Kutubxonasi



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet174/318
Sana13.04.2022
Hajmi1,14 Mb.
#548052
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   318
Bog'liq
2 5456458763600920924

www.ziyouz.com kutubxonasi 
174
bosinqirab chiqamen!.. U yoqda rosa abgor bo‘lib, ikki yuz qirqtagina odam bilan 
Xurosonga qarab jo‘nadik. Hisor tog‘larining orasida rosa qiynaldik. Ot-ulovlar o‘lib-
so‘yilib tamom bo‘lgan. Bobur mirzo ham otini onasiga berib, o‘zi piyoda yuradi. 
Oyoqlarimizda choriq. Qo‘llarimizda tayoq. Turadigan joyning tayini yo‘q. Birov beri kel, 
demaydi. Arzimagan amaldorlar Bobur mirzoday odamga behurmatlik qilib 
«yo‘llaringdan qolmanglar, Hisordan tezroq o‘tinglar», deydi. Bizning g‘azabimiz kelib, 
qo‘pol gapirgan amaldorlarni chopib tashlasak, deymiz. Lekin Bobur mirzo: «Bardosh 
qilinglar, tezroq Amudaryodan o‘tib olaylik», deb shoshiradi. 
— Lekin shoshirganicha bor ekan-da, jiyan. Sizlardan sal keyin Shayboniyxon Hisorni 
ham bosibdi-ku. 
— Ha, keyin bilsak, Bobur mirzo uzoqni o‘ylab shunday qilgan ekanlar. Hisor podshosi 
Xisravshoh umrida bir mushuk bilan ham urushib ko‘rmagan qo‘rqoq odam ekan. 
Beklarning ko‘pchiligi undan norozi ekan. Bobur mirzoga maxfiy odamlar yuborib: 
«Keling, Hisorni sizga beraylik!» der ekanlar. Lekin Bobur mirzo fitnaga aralashmadi. 
«Keling», degan haligi beklarga: «Xoqon bo‘lsalaring o‘zlaring kelinglar», deb yaxshi 
gaplar aytib odam yubordilar. Biz Amudaryodan bu yoqqa o‘tganda, Shayboniyxon 
Hisorga bostirib kiribdi. Qo‘rqoq Xisravshoh xon bilan jang qilishga yuragi betlamay, 
poytaxtni tashlab qochibdi. Uning o‘ttiz ming qo‘shini tarqab ketibdi. O‘zingiz bilasiz, 
mulla tog‘a, bunday paytda beklar nomi ulug‘roq bir podshoh izlab qolishadi. Bobur 
mirzo Shayboniyxon bilan dadil jang qilgani, birda yengilgan bo‘lsa, birda uni yenggani 
eslariga tushadi. Ilgarigi eshik og‘a Qosimbek o‘sha paytda Hisor qo‘shinining orasida 
edi. Uning Bobur mirzoga ixlosmandligini bilasiz. Xullas, ini buzilgan ariga o‘xshab 
tarqalgan Hisor qo‘shini Amudaryo bo‘yida bizga kelib qo‘shilaverdi. Eng avval Boqibek 
Chag‘oniyoniy degani to‘rt yuz askari bilan keldi. Bobur mirzo unga kutganidan ziyoda 
hurmat ko‘rsatdi. Boqibekni eng baland martabali eshik og‘a qilib qo‘ydi. Keyin
Xisravshohning boshqa beklari-yu, navkarlari ketma-ket kelib bizga qo‘shilaberdi-da. 
O‘zimiz daryodan ikki yuz qirqtagina odam o‘tgan edik. Bir oy ichida to‘rt mingga 
yetdik... 
Mavlono Fazliddin jiyanining so‘nggi yillarda bir qadar o‘zgarib qolganini endi aniqroq 
sezdi. Tohir ilgari bunchalik so‘zlay olmas edi. U gapdon asilzodalar orasida ko‘p yurib, 
mulozimlarga xos murakkab iboralar ishlatishga o‘rgangan edi. 
— Biz Kobulga kelsak, arg‘in degan urug‘dan Muqimbek hokim bo‘lib o‘tirgan ekan. Taxt 
da’vo qilishga haqqi ham yo‘q, biz bilan olishadigan kuchi ham yo‘q. Kobulni bizga 
jangsiz berdi. Keyin Husayn Boyqarodan Bobur mirzoga xat berdi. «Cherik bilan keling
Shayboniyxonga qarshi ittifoq bo‘lib chiqaylik», debdi. Otda qirq kun yurib shuncha 
joydan kelsak, Husayn Boyqaro olamdan o‘tibdi. 
— Bir jihatdan Kobulni poytaxt qilib, bu yerga obro‘ bilan kelganlaring yaxshi bo‘libdir, 
jiyanim. Aks holda, Husayn Boyqaroning kalondimog‘ o‘g‘illari Bobur mirzoni pisand 
qilmagan bo‘lur edi. 
— Lekin hozir hurmatimiz juda joyida. Shahar hokimini bizga qo‘shib qo‘yganlar. Hirotni 
aylantirib rosa tomosha qildirdi. Katta dargohlarda har kun ziyofat. Bugun kech Bobur 
mirzo yana saroyga borishlari kerak edi... 
Tohir osmonga ko‘z tashlab, oftobning ancha pasayib qolganini ko‘rdi-yu, bezovtalanib 
o‘rnidan qo‘zg‘aldi: 
— Mulla tog‘a, men kech qolsam bo‘lmas. Sizning uyingizga ertaga borsam maylimi? 
Qanday topib boramen? Shuni ayting. 
Ular Tohirning otini jilovidan tutib turgan navkarning oldiga borgunlaricha mavlono 
Fazliddin uyining qayerdaligini Tohirga batafsil tushuntirdi. Tohir otining jilovini 
navkarining qo‘lidan olar ekan: 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   318




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish