3 soniyalik fakt
Borning atom modelida
elektronlar aniq
belgilangan, qat’iy
orbitalar bo‘ylab
harakatlanadi va shu
sababli ular yadroga
qulab ketmaydi.
Aloqador mavzular:
Kvantlar haqidagi
Plank gipotezasi
(17-sahifa);
Balmer formulasi
(21-sahifa).
E.P.R paradoksi
(89-sahifa).
Mulohaza uchun 3
daqiqa:
Borning atom modeli
yaralishida, uning o‘zi
ta’kidlashicha, «Plank
va Eynshteyn taklif
etgan mexanizm», ya’ni,
atomlarning yorug‘likni
faqat muayyan ulushlar,
yoki, kvantlar
ko‘rinishida nurlatishi
haqidagi g‘oya juda
katta ahamiyat kasb
etgan ekan. Borning o‘zi
esa, elektronlar yadro
atrofidagi orbitasida bir
orbitadan boshqasiga
o‘tish jarayonida («kvant
sakrashida»), mos
keluvchi foton
energiyasiga teng
energiya yutadi yoki,
chiqaradi degan g‘oyani
o‘rtaga tashladi.
Biografiyalar uchun
3 soniyadan:
Jozef Jon
Tomson
(1859-1940)
Elektronni kashf qilgan
ingliz olimi.
Ernest Rezerford
(1871-1937)
Radioaktiv
parchalanish hodisasini
hamda, atom yadrosini
kashf qilgan olim.
Sayyoralardan farqli
ravishda, Borning
atom modelida
elektronlar faqat
qat’iy orbitalarda
harakatlanadi va
orbitalar oralig‘idagi
holatda bo‘lishi
mumkin emas.
1912
Margaret Norlundga
uylanadi. Xotini unga ilmiy
kotibalik qilgan.
1913
«Molekulalar va
atomlarning tuzilishi
haqida» nomli maqolasini
e’lon qiladi.
1913
Kopengagen universitetida
fizikadan ma’ruzalar o‘qiy
boshlaydi.
1914
Manchester universitetida
fizikadan ma’ruzalar o‘qiy
boshlaydi.
1916
Kopengagen universitetida
nazariy fizika professori
lavozimini egallaydi.
1920
Yangi tashkil qilingan
Kopengagen nazariy fizika
Institutiga rahbar etib
tayinlanadi.
1922
Atom tuzilishini o‘rganishda
ko‘rsatgan xizmatlari uchun
Nobel mukofotiga sazovor
bo‘ladi.
1885-yilning 7-oktyabr
sanasida Kopengagenda,
fiziologiya professori
Xristian Bor va Ellen Adler
oilasida dunyoga kelgan.
1908
Daniya Qirollik jamiyati
axborotnomasida o‘zining
ilk ilmiy maqolasi – sirt
taranglik haqidagi ilmiy
ishini e’lon qiladi.
1911
Kopengagen universitetida
fan doktori ilmiy unvonini
qo‘lga kiritadi.
1911-1912
yillarni Angliyada, Kembrij
va Manchesterda o‘tkazadi.
Aynan shu yillari unda
«kvant atomi» g‘oyasi paydo
bo‘lgan.
1920-yillar o‘rtalarida
zamonaviy kvant
mexanikasining tamal
toshlarini qo‘ygan bo‘lib,
uning g‘oyalari
«Kopengagen izohi» deb
nomlanadi; ushbu g‘oyalar
Bor o‘zi ba Eynshteyn
orasidagi keskin ilmiy
bahslarga sabab bo‘lgan.
1931
Oilasi bilan
Kopengagenning Valbyu
tumanidagi Karlsberg
qarorgohiga ko‘chib o‘tadi.
1930-yillar boshida atom
yadrosi tuzilishi masalalari
bilan qiziqa boshlaydi.
1943
natsistlarning ta’qibidan
qochib, avval Shvetsiya,
keyin Angliya orqali
AQSHga qochib ketadi va
atom bombasi yaratilish
jarayonida maslahatchi
bo‘lib xizmat qiladi.
1962-yilning 18-noyabrida
Kopengagenda vafot etgan.
1965
Daniya Nazariya fizika
Institutiga Nils Bor nomi
berildi.
1997
Davriy jadvaldagi 107-
raqamli elementga «boriy»
nomi berildi.
Nils Bor
Endigina PhD darajasini qo‘lga kiritgan yosh olim Nils Bor 1911-yilning sentabrida
Kopengagendan Kembrijga yetib keldi. U o‘zining Kembrijdagi malaka oshirish
jarayonini mashhur olim, elektronni kashf qilgan fizik J.J. Tomson rahbarligi ostida
boshlagan. Lekin, Bor va Tomsonlarning munosabatlari birinchi uchrashuvdanoq
unchalik ham yaxshi chiqishmadi. Sababi, Bor Tomsonning ishlaridan biridagi xatoni
ko‘rsatib bergan ekan. Tabiiyki, o‘zini juda nufuzli olim deb hisoblovchi Tomsonga yosh
shogirdning bunday ko‘rsatmasi yoqmagan. Biroz vaqt o‘tib, Borga Manchester
laboratoriyaga yo‘l olish va Ernest Rezerfordga shogird tushishni taklif qilishadi. Bor
bu taklifni darhol qabul qiladi va Rezerford laboratoriyasiga yo‘l oladi. Bor
Manchesterda, Rezerford yaqindagina kashf qilgan atom yadrosi va o‘sha paytlarda ilm
olamida ommalashib borayotgan kvant tamoyiliga oid xulosalarni inobatga olgan holda,
atom tuzilishi modelini tuzishga kirishdi. Bir muddat o‘tib esa, Nils Bor atom tuzilishi
haqidagi barcha ilmiy tushunchalarni tub-tubidan, tag-tomiri bilan o‘zgartirib
yuborgan juda muhim fundamental ilmiy ishini e’lon qildi.
Bor shubhasiz o‘ta iste’dodli olim bo‘lgan. Lekin, uni yaxshi bilmaganlar uchun Bor
juda sustkash va ezma odamdek ko‘ringan. Sababi, Bor biror fikr aytishdan oldin
yaxshilab, nihoyatda puxta o‘ylab olib keyin gapirardi va undan bir jo‘yali gap
chiqishini uzoq kutishga to‘g‘ri kelardi. Uning hamkasbi Jeyms Frenk bu haqida
shunday xotirlagan edi: «Bor o‘yga tolgan paytlarda uning yuzi umuman harakatsiz
qolar, qo‘llari ham jonsizdek shunchaki osilib turardi. U ko‘z oldidan biror narsani
ko‘ryaptimi-yo‘qmi, yoki, shunchaki ko‘zi ochiq turibdimi – bilib bo‘lmasdi. Ko‘rganlar
uni telba deb o‘ylashlari tabiiy edi. Chunki, unda sog‘ odam qiliqlaridan asar ham
qolmasdi. Keyin esa uning ko‘zlarida go‘yo uchqun chaqnab ketardi va u “Men endi
tushundim...” – deb xitob qilardi».
Bor – Shryodinger, Geyzenberg, hamda, de Broyllar bilan bir qatorda, kvant
fizikasining tamal toshini qo‘ydi. Eynshteyndan farqli o‘laroq, ushbu yangi va jozibali
ilmiy nazariyadagi qarama-qarshiliklar, hamda atomlar, elektronlar va protonlarning
Do'stlaringiz bilan baham: |