“Buni qanday qo‘llash mumkin”
Bolalarga imkon qadar ko‘p hollarda ishlatilishi mumkin bo‘lgan predmet nomini ayting. Har bir bola o‘z uslubini taklif qilishiga erishing. Masalan: Siz qalam so‘zini aytishingiz mumkin. Uni ishlatish yo‘llari turlicha bo‘lishi mumkin: rasm chizish, yozish, ko‘rsatkich sifatida va hokazo.
“Tovushlarni aniqla”
Bolalar aylana bo‘lib o‘tiradilar, Bolalardan biri yetaklovchi bo‘ladi. U boshqa o‘yinchilarga nisbatan teskari turadi. Shu vaqtda bolalardan biri qisqacha (2-3 so‘zdan iborat) gap aytadi, masalan, Oltin kuz keldi. Yetaklovchi bu gapni kim aytganligini tovushidan aniqlashi kerak. Har bir bola etaklovchi bo‘lib chiqishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |