MAKTABGA QABUL QILINGAN BOLALAR UCHUN KORREKTSION RIVOJLANTIRUVCHI MASHG`ULOTLAR
Maktabga qabul qilingan olti yoshli bolalar uchun korreksion rivojlantiruvchi mashg‘ulotlarni o’tkazish bo’yicha tavsiyalar
Bola maktabga borgan paytidan boshlab moslashishi jarayonida qiyinchiliklarga duch keladi. Ko‘pgina hollarda bolalarda bilish jarayonlarining yetarli darajada rivojlanmaganligi, ijtimoiy moslashuvning shakllanmaganligi ta’lim jarayonida qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Hattoki aqlan yetuk, jismonan sog‘lom bola ham maktab talablariga moslashishda qiynaladi. Bu talablar 1-sinfga qabul qilingan boladan ko‘p mehnat va irodani talab etadi. Shu bilan bir qatorda maktab amaliyotchi psixologi va sinf rahbari zimmasiga katta mas’uliyat yuklaydi. Bunda bolalarning maktab sharoitiga moslashish jarayonini o‘rganish muhim sanaladi.
Ushbu «Korrektsion rivojlantiruvchi mashg‘ulotlar» majmuasi olti yoshli bolalarning ta’lim olishlarida uchraydigan muammolarni bartaraf etish maqsadida e’tiboringizga havola etilmoqda.
Majmuadan o‘rin olgan mashg‘ulotlar bolalarning bilishga doir psixik jarayonlari: diqqat, tafakkur, idrok, tasavvur, xotira, shuningdek, o‘qish, yozish malaka va ko‘nikmalarini boyitib borish kabi aqliy imkoniyatlarining ta’lim talablariga munosib tabiiy shakl, o‘yinlar yordamida rivojlantirib borishni ta’minlaydi. Har bir mashg‘ulotni bajarish uchun ilovalar berilgan.
Mashg‘ulotlarni o‘tkazib borish jarayonida o‘quvchilar bilan samimiy, erkin muloqotda bo‘lish, ularni shoshirmasdan to‘g‘ri tushuntirib borish, o‘yin tariqasidagi tabiiy muhitni yaratish, bolalarning qobiliyatlarini xolisona tarzda baholash muhim omillardan biri bo‘lib sanaladi.
Albatta, mashg‘ulotlarni qo‘llashda psixolog, pedagog, ota – onalar faqat ushbu mashg‘ulotlar bilan cheklanmasdan etnik psixologik hususiyatlardan kelib chiqqan holda qo‘shimcha korrektsion mashg‘ulotlardan foydalanishlari ham mumkin.
Mashg‘ulotlarni o‘tkazib borish jarayonida o‘quvchilar bilan samimiy, erkin muloqotda bo‘lish, ularni shoshirmasdan to‘g‘ri tushuntirib borish, o‘yin tariqasidagi tabiiy muhitni yaratish, bolalarning qobiliyatlarini xolisona tarzda baholash muhim omillardan biri bo‘lib sanaladi. Bolalarning maktabga psixologik moslashuvi va rivojlanish dinamikasini o‘rganish maqsadida ushbu korreksion rivojlantiruvchi mashg‘ulotlarining natijalariga tayanish mumkin.
Quyida keltirilgan mashg’ulotlar bolalarning fikrlashi, diqqat, xotira, nutq, mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |