3 soniyalik fakt
Dirak o‘z tenglamasini
keltirib chiqarishi uchun,
juda kichik zarralar
fizikasi va juda katta
tezliklar fizikasini
uyg‘unlashtirishiga
to‘g‘ri kelgan.
Aloqador mavzular:
Bor atomi
(23-sahifa)
Kvant spini
(35-sahifa)
Shryodinger
tenglamasi
(39-sahifa)
Maydonning kvant
nazariyasi
(59-sahifa)
Mulohaza uchun 3
daqiqa:
Dirak tenglamasi kvant
maydoni nazariyasidan
ham ko‘ra kattaroq
ahamiyatga ega bo‘lib,
aynan ushbu tenglama
asosidagi matematik
hisob-kitoblar orqali
tabiatda yana bir
fundamental zarracha –
manfiy energiyali
elektronning mavjudligi
aniqlangan edi. U
musbat zaryadli elektron
bo‘lishi va fanda
avvaldan ma’lum
bo‘lgan manfiy zaryadli
elektronga ekvivalent
zarracha ekani taxmin
qilina boshlandi. 1932-
yilda fizik olim Karl
Anderson shunday
shartlarga muvofiq
keladigan zarrachani,
ya’ni pozitronni
haqiqatan ham kashf
qildi. Matematika –
Koinot matosiga singib
ketgan aniq fan ekani
shu tarzda yana bir bor
isbotlandi.
Biografiyalar uchun
3 soniyadan:
Uilyam Klifford
(1845-1889)
Ingliz matematigi.
Dirak tenglamasi
uchun qo‘llangan
matematik uslub
muallifi.
Karl Anderson
(1905-1991)
Kosmik nurlar
tarkibidan
antielektronni kashf
qilgan AQSH olimi.
Dirak kvant
nazariyasi va
nisbiylik nazariyasi
tamoyillarini
uyg‘unlashtirdi.
1902-yilning 5-avgust
sanasida Angliyada, Bristol
shahrida, o‘qituvchi Sharl
Dirak va kutubxonachi
Florens Xolten oilasida
dunyoga kelgan.
1921
Bristol universitetining
muhandislik fakultetini
tamomladi.
1923
Bristol universitetining
matematika mutaxassisligi
bo‘yicha diplomini qo‘lga
kiritdi va Kembrij
universitetiga aspiranturaga
kirdi.
1926
Kembrijdagi Avliyo Iogann
kollejining a’zosi bo‘ldi.
1928
Elektronning relyatvistik
harakatini ifodalovchi Dirak
tenglamasini keltirib
chiqardi.
1930
Manfiy energiyali
elektronlarning cheksiz
dengizi haqidagi
konsepsiyani taklif qildi va
antimoddaning mavjudligini
ilmiy bashorat qildi.
1932-1969
Kembrijda matematika
bo‘yicha Lukas
professori bo‘lib
ishladi.
1933
Shryodinger bilan
birgalikda, atom
nazariyasini ochganligi
uchun Nobel mukofotiga
sazovor bo‘ldi.
1937
Fizik olim Yudjin
Vingerning singlisi Marjit
Vingerga uylandi.
1952
Kopli medali va Maks
Plank modeliga sazovor
bo’ldi.
1969
Iste’foga chiqdi va Florida
universitetida faxriy
lavozimga o‘tadi.
1984-yilning 20-
oktyabrida Floridaning
Talaxassi degan joyida
olamdan o‘tdi.
1995
Vestminster abbatligida
unga atab yodgorlik bunyod
qilindi.
Pol Dirak
Mashhur fizik Pol Dirakning otasi Shveytsariyalik, onasi esa Angliyalik bo‘lgan. U
Bristolda tug‘ilgan. Aytishlaricha, uning otasi juda qattiqqo‘l bo‘lib, o‘g‘liga
fransuzcha tarbiya berishni istagan ekan. Shu sababli, Dirakka yoshligidan faqat
fransuz tilida gaplashishni o‘rgatishga qaror qilgan. U o‘g‘lining nutqidagi har bir
ikir-chikirigacha jiddiy e’tibor berib, arzimagan talaffuz xatolari uchun unga qattiq
intizomiy choralar ko‘rgan. Shu sababli Pol Dirak bolaligida biroz odamovi bo‘lib,
yaxshisi hech kim bilan hech narsa gaplashmaslikni ma’qul ko‘rgan. Natijada, u
yoshlik yillarida ham ijtimoiy yakkalangan, jamiyatdan uzuq holda hayot kechirgan.
Polda autizm kasalligining ayrim belgilari ko‘zga tashlana boshlagan.
Bristol universitetida Pol Dirak dastavval muhandislik ishi bo‘yicha oliy ma’lumot
olgan. Keyin esa u amaliy matematikaga qattiq qiziqib qoladi va ushbu mutaxassislik
bo‘yicha ikkinchi ma’lumotni qo‘lga kiritib, keyin esa, aspiranturani o‘qish uchun
Kembrijga yo‘l oladi. O‘sha yerda Dirak nisbiylik nazariyasi va kvant fizikasi
borasidagi tadqiqotlarga kirishadi. Kembrijda Dirak Shryodinger tenglamasini
kengaytirib, unga yorug‘lik tezligiga yaqin tezliklardagi harakat haqidagi uqtirish
Do'stlaringiz bilan baham: |