Kutubxonasi



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet278/328
Sana01.01.2022
Hajmi1,14 Mb.
#298661
1   ...   274   275   276   277   278   279   280   281   ...   328
Bog'liq
@BOOKS KITOB YULDUZLI TUNLAR

www.ziyouz.com kutubxonasi 
271
Oldinda baland darxtlar orasidan bo‘y cho‘zib chiqib turgan yonlari qirrador minora 
ko‘rindi. 
— Qutb Minora! — dedi Hindubek. 
Humoyun minora oldida otdan tushdi, so‘ng beklar bilan minoraning tepasiga chiqdi. 
Minoradan yuz qadamcha narida terak bo‘yi keladigan yolg‘iz bir qora ustun ko‘rindi. 
Usta atrofida odam ko‘p edi. 
— Bu nedur? — so‘radi Humoyun Hindubekdan. 
— Bu ustun yaxlit temirdan yasalgan. Bilganlarning aytishicha, uch yuz yildan beri 
turgan emish. Kimki ustunni quchib, ilkini bir-biriga tekkizolsa, o‘ylagan murodi hosil 
bo‘lar emish. 
Shu vaqtgacha o‘zini bosiq tutib kelayotgan Humoyun endi o‘smirlarcha bir qiziqish 
bilan: 
— Qani ko‘raylik! — dedi va chaqqonlik bilan zinadan chopib tushib ketdi. 
Temir ustun atrofidagi odamlar shahzodani ko‘rib, o‘zlarini chetga oldilar. 
— Janob Hindubek, qani, ustunni ne tavr quchish kerak? 
Ustunning tepasi va pasti qorayib ketgan. Faqat o‘rtasi — behisob odamlarning qo‘l va 
yelkalari tekkan joy oppoq bo‘lib, ma’dani yiltirab chiqib turar edi. 
Hindubek ustunga teskari turib, yelkasini unga tiradi-da, qo‘llarini orqaga cho‘zdi. Ustun 
ancha yo‘g‘on edi. Hindubek uni teskari quchib qo‘lini bir-biriga cho‘zdi, lekin 
yetkizolmadi. Butun kuchi bilan chirandi, baribir qo‘li qo‘liga tegmadi. 
Buni ko‘rganlar xaxolab kula boshladilar. Humoyun ham kula-kula Hindubek uddalay 
olmagan ishni qilib ko‘rdi. Lekin u ham qo‘lini qo‘liga tekkizolmadi. Bek va navkarlaru 
yana besh-oltitasi kuch sinab ko‘rdi. Shulardan faqat bittasi — qo‘llari uzun, o‘zi ozg‘in 
sa-marqandlik yigit — ustunni teskari quchib, qo‘lini qo‘liga tekkazishga muvaffaq bo‘ldi. 
Humoyun unga bir siqim kumush tanga mukofot berdi. 
*  *  * 
 
Dehlida to‘p-to‘p bo‘lib aylanib yurgan g‘oliblar orasida yog‘li o‘lja izlayotganlari ham bor 
edi. Sind daryosining bo‘yidan Bobur askarlariga qo‘shilib kelgan Yor Husaynbek ilgari 
Xaybar dovonining janubida yo‘lto‘sarlik qilgan qaroqchilardan edi. Hozir uning 
navkarlari shahar chetidagi bir ibodatxonaga kirishib, hindlar sig‘inadigan xudolarning 
haykallariga o‘rnatilgan qimmatbaho toshlarni ko‘chirib olishga tushdilar. 
Devorlari oq-sarg‘ish marmardan ishlangan ibodatxonada keksa bir barahman* 
ko‘zlariga yosh olib, buddaning ulkan tosh haykalidan najot so‘ramoqda. Ibodatga 
kelgan ayollar, chollar, o‘smirlar, xudolari oldida bosh egib jim turishibdi. 
Yor Husaynbekning navkarlari esa to‘rt qo‘llik xudo Shivaning baland haykaliga narvon 
qo‘yib chiqishgan, Shivaning peshonasiga katta qizil holga o‘xshatib o‘rnatilgan yoqutni 
xanjar bilan kavlab olishga urinishardi. 
Shu hodisaning ustiga kelib qolgan Humoyun nar-vondagi navkarga qahr bilan qichqirdi: 
— Podshoh hazratlari nomidan buyuramen. Haykalga tegma! Tush pastga! 
Yor Husaynbek nimqorong‘i ibodatxona ichida Humoyunni avval tanimadi: 
— Kofirlarning haykalini himoya qiladigan podshong o‘zingga! — dedi-da, narvondagi 
navkarga buyurdi: — Olaver! 
Navkar xanjar bilan haykalning peshonasini kavlashda davom etdi. Shunda Humoyun 
otgan yoy o‘qi uning bilagiga tegdi. Xanjar yerga tushib ketdi. Navkar bilagini 
changallaganicha orqaga o‘girildi. 
Yor Husaynbek qilichini sug‘urib: 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 
 
 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   274   275   276   277   278   279   280   281   ...   328




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish