122
4.
Kutubxonachilik tizimining tashkil etish, faoliyat ko‘rsatishi
va rivojlanishini asosi nima?
5.
Kutubxonalarni yo‘nalishlar yoki ish mazmuni bo‘yicha
kutubxonachilik aloqalari qanday bo‘limlarga bo‘linadi?
6.
Kutubxona tizimlarini samarali faoliyat ko‘rsatishi nima bilan
belgilanadi?
7.
Yaxlit kutubxonachilik tizimini ta’riflang.
8.
Kutubxonachilik tizimlarini yaxlitlikka aylanishi,
nimalarni
bog‘lanishiga olib keladi?
123
8- BOB. AXBOROT-KUTUBXONA FAOLIYATINI
BOSHQARISH TIZIMI
8.1. Axborot-kutubxona faoliyatini boshqarish asoslari
Axborot-kutubxona faoliyati xalq xo‘jaligining tarmog‘i sifatida,
kutubxonachilik resurslarini va jamoatchilikni axborotga bo‘lgan
talablarini
qondirish,
kutubxonachilik
resurlarini
shakllantirish,
joylashtirish, ularni tashkil etish va foydalanishni amalga oshirish
jarayonida ijtimoiy mehnatni tashkil etish bilan bog‘lanadi.
Bu esa
boshqarishni talab qiladi.
Axborot-kutubxona faoliyatini boshqarish uzluksiz ravishda,
maqsadga ko‘ra yo‘naltirilgan, ob’ektiv ravishda shart qilib qo‘yilgan
jarayondir. U turli darajadagi va tipdagi (kutubxonachilik ishini barcha
jihatlari,
kutubxonalar
tarmog‘i,
kutubxonachilik
birlashmalari,
kutubxonalar,
ular
o‘rtasidagi munosabatlarni) kutubxonachilik
obyektlariga, ularni yaxlitliligi va butunligini ta’minlash, oxirgi
natijalarga (axborotga bo‘lgan talablarni qondirish) erishishga ta’sir
ko‘rsatadi.
Xalq xo‘jaligida bozor iqtisodiyoti munosabatlarini
joriy etilishi
natijasida
bir qancha mutaxassislar “menejment” (inglizcha-
manaqement- boshqaruv) atamasini qo‘llamoqdalar. Mazmun jihatdan
bir-biriga yaqin bo‘lgan ushbu terminlar “menejment”, “boshqaruv”
aslida bir-biriga o‘xshash emas. “Boshqaruv” termini kengroq ma’noga
ega bo‘lib, u inson faoliyatining turli yo‘nalishlarida, sohalarida va
turlarida
qo‘llaniladi.
Menejment
faqat
iqtisodiy
jarayonlarda
boshqarishda va insonlarni iqtisodiy holatlarini tashkilot darajasida,
bozor iqtisodiyoti sharoitida daromad olish maqsadida qo‘llaniladi.
Axborot-kutubxona faoliyatini ilmiy asosda boshqarish,
boshqaruv
va kutubxonachilik faoliyatini o‘zaro harakatini dialektikasidir. Bir
tomondan, boshqaruv kutubxonachilik obyektlarga maqsadli ta’sir
ko‘rsatish jarayoni. Ikkinchi tarafdan, kutubxonachilik obyekti
boshqaruvga nisbatan, asosiy tizim yaratuvchi,
boshqaruvni mazmuni,
vazifasi, tuzilmasi va boshqaruv metodlarini belgilovchi faktor sifatida
namoyon bo‘ladi.
Boshqaruv tizimining barcha elementlari, kutubxonachilik tizimida
ro‘y beradigan jarayonlarga bog‘liq holda va ularga mos bo‘lishi kerak.
Shuning uchun, kutubxonachilik obyektlarini samarali boshqarish
uchun, ularni xarakteristikasini
bilish va baholay olish, boshqaruv
124
obyekti sifatida uning o‘ziga xos va maxsus qonuniyatlarini bilish talab
etiladi.
Axborot-kutubxona
faoliyatini
boshqarish
-
bu
murakkab
tashkilotlarni o‘zaro bog‘langan aloqalari va vazifalarini boshqarishdir.
Ular umumiy xarakteristikaga egadirlar. Boshqaruvni tashkiliy shakli va
boshqaruvni amalga oshirish, avvalo kutubxona resurslarini holatini:
insonlar, axborot, texnika va texnologiyani belgilash orqali amalga
oshiriladi.
Boshqaruv
faoliyati
muammosi
shundan
iboratki,
kutubxonachilik resurslarini barcha tiplarini, kutubxonachilik jarayoniga
birlashtirishdir.
Boshqaruvni vazifasi - yangiliklarni boshqarish, eskilikni yoqlashni
(konservatizm) yengib o‘tishga harakat qilish, kutubxonachilik
tizimlarini faoliyat ko‘rsatishi va rivojlanishidagi o‘zgarayotgan
sharoitlarni o‘z vaqtida anglash orqali boshqarishdir.
Insonlarni
boshqarish
asosida
ilmiy
asoslangan
va
real
kutubxonachilik siyosati yotadi. Bu siyosat mamlakatning barcha
aholisiga
kutubxonalardan
foydalanish
imkonini
yaratishga
qaratilgandir. Uning markazida insonning axborotga bo‘lgan talablari va
ma’naviy qiziqishlari turadi. Kutubxonachilik siyosati axborot-
kutubxona faoliyatini ilmiy asosda rivojlanish kontseptsiyasini, zaruriy
tavsiyalar, rejalar, dasturlarni ishlab chiqadi.
Kutubxonachilik
siyosatining maqsad va vazifalari ma’lum bir boshqaruv tuzilmasi orqali
amalga
oshiriladi.
O‘zbekistonda axborot-kutubxona faoliyatini
boshqarishni to‘rtta darajasi faoliyat ko‘rsatadi: davlat, soha, mintaqaviy
va kutubxona boshqaruvi.
Do'stlaringiz bilan baham: