Kvant nazariyasi uchun 3 daqiqadan



Download 4,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/93
Sana25.02.2023
Hajmi4,85 Mb.
#914459
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   93
Bog'liq
kvant-nazariyasi-uchun-3-daqiqadan

 
3 soniyalik fakt
 
 
Borning atom modelida 
elektronlar aniq 
belgilangan, qat’iy 
orbitalar bo‘ylab 
harakatlanadi va shu 
sababli ular yadroga 
qulab ketmaydi.
Aloqador mavzular: 

 
Kvantlar haqidagi 
Plank gipotezasi
 
(17-sahifa); 

Balmer formulasi
  
(21-sahifa). 

E.P.R paradoksi
  
(89-sahifa). 
Mulohaza uchun 3 
daqiqa: 
 
Borning atom modeli 
yaralishida, uning o‘zi 
ta’kidlashicha, «Plank 
va Eynshteyn taklif 
etgan mexanizm», ya’ni, 
atomlarning yorug‘likni 
faqat muayyan ulushlar
yoki, kvantlar 
ko‘rinishida nurlatishi 
haqidagi g‘oya juda 
katta ahamiyat kasb 
etgan ekan. Borning o‘zi 
esa, elektronlar yadro 
atrofidagi orbitasida bir 
orbitadan boshqasiga 
o‘tish jarayonida («kvant 
sakrashida»), mos 
keluvchi foton 
energiyasiga teng 
energiya yutadi yoki, 
chiqaradi degan g‘oyani 
o‘rtaga tashladi.
Biografiyalar uchun
3 soniyadan: 
Jozef Jon 
Tomson
(1859-1940)
Elektronni kashf qilgan 
ingliz olimi.
Ernest Rezerford 
(1871-1937)
Radioaktiv 
parchalanish hodisasini 
hamda, atom yadrosini 
kashf qilgan olim.
Sayyoralardan farqli 
ravishda, Borning 
atom modelida 
elektronlar faqat 
qat’iy orbitalarda 
harakatlanadi va 
orbitalar oralig‘idagi 
holatda bo‘lishi 
mumkin emas.




 
1912
Margaret Norlundga 
uylanadi. Xotini unga ilmiy 
kotibalik qilgan. 
 
1913 
«Molekulalar va 
atomlarning tuzilishi 
haqida» nomli maqolasini 
e’lon qiladi.
 
1913 
Kopengagen universitetida 
fizikadan ma’ruzalar o‘qiy 
boshlaydi. 
 
1914 
Manchester universitetida 
fizikadan ma’ruzalar o‘qiy 
boshlaydi. 
 
1916 
Kopengagen universitetida 
nazariy fizika professori 
lavozimini egallaydi.
 
 
1920 
Yangi tashkil qilingan 
Kopengagen nazariy fizika 
Institutiga rahbar etib 
tayinlanadi.
 
1922 
Atom tuzilishini o‘rganishda 
ko‘rsatgan xizmatlari uchun 
Nobel mukofotiga sazovor
bo‘ladi.
 
1885-yilning 7-oktyabr 
sanasida Kopengagenda, 
fiziologiya professori 
Xristian Bor va Ellen Adler 
oilasida dunyoga kelgan. 
 
1908
Daniya Qirollik jamiyati 
axborotnomasida o‘zining 
ilk ilmiy maqolasi – sirt 
taranglik haqidagi ilmiy 
ishini e’lon qiladi. 
 
1911 
Kopengagen universitetida 
fan doktori ilmiy unvonini 
qo‘lga kiritadi.
 
 
1911-1912 
yillarni Angliyada, Kembrij 
va Manchesterda o‘tkazadi. 
Aynan shu yillari unda 
«kvant atomi» g‘oyasi paydo 
bo‘lgan. 
 
 
1920-yillar o‘rtalarida 
zamonaviy kvant 
mexanikasining tamal 
toshlarini qo‘ygan bo‘lib, 
uning g‘oyalari 
«Kopengagen izohi» deb 
nomlanadi; ushbu g‘oyalar 
Bor o‘zi ba Eynshteyn 
orasidagi keskin ilmiy 
bahslarga sabab bo‘lgan. 
 
1931
Oilasi bilan 
Kopengagenning Valbyu 
tumanidagi Karlsberg 
qarorgohiga ko‘chib o‘tadi. 
 
1930-yillar boshida atom 
yadrosi tuzilishi masalalari 
bilan qiziqa boshlaydi. 
 
1943 
natsistlarning ta’qibidan 
qochib, avval Shvetsiya, 
keyin Angliya orqali 
AQSHga qochib ketadi va 
atom bombasi yaratilish 
jarayonida maslahatchi 
bo‘lib xizmat qiladi.
 
1962-yilning 18-noyabrida 
Kopengagenda vafot etgan. 
 
1965 
Daniya Nazariya fizika 
Institutiga Nils Bor nomi 
berildi.
 
 
 
1997 
Davriy jadvaldagi 107-
raqamli elementga «boriy» 
nomi berildi.


Nils Bor 
Endigina PhD darajasini qo‘lga kiritgan yosh olim Nils Bor 1911-yilning sentabrida 
Kopengagendan Kembrijga yetib keldi. U o‘zining Kembrijdagi malaka oshirish 
jarayonini mashhur olim, elektronni kashf qilgan fizik J.J. Tomson rahbarligi ostida 
boshlagan. Lekin, Bor va Tomsonlarning munosabatlari birinchi uchrashuvdanoq 
unchalik ham yaxshi chiqishmadi. Sababi, Bor Tomsonning ishlaridan biridagi xatoni 
ko‘rsatib bergan ekan. Tabiiyki, o‘zini juda nufuzli olim deb hisoblovchi Tomsonga yosh 
shogirdning bunday ko‘rsatmasi yoqmagan. Biroz vaqt o‘tib, Borga Manchester 
laboratoriyaga yo‘l olish va Ernest Rezerfordga shogird tushishni taklif qilishadi. Bor 
bu taklifni darhol qabul qiladi va Rezerford laboratoriyasiga yo‘l oladi. Bor 
Manchesterda, Rezerford yaqindagina kashf qilgan atom yadrosi va o‘sha paytlarda ilm 
olamida ommalashib borayotgan kvant tamoyiliga oid xulosalarni inobatga olgan holda, 
atom tuzilishi modelini tuzishga kirishdi. Bir muddat o‘tib esa, Nils Bor atom tuzilishi 
haqidagi barcha ilmiy tushunchalarni tub-tubidan, tag-tomiri bilan o‘zgartirib 
yuborgan juda muhim fundamental ilmiy ishini e’lon qildi.
Bor shubhasiz o‘ta iste’dodli olim bo‘lgan. Lekin, uni yaxshi bilmaganlar uchun Bor 
juda sustkash va ezma odamdek ko‘ringan. Sababi, Bor biror fikr aytishdan oldin 
yaxshilab, nihoyatda puxta o‘ylab olib keyin gapirardi va undan bir jo‘yali gap 
chiqishini uzoq kutishga to‘g‘ri kelardi. Uning hamkasbi Jeyms Frenk bu haqida 
shunday xotirlagan edi: «Bor o‘yga tolgan paytlarda uning yuzi umuman harakatsiz 
qolar, qo‘llari ham jonsizdek shunchaki osilib turardi. U ko‘z oldidan biror narsani 
ko‘ryaptimi-yo‘qmi, yoki, shunchaki ko‘zi ochiq turibdimi – bilib bo‘lmasdi. Ko‘rganlar 
uni telba deb o‘ylashlari tabiiy edi. Chunki, unda sog‘ odam qiliqlaridan asar ham 
qolmasdi. Keyin esa uning ko‘zlarida go‘yo uchqun chaqnab ketardi va u “Men endi 
tushundim...” – deb xitob qilardi». 
Bor – Shryodinger, Geyzenberg, hamda, de Broyllar bilan bir qatorda, kvant 
fizikasining tamal toshini qo‘ydi. Eynshteyndan farqli o‘laroq, ushbu yangi va jozibali 
ilmiy nazariyadagi qarama-qarshiliklar, hamda atomlar, elektronlar va protonlarning 

Download 4,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish