Kvant nazariyasi uchun 3 daqiqadan



Download 4,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/93
Sana25.02.2023
Hajmi4,85 Mb.
#914459
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   93
Bog'liq
kvant-nazariyasi-uchun-3-daqiqadan

 
3 soniyalik fakt
 
 
Pauli tamoyili 
elektronlarning nima 
sababdan atomda eng 
qiyi energetik pog‘onani 
emas, balki, bir necha 
orbitani egallashini 
tushuntirib beradi.
Aloqador mavzular: 
 
 

Bor atomi
 
(23-sahifa) 

Kopengagen izohi
  
(77-sahifa)
Mulohaza uchun 3 
daqiqa: 
 
Elektronlar atomlarda 
yadroga eng yaqin 
orbitani egallamasdan, 
balki, aksincha, yadro 
atrofida muayyan aniq 
orbitalarda 
harakatlanishi boisidan, 
atomlar o‘zining eng 
minimal o‘lchamiga ega 
bo‘ladi ularni bundan 
ortiq siqishning iloji 
bo‘lmaydi. Oddiy 
materiyaning nima 
sababdan fazoda 
muayyan o‘rinni 
egallashi va barqaror 
turishining sababi ham 
shunda. Xuddi 
elektronlar kabi 
neytronlar ham 
fermionlar sanaladi va 
yarimbutun spinga ga 
bo‘ladi. Barcha 
fermionlar Pauli 
tamoyiliga bo‘ysunishi 
boisidan, neytron 
yulduzlarni tashkil 
qiluvchi neytronlar 
o‘zaro jipslashmaydi va 
yulduz massasi 
qanchalik katta 
bo‘lmasin, u bundan 
ortiq zichlashmaydi.
Biografiyalar uchun
3 soniyadan: 
Nils Bor 
(1885-1962) 
Atom tuzilishining 
ilmiy modelini taklif 
qilgan Daniya olimi.
Volfgang Pauli
(1900-1958) 
Avstriyalik fizik. 
«Ta’qiq tamoyili»ning 
muallifi. 
Kimyoviy xossalari 
o‘zaro o‘xshash 
bo‘lgan 
elementlarning nima 
uchun davriy 
jadvalda har xil 
ustunlarda joylashishi 
Pauli tamoyili orqali 
tushuntiriladi.




Dirak tenglamasi
1913-yilda Nils Bor tomonidan, kimyoviy 
elementlarning faqat o‘zigagina xos bo‘ladigan 
spektral chiziqlari bu – atomlarda elektronlarning bir 
energetik pog‘onadan boshqasiga o‘tishi jarayonida 
o‘zidan muayyan aniq bir to‘lqin uzunligiga ega foton 
chiqarishi tufayli yuzaga kelishi haqidagi g‘oya ilgari 
surildi. Faqat bitta muammo mavjud edi: vodorod 
atomining spektral chiziqlari Borning mazkur 
nazariyasiga unchalik ham mos kelmasdi. 1927-
yilning yozida ingliz nazariyotchi fizigi Pol Dirak 
ushbu muammoga yechim izlashga urinib ko‘rdi. U 
avvaliga elektronlarning o‘zini qanday tutayotganini 
tahlil 
qilib 
chiqdi. 
Buning 
uchun 
Dirak, 
Shryodingerning 
to‘lqin 
tenglamasi 
hamda, 
Eynshteynning 
nisbiylik 
nazariyasidan 
kelib 
chiquvchi, yorug‘lik tezligiga yaqin tezliklardagi 
harakatga oid 
relyatvistik 
tenglamani 
o‘zaro 
uyg‘unlashtirishiga to‘g‘ri keldi. Shunga o‘xshash 
urinishlarni o‘sha yillarda boshqa yetuk fiziklar ham 
amalga oshirib ko‘rishgan edi. Lekin, muammoning 
murakkabligi 
shunda 
ediki, 
tenglamalarni 
uyg‘unlashtirishda 
elektronning 
spinga 
ega 
ekanligini ham inobatga olish lozim bo‘lardi. Dirak 
ushbu matematik muammoni ayyorona usul bilan – 
«to‘rtga-to‘rt» deb nomlanadigan matritsa yordamida 
hal qildi. Natijada, nafaqat XX-asrning, balki, butun 
insoniyat sivilizatsiyasi tarixidagi eng muhim 
olamshumul tenglamalardan biri keltirib chiqarildi. 
Mazkur tenglama hozirda olim sharafiga, uning 
familiyasi bilan, ya’ni, «Dirak tenglamasi» deb 
ataladi. Dirak tenglamasi manfiy zaryadli elektron 
uchun ham, musbat zaryadli elektron bo‘lmish 
pozitron uchun ham birdek o‘rinlidir. Muhimligi 
bo‘yicha Dirak tenglamasi Eynshteynning E=mc
2
tenglamasidan aslo qolishmaydi. Chunki, Dirak 
tenglamasi shunchaki relyatvistik-kvant tenglamasi 
bo‘libgina qolmay, balki, u matematik til vositasida, 
Koinotda biz ko‘rib-bilib turgan oddiy moddaga 
qarama-qarshi xossalarga ega bo‘lgan antimoddaning 
ham mavjudligini ochib berdi.

Download 4,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish