurash tushganlar.
yil Toshkentda atletika jamiyati tashkil qilingan. Uning asoschilaridan biri Nikolay Gorizdro og‘ir atletikada rekordchi sifatida tanilgan edi.
yil Samarqandda - ovchilar jamiyati, Andijonda - “Diskobol” jamiyati tuzilgan. O'sha yili Toshkcnt va Farg'ona shaharlarida yugurish, sakrash va uloqtirish, atletizm va boshqa havaskor to‘garaklar tashkil topgan edi. 1911 -yildan boshlab esa Farg'ona, Toshkent, Samarqand, Andijon, Qo'qon va boshqa shaharlarda turli xil musobaqalar, o'zaro futbol uchrashuvlari o‘tkazilgan.
yil Toshkentda “Gimnastika-qilichbozlik maktabi” ochilgan va unda qilichbozlik, snaryadlar ustida gimnastika bo'yicha instruktorlar tayyorlangan. 1912-yil esa o‘quv yurtlari uchun jismoniy tarbiya o'qituvchilarini tayyorlaydigan birinchi gimnastika va harbiy saf kursi ochilgan. Bu maktabda 1912-yil eng yirik saralash musobaqalari o'tkazilib, Stokgolmda boMadigan V Olimpiada o‘yinlarida Rossiya jamoasini to'ldirish uchun Turkistondan eng yaxshi sportchilar tanlab olingan edi.
yil Qo'qon va Farg‘onada birinchi futbol jamoalari tashkil qilingan. Keyingi yillarda Turkistonning boshqa shaharlarida ham futbol jamoalari tuzilib, Toshkent. Farg'ona, Samarqand, Andijon va Qo'qon jamoalari o'rtasida shaharlararo uchrashuvlar o'tkazilgan.
yil Turkiston o'lkasida eng yirik sport jamiyati - “Toshkent havaskor sportchilar jamiyati” tuzilgan edi. Jamiyatda futbol, yengil atletika, tennis bo'limlari mavjud edi.
1915-1916 yy. Toshkent gimnaziyasida Turkiston o'lkasidagi birinchi skaut (inglizcha scout - izquvar) guruhlariga asos solingan. Skautlar saf tortib yurish tayyorgarligi bilan shug'ullangan, harakatli o‘yinIar, sayrlar tashkil qilganlar. Turli sport o'yinlarini targ‘ibotchilari qatorida Toshkent, Farg'ona va Turkiston o'lkasining boshqa shaharlariga yozgi ta'tilda kelgan rossiyalik talabalar bo'Igan. Ular velosport, futbol, yengil atletika va boshqa sport turlari bo'yicha musobaqalarning tashkilotchilari ham edilar.
Sport tobora ommalashib borayotganligi sababli sportchilami tayyorlash uchun ustozlar yetishmasligi juda sezilgan edi. 1915-yiIda
Toshkentda gimnastika o‘qituvchilari tavyorlash ho'yicha birinchi kurs ochilgan edi.
JQ16-yilda «Sport safarbarligfr tashkiloti tuzilgan. Bunga gimnaziya, seminariya, real bilim yurti, hunar bilim yurtlarining talabalari bir oy muddatga safarbar etilar edi. Bu mashg‘ulotlarda harbiy qo‘shinlar uchun mo‘ljallangan jismoniy Uirbiya dasturi qoMianilgan. Buning asosiy maqsadi yoshlami harbiy- jismoniy tavyorlash va ko'rikdan o'tkazish bo'kian.
1918-yil O'rta Osiyo Xalcf universiteti huzurida sport to'garaklari tashkil etilgan. Ularda suzish. yengil atletika, ginmastika bo‘yicha mashg'ulotlar o'tkazilgan va futbol jamoasi tuzilgan. «Sokol», «Sever» kabi gimnastika jamiyatlari mavjud edi.
1920-yiida Toshkentda shifokor Moisey 11’ich Slonim (1875- 1945) mablag'i hisobidan davolash muolajalari maqsadida solyariy va
metrli suzish havzasi qurilgan. O'zbekistondagi birinchi 800 nafar shug'ullanuvchilardan iborat suzish maktabi ham aynan shu yerda tashkil qilingan.
yilda Toshkem yaqinida birinchi 50-metrli suv havzasining qurilishi O'zbekiston sport hayotidagi katta voqealardan biri bo'lgan edi. 0‘sha yili unda Samara shahri suzuvchilari bilan shaharlararo uchrashuv o‘tkazilgan.
XX asming 1920-yillarida O'zbekistonda zamonaviy sport turlaridan birinchi yirik kompleks musobaqalari - O'rta Osiyo olimpiadasi va Umumo'zbek spartakiadalari o'tkazilgan. 1920-yil Toshkentda 15 ta sport tashkiloti tuzilgan edi. 1923-vil O'zbekistonda 70 dan ortiq turli xil sport tashkilotlari, jumladan 24 ta sport klubi, 17 ta jismoniy tarbiya to'garaklari, 14 ta skaut guruhlari, 15 ta sport bo‘linilari tuzilgan edi.24
Do'stlaringiz bilan baham: |