Kutubxonasi



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet177/318
Sana13.04.2022
Hajmi1,14 Mb.
#548052
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   318
Bog'liq
2 5456458763600920924

www.ziyouz.com kutubxonasi 
177
— Mavlono, — deb Bobur Xondamirga yuzlandi. — Hirot obidalarini qurgan me’morlar 
orasida Movarounnahrdan kelganlari ham bormidi? 
Amirzoda, Siz Hirotda Samarqand sayqali ham borligini sezib turganga o‘xshaysiz. 
— Ha, savolimning boisi ham shu. 
— Hirotning ko‘p ulug‘ zotlari Samarqandda tahsil ko‘rmishlar. Ular Samarqand sayqalini 
qalblarida olib kelmishlar, yana Movarounnahrdagi fatoratlardan bezib qochgan talay 
iste’dodlar Hirotga kelib, hazrat Alisherdan panoh topmishlar. U oliy zotning fazilatlari 
behisob edi. Lekin faqirga eng ulug‘ tuyulgan fazilatlari— hazrat Mirning 
iste’dodshunosliklari-yu, zakovatparvarliklari edi. Ulug‘ ishlarini ulug‘ iste’dodlarsiz qilib 
bo‘lmasligini hazrat Alisher yaxshi bilur edilar. Shuning uchun hamisha el-ulus orasidan 
nodir iste’dodlar izlab o‘tdilar. Yonlarida yurgan nadimlariga, musohiblariga, biz kabi 
shogirdlariga aytar edilarki, baxillik doim nursiz, layoqatsiz, iste’dodsiz odamlardan 
chiqur. Xususan, oliy jamiyatda layoqatsiz baxillar doim iste’dodlarning yo‘lini to‘surlar, 
xudodod zakovatlarini yuzaga chiqarmay, xayf qilurlar, bundan butun xalq zarar ko‘rur. 
Dunyodagi eng mash’um baxillik, iste’dodlarning yo‘lini to‘sguvchi baxillikdir. Dunyodagi 
eng oliy saxovat esa nodir iste’dodlarni yuzaga chiqaruvchi saxovatdir. 
— Ayni haqiqat! — zavqlanib xitob qildi Bobur. 
Xondamir bu xitobdan ruhlanib, ovozini xiyol ko‘tarib davom etdi: 
— Biz biron safardan qaytsak yoki hazrat Alisherga bir-ikki kun ko‘rinmay yurib, keyin 
huzurlariga kelsak: «Qani, xo‘sh, yana qanday ajoyib iste’dod uchratdingiz?»— deb 
so‘rar edilar. Biz uchratgan nodir iste’dodlarning ba’zilari o‘n besh-o‘n olti yoshlik 
o‘spirinlar bo‘lar edi. Hazrat Alisher: «Bo‘ladigan bola o‘n besh yoshida bosh bo‘lur, 
bo‘lmaydigan odam qirq yoshida ham yosh bo‘lur», der edilaru topilgan iste’dod o‘spirin 
bo‘lsa ham huzurlariga chorlar edilar. «Sohib Doro iste’dodli shoir Zayniddin Vosifiyni o‘n 
besh yoshida hazrat Mirning huzuriga keltirgan edi. Hazratning saxovatlaridan 
bahramand bo‘lgan bu yosh shoir juda tez ulg‘ayib, butun Hirotga mashhur bo‘ldi. Ulug‘ 
musavvir Kamoliddin Behzod ham yoshlikdan hazrat Mirning tarbiyalari bilan ulg‘aydilar. 
Shoir Hiloliy, xattot Sulton Ali Mashhadiy ham hazrat Alisher kashf etib, tarbiyat qilgan 
iste’dodlardandir. Ko‘z o‘ngimizda turgan Hirot so‘nggi o‘ttiz-qirq yil mobaynida 
avvalgidan o‘n barobar go‘zalroq, ulug‘vorroq bo‘lib ketganini barcha fozil kishilar ay-
turlar. 
— So‘zingiz chin, mavlono. Men ko‘rgan Rub’i maskunda* Hirotdek shahar yo‘qdir! 
— Amirzodam, bugungi Hirotni shunchalik go‘zal, shunchalik ulug‘ qilganlar — el-ulus 
orasidan chiqqan iste’dodlar emasmi? 
— Rost! Ko‘z o‘ngimizda turgan barcha nodir obidalar — ulug‘ iste’dodlar xazinasidan 
chiqqan gavharlardir. 
Lutf qildingiz, amirzodam. Hazrat Alisher — gavharday bebaho iste’dodlar xazinasini 
ochgan eng ulug‘ kashfiyotchi edilar. Buni sulton Sohibqiron Husayn Boyqaro ham tan 
olgan edilar. Eshitgandirsiz amirzodam, hazrat Alisher bilan Husayn Boyqaroning 
oralariga nifoq solgan baxillar ko‘p edi. Ma’lumingizkim, sulton Husayn mastlikda ko‘p 
yomon ishlar ham qilgan edilar... Ammo ichmay yurgan ta’blari tiniq kunlarda hazrat 
Alisherga shundoq ehtiromlar ko‘rsatar edilarki, hammamiz hayron qolar edik. 
Bobur Xondamirning zavqli bir voqeani eslagandek mamnun kulimsiraganini ko‘rdi-yu, 
uning hikoyasini kutib, yuziga tikildi. 
Xondamir hali yigit yoshida bo‘lsa ham ko‘p o‘ltirib ishlash oqibatida bir oz semirib 
qolgan to‘la gavdali o‘rta bo‘y kishi edi. U go‘shtdor barmoqlari bilan qoshining ustini 
silab qo‘ydi-yu: 
— Hazrat Alisher «Xamsa»larini bitirib Sulton Husayn Boyqaroga o‘qishga berdilar, — 
deya hikoya qila boshladi. — Sulton Husayn ta’bi nazmi o‘tkir zot edilar. «Xamsa»ni 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   318




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish