Kutubxonasi



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet302/328
Sana01.01.2022
Hajmi1,14 Mb.
#298661
1   ...   298   299   300   301   302   303   304   305   ...   328
Bog'liq
@BOOKS KITOB YULDUZLI TUNLAR

www.ziyouz.com kutubxonasi 
294
bo‘lib, Humoyun bilan Mohim begimni yo‘qlay boshladi. 
Shimoliy chegaralar yana notinch bo‘lib qolgani uchun Bobur Humoyunni o‘tgan oyda 
Badaxshonga qaytarib yuborgan edi. Mohim begim hamon Kobulda edi. 
— Humoyun mirzoga chopar yuboraylikmi? — deb so‘radi Tohir. 
Bobur ko‘zini ochib, xiyol o‘ziga kelgandek bo‘ldi. Chopar Kobul va Badaxshonga yetib 
borguncha kamida bir oy vaqt o‘tadi. Bu orada biron korihol bo‘lsa na Humoyun, na 
Mohim begim yetib kelolmasliklari aniq. Bobur g‘amgin bosh chayqab: 
— Foydasi yo‘q, — dedi. 
Uning ahvoli tobora tang bo‘layotganini ko‘rgan Tohir: 
— Hazratim, bardam bo‘ling! — deb iltijo qildi.— Biz siz bilan necha o‘limlardan 
qolganmiz! Dardga bo‘y bermang, yengasiz! 
— Lekin... bunday falokat... birinchi uchrashi!.. 
Bobur behol qo‘zg‘alib yana toz ustiga engashdi, og‘riq zarbidan ko‘zlariga duv-duv yosh 
keldi. So‘ng boshini yana yostiqqa qo‘yib ko‘zini yumib yotganda ravonga tergovchi kirdi. 
Yusufiy unga: 
— Qisqa so‘zlang, faqat axborot! — deb shipshidi. 
 Tergovchi Baydani ham so‘roq qilganini, narigi uchoviga shu badbaxt malika bosh 
bo‘lganini, lekin tash-qi dushmanlar bilan, jumladan, Rano Sangram Sinx bilan aloqasi 
borligini rad etganini, boshqa savollarga javob berishdan bosh tortganini aytib berdi. 
— Mal’unlar!.. dedi Bobur yotgan joyida g‘azabdan ovozi qaltirab. — Men ularga 
shunchalik ishonib... ilkidin taom yesam... izzat-ikrom qilsam!.. 
— Hazratim, bu iblislarni ming qiynoqqa solib o‘ldirmoq kerak! 
— Narigi uchovini... qoidaga binoan qatl ettiring! Bayda... keyin! 
— Bosh ustiga! — deb tergovchi chiqib ketdi. 
Qoidaga binoan, podshohning joniga qasd qilganlar eng og‘ir qiynoqlarga solib 
o‘ldirilardi. Oshpaz Bahlulning terisi tiriklay shilinib olindi. Jallodlar Ahmad 
choshnagirning avval qo‘l-oyoqlarini kesib, keyin boshini tanasidan uzib, vujudini 
parcha-parcha qilib tashladilar. Ikki orada vositachi turgan va ustalik bilan saroyga 
zahar olib kirib, oshpazga bergan kanizak quturgan filning oyog‘i tagiga tashlab o‘ldirildi. 
Malika Bayda eng qattiq hibsda saqlanar, endi odamlar uning qanday qatl etilishini kutar 
edi. 
Tabib Yusufiy Boburning hayoti uchun ikki kechayu kunduz tinmay kurashdi. Tohir ham 
ikki kechayu kunduz bemorning yonidan jilmay, xizmatini qildi. Nihoyat, uchinchi kun 
tabib: 
— Xudoga ming qatla shukr, hazratim, bir o‘limdan qoldingiz! — dedi. — Onadan qayta 
tug‘ilganday bo‘ldingiz. Endi ozgina qatiq iching. So‘ngra uxlang! 
Bobur bir piyola qatiq ichgach, ko‘zini yumib, yostiqqa bosh qo‘ydi. Lekin boshidan 
o‘tgan o‘lim dahshati hamon xayolidan nari ketmasdi. Uning joni shuncha vaqt qil uchida 
osilib turganini o‘ylasa, beixtiyor vahmi kelardi. Shu qil uzilsa o‘lim deb ataladigan 
zulmat qa’riga qulab tushishini ikki kun davomida muttasil his qilish unda yashash 
istagini kuchaytirib yuborgan edi. Hayotning bir lahzasi, bir uchquni dunyoning barcha 
boyliklariyu toju taxtlaridan ham aziz ekanligi unga endi astoydil sezildi. Uning azobdan 
toliqqan vujudi hamon behol bo‘lsa ham ruhida nimadir o‘zgargandek va dunyo ko‘ziga 
boshqacharoq ko‘ringandek bo‘lardi. Har bir kishining faqat bittagina umri bor ekan va 
umrning har lahzasi shu qadar shirin ekan, Boburning yoshiga yetmay o‘lib ketganlarga 
oson tutib bo‘ladimi? Ibrohim Lodi undan to‘rt yosh kichik edi. Malika Bayda buni 
unutishi va Bobur yaxshi muomala qilgani uchungina uni kechirib, farzandi o‘rnida 
e’zozlashi mumkinmidi? Jangda erishgan g‘alabalari unga eng mushkul ishlarni ham 
oson ko‘rsatib qo‘ygani uchun bo‘lsa kerakki, Bobur Ibrohim Lodining onasiga shunchalik 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 
 
 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   298   299   300   301   302   303   304   305   ...   328




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish