3 soniyalik fakt
Boze-Eynshteyn
kondensati bu –
moddaning beshinchi
agregat holati bo‘lib,
uni, bozonlardan iborat
gazni favqulodda past
haroratlarda siqish
natijasida olinadi.
Aloqador mavzular:
Ikkita tirqishlar
bilan tajriba
(31-sahifa)
Pauli tamoyili
(131-sahifa)
Mulohaza uchun 3
daqiqa:
Garvard universiteti
olimlari Boze-Eynshteyn
kondensati vositasida,
yorug‘lik tezligini oddiy
piyoda tezligigacha
pasaytirishga muvaffaq
bo‘lishgan. Bunda,
kondensatga ikkita lazer
nuri yo‘naltirilgan;
odatda, bunday holda
kondensat shaffofligicha
qoladi. Lekin, Garvard
tajribasida, birinchi
lazerning strukturasi
shunday ediki, u
ikkinchi lazer nurini
sekinlashtirgan va uning
tezligini soniyasiga bir
metrgacha bo‘lgan
darajaga pasaytirgan.
Birinchi lazerning
quvvatini
pasaytirilganida,
ikkinchisining nuri
moddaning aralash
holati tufayli «qopqonga
tushib» qoldi va narigi
lazer qayta ishga
tushirilgachgina
qopqondan chiqib ketdi.
Biografiyalar uchun
3 soniyadan:
Albert Eynshteyn
(1879-1955)
XX-asrning mashhur
fizigi. Hind olimi
Shatyendranat Bozening
ushbu mavzuga oid ilmiy
ishini taqriz qilgan va
ilm-fan olamiga tanitgan
.
Lene Vestergaard
Xau
(1959)
Daniyalik fizik olim.
Yorug‘lik tezligini
pasaytirish va to‘xtatish
borasidagi amaliy tajriba
olib borgan ilmiy guruh
rahbari.
O‘zaro
ta’sirlashayotgan
kondensatlarning
to‘lqin funksiyasi
interferensiya
manzarasini yuzaga
keltiradi. Shu sababli
ham, u orqali, oddiy
radarlar ilg‘amaydigan
«ko‘rinmas»
samolyotlarni payqash
mumkin deb
hisoblanadi.
1894-yilning 1-yanvar
sanasida Hindistonda,
Kalkutta shahrida dunyoga
keldi.
1913
Kalkutta universitetini
tamomladi.
1917
Kalkutta universitetida
dars bera boshladi.
1917
Eynshteynning nisbiylik
nazariyasiga oid ilmiy
ishlarini nemis tilidan
ingliz tiliga tarjima qiladi.
1921
Hozirgi Bangladesh
poytaxti bo‘lmish Dakka
shahri universiteti
o‘qituvchilik qila
boshlaydi.
1924
Aynan bir xil kvant
zarralarini farqlab
bo‘lmasligi haqidagi ilmiy
ishini e’lon qiladi.
1925
Yevropaga safar qiladi va
Mariya Kyuri, hamda
Albert Eynshteynlar bilan
uchrashadi.
1926
Dakka fizika universiteti
fizika fakultetiga rahbarlik
qila boshlaydi.
1945
Kalkutta universitetida
fizika professori darajasiga
erishadi va Hindiston
fizika hamjamiyatiga
prezident etib saylanadi.
1948
Bengaliya ilmiy
hamjamiyatiga asos soldi.
1954
Hindiston parlamentining
yuqori palatasiga a’zolikka
saylanadi. Hindiston
hukumati olimga
mamlakatdagi eng oliy
davlat mukofotlaridan biri
– Padma Vibxushan
unvonini taqdim qiladi.
1958
Buyuk Britaniya Qirollik
Jamiyatiga a’zolikka
saylanadi.
1974-yilning 4-fevral
sanasida Kalkuttada vafot
etdi.
Shatyendranat Boze
Odatda shunchaki «Hind fizigi» yoki, «Hind matematigi» deb ta’riflanadigan olim
Shatyendranat Boze aslida o‘ta serqirra shaxs, yetuk ijodkor va o‘ta zehnli mutaxassis
bo‘lgan. Xususan, uning fizika va matematika bilimdoni bo‘lganligidan tashqari, bir
vaqtning o‘zida bir necha tillarni mukammal bilgani va ingliz, nemis tillarida eng
murakkab ilmiy asarlarni ham erkin tarjima qila olgani gapimiz isbotidir. Mashhur olim
Albert Eynshteynning nisbiylik nazariyasiga oid ilmiy ishlarini ham, 1919-yilda aynan
Shatyendranat Boze (hamkasbi Megxnad Saxa bilan birgalikda) ingliz tiliga o‘girgan.
Oradan 5 yil o‘tib, Boze atiga 30 yoshdalik chog‘ida, keyinchalik butun fizika olamini lol
qoldirgan muhim bir ilmiy kashfiyotni amalga oshirdi.
Xabaringiz bor, 1900-yilda nemis olimi Maks Plank, qiziga jism tomonidan
nurlatilayotgan energiya alohida porsiyalar tarzida, yoki, boshqacha aytganda,
Do'stlaringiz bilan baham: |