Jan-Jak Russo (1712-1778) fransuz ina'rilhtchi arboblaridan biri. U faylasuf, pedagog hamda yozuvchi ho'lgan. Russoning «Emil yoki tarbiya to‘g‘risida» kitobida kishini tabiatga muvofiq ravishda individual tarbiyalash bo'yicha tavsiyalar berilgan. Uning fikricha, inson erkin bo‘lib tug'iladi. lekin u yo‘rgakdalik chog'idayoc], dastlab o‘z odatlarining quliga, so'ngra esa jamiyat quliga aylanadi. Hech qanday odatlarga ega bo'lmaslik - eng yaxshi odatdir. Russo: «Tana jondan ilgari tug'iladi. shuning uchun dastlab tana to‘g‘risida g'amxo'rlik qilish kerak, bu har ikkala jins uchun ham umumiy boTgan tartibdir»- degan. Russo jismoniy tarbiyani tabiiy ozod
40
insonni tarkib toptirishning asosi, deb hisobiagan. Bunda aqliy va mehnat tarbiyasini qo'shib olib borish zttrur, deb maslahat bergan.
Russo tarbiyalanuvchi bolalarnipg voshini to"rt davrga ajratgan. Birinchi davr - bola tug'ilganidan boshlab 2 yoshgacha bo‘lgan davri; bu davrda bolani jismoniy rivojlanishiga asosiy e’tibor berilishi kerak. lkkinchi davr - 2 yoshdan 12 yoshgacha bo'lgan davr; bu davrda asosan bolalarni tashqi sezgilarini rivojlantirish kerak. Uchinchi davr - 12 yoshdan 15 yoshgacha boMgan davr; bu yoshdagi bolalarga aqliy tarbiya berish kerak. To‘rtinchi davr - 15 yoshdan ba!og!atga yetgunigacha bo'lgan davrdir. Russdning fikricha, bu davrda axloqiy tarbiyaga ko'proq e'tibor berish kerak. Barcha davrlarda boialaming sog‘lig‘ini mustahkamlash, ulami jismoniy jihatdan chiniqtirish biian alohida shug'ullanish zarur, deb hisoblagan.
Russo o!zining kitobida Emiining jismoniy jihatdan tarbiya- lanishiga batafsil to‘xtalgan. Bolalarni chiniqtirish, ulaming jismoniy kuchini mustahkamlash vatashqi sezgilarini rivojiantirish borasida bir qancha amaliy ko'rsatmalar bergan. Bolalar ko‘p harakatda boMishi, jismoniy mehnat biian shug‘ullanishi, ko'p vaqt ochiq havoda bo‘lishi kerak. Russo tabiiy va erkin tarbiya tarafdori boigan.
Jan-Jak Russo bolalar tarbiyani uch manbadan: tabiat, odamlar va atrofdagi narsaiardan oladilar. deb hisoblagan. Mana shu uch omilning hammasi bir-biriga uyg‘un ravishda bitta yo!lga amal qilganidagina larbiya to!g‘ri berilgan bo‘ladi. Russo pedagog silatida o'rta asr maktabiaridagi tartiblariga, qattiq intizom, tan jazosi berish, darslarni yodlatish kabi tartiblarga qarshi chiqqan. U bola shaxsini hurmatlashni. uning qiziqishi va istaklari biian hisoblashishni taiab qilgan. Bu uning crkin tarbiyani targ‘ib etishining ijobiy tomonidir.
Jan-Jak Russoning tushunchasiga ko“ra, qizlarning tarbivasi o‘g‘il bolalaming tarbiyasidan farq qilishi zarur. Ayollar va erkaklar jamiyaldagi vazifasiga mos ravishda tarbiyalanishi kerak, qizlar uv ishi uchun tarbivalangan bo'lishi Iozim. qizlar uchun hech qanday jiddiy aqliy tarbiya kerak emas, deb hisoblagan Russo.
Do'stlaringiz bilan baham: |