“Xatolarni to‘g‘rilaymiz”
Bolalar aylanaga turadilar. Olib boruvchi turli xatolari bo‘lgan gapni aytadi. Bunday gaplar har bir bolaga taqdim etiladi. Qaysi bola gapda xato topolmasa o‘yindan chiqadi. Oxirida qolgan bola g‘olib hisoblanadi. Masalan, Archa daraxtida olmalar pishdi. Osmonda uchta zog‘ora baliq uchyapti.
“Umumiylikni izlash”
Bolalar aylana qurib o‘tiradilar. Olib boruvchi bolalardan biriga to‘pni otayotib, bir-biri bilan bog‘lanmagan 2 ta so‘zni aytadi. Masalan: maktab va o‘qituvchi, kitob va javon, quyosh va gul va hokazo. To‘pni tutib olgan bola so‘z juftligi orasidagi umumiy belgini aytib to‘pni qaytaradi.
Bolalarning xotirasi, diqqati, idrokini rivojlantirish bo’yicha mashg’ulotlar
Do'stlaringiz bilan baham: |