Kutubxonasi



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet290/328
Sana01.01.2022
Hajmi1,14 Mb.
#298661
1   ...   286   287   288   289   290   291   292   293   ...   328
Bog'liq
@BOOKS KITOB YULDUZLI TUNLAR

www.ziyouz.com kutubxonasi 
282
Shunday bo‘lsa ham u issiqdan behalovat bo‘layotganini ketidan ergashib kelayotgan 
beklariga sezdirmas edi. Chunki bu beklar o‘lja tushgan xazinalardan katta-katta 
ulushlar olgandan beri salqin joylarga ketib, rohat-farog‘atda yashashga intilishar, Agra 
va uning atrofida yangidan imorat qurib, bog‘-rog‘ qilishga toqatlari yo‘q edi. 
Kobul va G‘azni kabi salqin joylarga tezroq qaytib ketishning yo‘lini izlayotgan beklardan 
biri marg‘ilonlik Xo‘ja Kalonbek edi. 
Bobur unga uzun oq yaktak kiygan, kichkina oq salla o‘ragan mo‘ysafid me’morni 
ko‘rsatdi-yu: 
— Tanidingizmi? — dedi. 
— Andijonlik mavlono Fazliddinmi? 
— Ha, Kobuldan biz bilan ketma-ket kelsin deb tayinlagan edim. Sangtarosh o‘g‘li bilan 
yetib kelib, mana shu bog‘ning tarhini chizdi. Shundoq keksa odam chidagan issiqlarga 
nahotki biz bardosh bera olmasak? 
— Lekin mijoziga issiq to‘g‘ri kelmaydigan odamlar ham bor-da, hazratim. Kechagi bodi 
samumda* mening navkarlarimdan uchtasi tap-tap yiqilib jon berdi. 
— Ajali yetgan bo‘lsa, samum bir sabab bo‘lgan, xolos, — dedi Bobur va ta’zim qilib 
peshvoz chiqqan mavlono Fazliddinga yuzlandi. — Hormang, mavlono... Qani arzingiz 
bo‘lsa eshitgali keldik. 
— Arzim shuki, hazrati oliylari, bizga fil bilan ishlaydigan filbonlar kerak. Bog‘ o‘rtasidagi 
marmar qasr uchun Dehalpurdan juda og‘ir toshlar olib kelmoqchimiz. Bunday toshlarni 
katta arobalarga faqat fillar ortib berishlari mumkin. 
Bobur Panipat jangida filbonlari bilan asir olingan suruv-suruv fillarni esladi. So‘ng 
devonxonaga ishga olingan hindistonlik maslahatchisi Malikdod Koroniyga yuzlan-di: 
— Janob Koroniy, harbiy fillarni mehnatga o‘rgatish mumkinmikin? 
— Mumkin, hazratim. Fil juda ziyrak jonivordir. Filbonlardan eshitganim bor. Fillar qonli 
janglardan ko‘ra osuda mehnatga tezroq o‘rganar emishlar. 
— Bizning qo‘shinlar fil yordami bilan jang qilishga odatlangan emaslar. Shuning uchun 
Panipatda o‘lja olingan harbiy fillarni qurilishlarda ishlatmoq mumkin. Janob Koroniy, bu 
farmonni shu bugunoq barcha filbonlarga yetkazing! 
— Jonim bilan. 
Koroniy buyruqni tezroq bajarish uchun hozir ketmoqchi edi, Bobur uni to‘xtatdi: 
— Yana shaharu qishloqlarga maxsus tavochilar yuboring. Biz Ibrohimdan o‘lja olingan 
boyliklarni obodonchilik yo‘lida sarflamoqchimiz. Shuni barcha viloyatlarga ma’lum 
qiling. Qurilishlarda ishlash uchun sizga o‘n besh ming korgar yetarlikmi, mavlono? 
— Yetarlik. Lekin hazratim marmar qasr bilan tosh voyin*ni bir yilda qurib bitirishni 
buyurgan edilar. Sangkorlik — tez bo‘ladigan ish emas... 
— Sangtaroshlarni ko‘paytirsak-chi? — dedi Bobur. 
— Men ham shuni iltimos qilmoqchi edim. Hindis-tonning havosiga Hirotu 
Samarqanddagi g‘ishtu koshindan ko‘ra toshu marmar mosroqdir. 
— Hozir qurilishlarimizda qancha sangtarosh usta bor, mavlono? 
— Agraning o‘zida olti yuz sakson sangtarosh ishlatmoqdamiz. Sekrida, Dehalpurda, 
yana boshqa joylarda— jami ming to‘rt yuz to‘qson bir sangtarosh... 
— Bu oz emas! — dedi Bobur. — Bobokalonimiz Amir Temur Samarqandda eng katta 
imoratlar qurdirganda turli mamlakatlardan ikki yuz sangtarosh borib ishlagan ekan. 
Tarixchi mulla Sharafiddin* buni favqulodda maqtab ta’riflagan ekanlar. Lekin Hindiston 
hunarpeshalarga shu qadar boyki, biz yuzlab emas, minglab usta-sangtaroshlarni ishga 
taklif etishimiz mumkin. Janob Koroniy, bizning qalamravimizdagi barcha shaharlarga 
jarchilar chiqaring. E’lon qilsinlarki, bizning qurilishlarimizga kelib ishlaydigan korgaru 
ustalarga istaganlaridan ham ziyoda haqlar to‘lanur, imtiyozlar berilur. Dinu millat 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 
 
 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   286   287   288   289   290   291   292   293   ...   328




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish