5.1 Kelishik kategoriyasi
( Die Kategorie des Kasus )
Kelishik otning grammatik formasi bo‘lib, uning gapdagi boshqa so‘zlarga bo‘lgan munosabatini xarakterini belgilaydi .
Kelishik otning sintaktik vazifasidan kelib chiqadigan ma’noni ham ifoda etadi.
Nemis tilida kelishiklar to‘rtta kelishik der Nominativ (Werfall) - bosh kelishik, der Genitiv (Wasfall ) - qaratqich kelishigi, der Dativ (Wemfall) - jo‘nalish kelishigi, der Akkusativ (Wenfall) - tushum kelishigi bor. Har bir kelishikning ma’lum so‘roqlari bor:
Kelishik
|
Savollari
|
der Nominativ
|
wer? was? (kim? nima?)
|
der Genitiv
|
wessen ? (kimning? nimaning?)
|
der Dativ
|
wem? (kimga? nimaga?)
|
der Akkusativ
|
wen? was? ( kimni? nimani?)
|
5.2 Kelishiklarning qo’llanishi
Kelishiklarning har biri bir nechta grammatik funksiyani bajaradi. Lekin bu funksiyalarning biri shu kelishik uchun asosiy funksiya bo‘ladi.
Bosh kelishik nemis tilida vositasiz kelishik (der gerade Kasus), qolganlari esa vositali kelishiklar (die obliquen Kasus) deb ataladi. Vositali kelishiklar predlogli va predlogsiz qo‘llanib, bunda kelishik o‘z mohiyatini qisman yoki to‘liq yo‘qotadi
Nemis tilida bosh kelishik shaxs, predmet yoki hodisa nomlarini ifoda etadi: der Mensch, das Haus, die Zeit – odam, uy, vaqt
Bosh kelishikdagi so‘z gapda ega vazifasini bajarib, shu kelishikda kelgan ot quyidagi funksiyalarda ham ishlatiladi
1) ot kesimning bir qismi bo‘lib keladi: Wir sind Studenten.
2) bosh kelishikdagi ot undalma vazifasida qo‘llaniladi: Genossen! Freunde! – O‘rtoqlar, Do‘stlar!
3) bosh kelishikdagi ot atov gaplarda qo‘llanadi: Stille, Dunkelheit. Jimlik, Qorong‘ulik.
4) ot als wie bog‘lovchilari yordamida qiyoslanganda bosh kelishikda qo‘llanadi. Er ist älter als mein Bruder – U mening akamga qaraganda kattaroq (U mening akamdan kattaroq)
Nemis tilidagi bosh predlogsiz qo‘llanadi.
5) als bog‘lovchisidan keyin kelgan ot bosh kelishikda predikativ aniqlovchi vazifasida keladi als Lehrer – o‘qituvchi bo‘lib; als Professor – professor bo‘lib
6) bosh kelishikdagi so‘z emosional – hayajon ma’nosini ifoda etadi: Teufel! – shayton! Feuer – o‘t och!
7) bosh kelishikdagi so‘z shiorlarda qo‘llanadi: Es lebe die Frau – yashasin xotin qizlar
Nemis tilida bosh kelishikni nul formali kelishik deb ham yuritiladi. Nemis tilida ba’zan otlar boshqa otlar bilan moslashsa ham, qo‘llashda o‘zgarmas qolishi mumkin. Masalan Der Preis eines Pfundes Fleisch; Es war im Hause Doktor Kaufmanns. bu yerda Fleisch va Doktor so‘zlari Pfund va Kaufman so‘zlari bilan kelishik munosabatda bo‘lsa ham, ular o‘zgarmay, yani turlanmay, o‘zicha qolgan
8) bosh kelishikdagi ot izohlovchi (die Apposition) bo‘lib ham keladi. Masalan: der Lehrer Schmidt; Peter der Erste, Karl der Große, Generalsekretär Kurt Thime kabi.
Do'stlaringiz bilan baham: |