Kutubxonasi



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet303/328
Sana01.01.2022
Hajmi1,14 Mb.
#298661
1   ...   299   300   301   302   303   304   305   306   ...   328
Bog'liq
@BOOKS KITOB YULDUZLI TUNLAR

www.ziyouz.com kutubxonasi 
295
ishongan va uning amrida bo‘lgan oshpazlarni ishga olgan ekan-da! Bu oshpazlar 
tayyorlagan hindcha taomlarni yeyish bilan el-ulusning ko‘nglini olmoqchi bo‘lgani ham, 
uning o‘z kuchiga ortiq darajada ishonganidan kelib chiqmaganmikin? Holbuki, kechagi 
dushmanlarni bugun darhol do‘stga aylantirish osonmi? Xususan, Baydadek farzand 
dog‘ida kuyib yurganlar yoki oshpaz Bahluldek inisining qasdini olmoqchi bo‘lganlar bilan 
muomalada ehtiyotkorroq bo‘lishi kerak emasmidi? Kobulda Mohim begim aytgan 
iztirobli gaplar yana uning yodiga tushdi. Begona yurtdan borgan fotihni osonlikcha 
kechirmasliklari, uning qilichidan paydo bo‘lgan yaralar asrlar davomida bitmasligi rost 
bo‘lsa... Bobur bu mamlakat xalqining ko‘nglini olishi uchun qancha ko‘p yillar kerak 
bo‘ladi? Bunga uning umri yetarmikin? Umuman, bu o‘zi erishish mumkin bo‘lgan 
maqsadmi yoki sarob?.. 
Bu o‘ylardan Bobur yana boshi berk ko‘chaga kirib qolganday bo‘ldi, kelajak ko‘ziga 
qorong‘i ko‘rinib ketdi. 
Faqat tanasiga asta-sekin qaytib kelayotgan hayotiy kuchlar shu zulmatni yorib o‘tib 
kelayotgan  yog‘dularday iliq tuyulardi. O‘sha kecha Bobur yaxshi uxladi. Ertasi kuni 
tabib uning tomiridan ko‘proq qon olmoqchi bo‘ldi. 
— Zaharlangan harom qonni chiqarib yuborgaymiz, hazratim. Yana biror hafta 
qimirlamay yotmog‘ingiz kerak. 
Bobur bunga e’tiroz qildi. Busiz ham uning darmoni ketib qolgan edi. Agar tabib ko‘p qon 
olsa uzoq yotishi aniq. Holbuki, «Podshoh o‘lim to‘shagida yotgan emish!», «Umid yo‘q 
emish!» degan ovozalar tarqalgan, qulay fursat kutayotgan g‘animlar jonlanib qolgan 
edi. Beklar ham Boburning tezroq ko‘pchilikka ko‘rinishini istar edilar. 
Oradan yana ikki kun o‘tgach, Bobur tantanali marosimlarda kiyadigan kiyimlarda 
devoniomga chiqdi. Baland taxtning ikki tomonida tizilib turgan yuzdan ortiq amirlar, 
sarkardalar, viloyat hokimlari ta’zim bajo keltirib bo‘y egdilar. Bobur taxtga shoshilmay 
chiqib o‘tirgach, ikkita navkar malika Baydani poygahdagi eshikdan olib kirdi. 
Kampir hali ham boshdan-oyoq oq kiyib, o‘g‘li Ibrohimga aza tutib yurar edi. Faqat qaddi 
avvalgidan bir oz bukchayganroq. Lekin ko‘zlari Boburning yuziga tushganda uning og‘ir 
kasalga o‘xshab sarg‘ayib qolganidan qanoat hosil qilganday mamnun yiltiradi. 
Eshik og‘a Muhammad Do‘lday malikani so‘roqqa tutib, suiqasdga yana kimlar ishtirok 
etganini surishtira boshladi. 
— Suiqasd emas, bu intiqom! — dedi malika. — Podshoingiz to‘kkan qonlarning qasosi 
bu! Menga yordam bergan oshpaz ham, Ahmad Choshnagir ham, kaniz ham botir 
qasoskorlar edi. Hammasi mardlarcha jon berdi. Endi navbat meniki. Men o‘g‘limning 
dog‘ida kuyib kul bo‘lganman. Endi qo‘llaringdan kelsa kulimni ko‘kka sovuringlar! 
Malika saroyda hamma tushunadigan forsiy tilda gapirmoqda edi. A’yonlar nafaslarini 
ichlariga olib, yerga qarashdi. Malika bir o‘limni bo‘yniga olib kelgan endi har bir so‘zni 
o‘qqa aylantirib yoviga dadil otar, Boburning g‘azabga to‘lib, jallod chaqirishini, qurolsiz 
onaga qarshi barcha qurollarini ishga solishini istardi. O‘shanda ma’naviy g‘alaba malika 
tomonida bo‘lar, uning dovyurakligi og‘izdan-og‘izga o‘tib, odamlarning ehtiromini 
qozonar edi. Buni Bobur ham sezdi-yu, o‘zini bosib, Malikdod Koroniyga qaradi. 
— Bu qanday yosumanlik! — dedi Malikdod Koroniy Baydaga. — Shunchalik o‘ch olish 
niyatingiz bor ekan, a’lohazratning inoyatlarini nega qabul qildingiz? 
— Niyatimga yetishim uchun shunday qilishim kerak edi! 
— A’lohazrat sizni «Mo‘’tabar onamizdek e’zozlang!» deganlarida yig‘lab minnatdorchilik 
bildirganingiz bizning yodimizdan chiqqan emas! 
— Men u paytda nafratim zo‘ridan yig‘lagan edim! O‘g‘limning kushandasiga ona 
bo‘lishdan qiynalib ko‘zim yoshlangan edi! 
— Yo alhazar! Axir siz ham Muhammad ummatisiz, muslimasiz-ku! O‘g‘lingiz bularga 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 
 
 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   299   300   301   302   303   304   305   306   ...   328




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish