Kutubxonasi



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet305/328
Sana01.01.2022
Hajmi1,14 Mb.
#298661
1   ...   301   302   303   304   305   306   307   308   ...   328
Bog'liq
@BOOKS KITOB YULDUZLI TUNLAR

www.ziyouz.com kutubxonasi 
297
— Nojo‘ya ichki qirg‘inlarni to‘xtatishga amr-farmon bermoq uchun mana biz bel 
bog‘ladik! — dedi Bobur. — Tangridan umidimiz borki, bu ulug‘ mamlakat endi yagona 
markaziy davlat atrofiga jipslashgusidir. Biz Hindni obodu qudratli qilmoq orzusidamiz. 
Bizga hamkoru hamnafas hind beklari, fuzalolari, hunarpeshalari ko‘p. Bizni zaharlab 
o‘ldirmoqchi bo‘lgan bu makkor xonim uchun eng og‘ir jazo shuki, biz mana, tirikmiz! Bu 
xonimning o‘ziyu o‘g‘li qilolmagan ulkan ishlarni biz qilmoqdamiz! 
Malikdod Koroniy birdan yengil tortib: 
— Hazratim lutf qildilar! — dedi. 
— Bu malika, — deb davom etdi Bobur, — shu daraja beva-bechoraga jonkuyar bo‘lsa.. 
Abdukarimbek! 
Baydaga yaqin bir joyda o‘tirgan shig‘ovul sakrab o‘rnidan turdi. Bobur unga buyurdi: 
— Bu malikaning barcha molu dunyosini musodara qilib, Jamna bo‘yida bir buq’ai xayr* 
qurdiring. Barcha xizmatkorlari o‘sha buq’ada xizmat qilsin, malikaning butun boyligi, 
molu dunyosini yetim-esirga xayr-ehson qilib ulashsinlar. 
— Bosh ustiga! — deb Abdukarim bu farmonni ta’zim bilan qabul qildi. 
— Malikani to umri yetgunicha tirik saqlash ham sizga topshirilur, janob Abdukarimbek! 
— Tirik?! — hayron bo‘lib so‘radi shig‘ovul. 
Boshqa a’yonlar ham taajjublanayotganini ko‘rgan Bobur ovozini ko‘taribroq gapirdi: 
— Malika bizning bundan keyingi zafarlarimizni ham ko‘rsin. Yomonlikka yaxshilik qilish 
mard kishining qo‘lidan kelishiga amin bo‘lsin. Agar malikada vijdon bo‘lsa, o‘g‘li qilmay 
ketgan ishlarni biz qilganimizni ko‘rib vijdoni azoblansin. Agar vijdoni bo‘lmasa, ichida 
faqat baxillik chayonlari bo‘lsa, bu chayonlar o‘zini chaqib yotaversin. Malikaga bundan 
o‘zga jazo munosib emasdir! 
Bek va a’yonlarnnig pichir-pichirlari orasidan allakimning: 
— Hazratim tantilik qildilar! — degan quvonchli xitobi eshitildi. 
O‘z o‘limini ham o‘tkir bir qurolga aylantirmoqchi bo‘lib kelgan malika Bayda endi bu 
qurolidan ayrilganini sezdi. Shu paytgacha u ajali yetganiga shubha qilmas edi. Endi 
birdan yana yashash umidi paydo bo‘ldi. Malikaning o‘lim sovug‘idan muzlagan qalbiga 
hayotning iliq nafasi tegdi-yu, ko‘nglini bo‘shashtirib yubordi. 
Malika yuzini qo‘llari bilan to‘sib, yelkalari silkina-silkina yig‘lay boshladi. 
 
_____________ 
* B u q ’ a i  x a y r — xayr-ehson uyi.
 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   301   302   303   304   305   306   307   308   ...   328




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish