“Kim sinchkovroq”
O‘yin ishtirokchilari yarim doira bo‘lib o‘tiradilar va yetaklovchi tanlaydilar. Yetaklovchi 1-2 daqiqa ichida o‘yin ishtirokchilarining joylashish tartibini eslab qolishi kerak. So‘ng teskarisiga qarab ularni nomma-nom eslaydi. Har bir bola yetaklovchi bo‘lib chiqishi shart.
“To‘rtinchisi ortiqcha”
Bolalar aylana bo‘lib o‘tiradilar. Olib boruvchi biron bir bolaga to‘pni otib, uchtasi bitta umumiy tushunchaga ega bo‘lgan 4 ta predmet nomini aytadi. Bola shulardan bitta ortiqchasini aytib, to‘pni qaytarishi kerak (masalan, kitob, daftar, qalam, deraza).
Do'stlaringiz bilan baham: |