Nazorat savollari:
1.
“Kutubxonalarni ijtimoiy funksiyasi” tushunchasining
mazmuni nima?
2.
Kutubxonalarni ijtimoiy funktsiyalari bo‘yicha chet el
kutubxonashunosligida qanday qarashlar mavjud
3.
Axborot - kutubxona muassasasining asosiy elemenlaridan
biriga xarakteristika bering: hujjat (resurs).
4.
Axborot - kutubxona muassasasining asosiy elemenlaridan
biriga xarakteristika bering: kitobxon (foydalanuvchi)
5.
Axborot-kutubxona muassasasining asosiy elemenlaridan
biriga xarakteristika bering: kutubxonachi (axborot-kutubxonachilik
faoliyati mutaxassisi).
6.
Axborot-kutubxona muassasasining asosiy elemenlaridan
biriga xarakteristika bering: moddiy-texnika bazasi (ta’minlanish).
7.
Kutubxonalarni faoliyat ko‘rsatishining asosiy elementlari:
tashqi muhit va qayta aloqa. Ta’rif bering.
8.
Kutubxonalarni faoliyat ko‘rsatishining asosiy elementlari:
kutubxona jarayonlarini faoliyati. Ta’rif bering.
91
9.
Kutubxonalarni faoliyat ko‘rsatishining asosiy elementlari:
kutubxona faoliyatining natijalari. Ta’rif bering.
10.
Axborot-kutubxona muassasasining tashkiliy strukturasini
qanday aniqlash mumkin?
11.
Ishlab chiqarish tuzilmasi deganda nimani tushunasiz?
12.
Vazifaviy-texnologik tuzilmaning asosi nima?
92
6- BOB. KUTUBXONACHILIK KASBINING IJTIMOIY,
KASBIY VA SHAXSIY JIHATLARI
6.1.
Kutubxonachi shaxsiga bo‘lgan umumkasbiy talablar
Kutubxonachilik kasbiga qo‘yiladigan muhim talablardan biri -
uning namoyondalarining ijtimoiy va kasbiy pozitsiyalarining aniq
bo‘lishidir. Kutubxonachining ijtimoiy pozitsiyasi - bu uni faol
bo‘lishini manbasi bo‘lgan, dunyoga intellektual va his-tuyg‘uli
baholashli
qarashlar,
kutubxonachilikni
hozirgi
ahvoli
va
kutubxonachilik faoliyati tizimidir.
Kutubxonachi
shaxsining
ijtimoiy
faolligining
integral
ko‘rsatkichlari, kasbiy qadriyatlariga quyidagilar kiradi:
-kutubxonachining ijtimoiy roli va vazifasini qanday tushunishi;
-kasbiy burchi va izzat-nafsi;
-o‘z kasbini hurmat qilishi;
-kitobxonlar bilan pedagogik muloqoti;
-kasbi bo‘yicha mustaqil bilim olish va o‘z - o‘zini tarbiyalashga
bo‘lgan talab.
Kutubxonachining ijtimoiy pozitsiyasini ko‘p hollarda uning kasbiy
pozitsiyasi, kasbiy yo‘naltirilganligi orqali aniqlanadi.
Kutubxonachilik faoliyatida har bir kutubxonachining oxirgi
natijaga qo‘shgan hissasini ajratib olish juda qiyin jarayondir. Shuning
uchun kutubxonachilik jamoalarini shakllantirish katta ahamiyatga
egadir. Haqiqiy jamoaning asosiy qirralari quyidagilardir:
-yaxshi psixologik muhit;
-umumiy g‘oya, qarashlar, birdamlik;
-ijodiy sharoit.
Ushbu qirralar, jamoada umumiy ish, qiziqishlar, kutubxona
faoliyatini maqsadi va mazmunini aniq bilgan holda ish jarayonida o‘z
o‘rnini bilgan kutubxonachilar jamoalariga xosdir.
Kutubxonachilar
jamoasini
shakllantirish,
ijtimoiy-psixologik
muammo bo‘lib, u shaxsning psixologik o‘ziga xosliklarini o‘rganishni,
menejment asoslarini, bir qator ijtimoiy-psixologik muammolarni hal
etishni talab qiladi. Kutubxonachilik faoliyati, boshqa faoliyatlar singari
nafaqat miqdoriy, balki sifat o‘zgarishlari xarakteristikasiga ham egadir.
Kutubxonachining mehnatini mazmuni va tashkil etilganligini, uni
o‘z faoliyatiga ijodiy yondoshganligini e’tiborga olgan holdagina
baholash mumkin.
93
Kutubxonachi shaxsining ijodiy potentsiali, u tomonidan to‘plangan
ijtimoiy tajriba, maxsus kutubxonachilik, psixologik-pedagogik va
boshqa bilimlar va yangi g‘oyalar, malaka va ko‘nikmalarga bog‘liq.
Ular o‘ziga xos bo‘lgan yechimlarni topish va ularn qo‘llash, yangi
shakl va metodlar topish va shu orqali o‘zlarini kasbiy faoliyatlarini
takomillashtirishga erishadilar.
Kutubxonachilik kasbini tashkil etish, o‘zida mustaqil ijodiy
mehnatni, doimiy ravishdagi vazifalar bilan birga boshqa vazifalarni
ham bajaruvchi mehnati, shuningdek qat’iy belgilangan muddatlarda va
belgilangan tartibda amalga oshirishni taqozo etadi.
Kutubxonachilik mehnatini mazmunini funksional tahlil qilish uni
uchta asosiy kutubxonachilik xodimlari guruhiga ajratish imkonini
beradi:
1.Maxsus kutubxonachilik va boshqa sohalar bo‘yicha oliy
ma’lumotga ega bo‘lgan mutaxassislar. Ular yuqori intellektual va
kasbiy potentsialga ega bo‘lganligi sababli, kutubxonachilik faoliyatini
nazariy va ilmiy aspektdagi kasbiy bilimlar va mahorat talab qiluvchi
vazifalarni bajaradilar.
2. O‘rta kvalifikasiyali kutubxonachilar, o‘rta maxsus ma’lumotga
ega (kutubxonachilik yoki boshqa mutaxassisliklar) bo‘lganlar. Ular
tashkiliy-texnologik
kutubxonachilik
jarayonlaridagi
kompleks
vazifalarni bajaradilar.
3.Kutubxonachining
yordamchilari
(kichik
kutubxonachi,
yordamchi personallar) umumiy o‘rta ma’lumotga ega bo‘lganlar. Ular
maxsus kvalifikatsiya talab etmaydigan ish turlari, opperatsiyalarni
bajarish malakasiga ega bo‘ladilar.
Kutubxonachi shaxs sifatida ko‘pgina hollarda texnik, ijtimoiy,
tashkiliy va iqtisodiy o‘zgarishlarga qarshilik ko‘rsatadi. Ularda ijodiy
faollikni, ishga qiziqqan holda ijodiy yondoshishni tarbiyalash uchun
quyidagilar zarur:
1.Kutubxonachilarga sohasi bo‘yicha yangi, yetakchi g‘oyalarni
o‘rganishga, eskirgan ish uslublari bilan yangilarini solishtirishga
imkoniyat yaratish;
2.Kutubxonachiga ishni tahlil qilish va oqilona bajarish bo‘yicha,
tahlil qilish qobiliyatini tarbiyalovchi mustaqil bajaradigan vazifalar
berish orqali yordam berish.
3.Zarur
metodik
yordam,
maslahatlar
berish,
tadqiqot,
eksperementlar o‘tkazilayotgan ishlarga jalb qilish.
94
Kutubxonachi
mutaxassislarni
tayyorlash
asosida
ikkita
fundamental tamoyillar yotadi:
1.Birinchi tamoyil kutubxonachilik kasbini to‘liqligi, ya’ni yagona
kasbiy bilimlar va qobiliyatlarni poydevorini shakllantirish;
2.Ikkinchi tamoyil, kutubxonachilik kasbini tabaqalashtirish, ya’ni
mutaxassisliklarga ajratish.
Zamonaviy kutubxonachilarni tayyorlash nazariyasi va amaliyoti
to‘rtta ilmiy bilimlar tizimiga asoslanadi:
-ijtimoiy-gumanitar;
-umumilmiy;
-umumkutubxonachilik;
-maxsus.
Barcha ilmiy bilimlar tizimlari rivojlanayotgan kutubxonachi shaxsi
talablarini qondirishga, uni kutubxonachilik amaliyotiga, kasbiy
tayyorgarligini asosini yaratishga xizmat qiladi. Kutubxonachilik kasbi,
kutubxonachilik ishini falsafiy - ijtimoiy, madaniyatshunoslik va
fanshunoslik nuqtai nazardan jamiyatning kichik tizimi, madaniyatning
bir bo‘lagi sifatida o‘rganishga asoslanadi.
Umumlashtirilgan holda kutubxonachilik kasbini “inson-hujjat-
inson” tipiga yoki kutubxonachilik atamalariga ko‘ra “kutubxonachi-
hujjat-kitobxon” tipiga ajratish mumkin.
Zamonaviy kutubxonachi - bu uni qo‘l ostida bo‘lgan axborot
resurslari yoki hujjatlashtirilgan bilimlar tizimi va ularga ehtiyoji
bo‘lgan insonlar o‘rtasidagi vositachi-mutaxassisdir. Kutubxonachi
kitobxonlar
bilan
ishlash
jarayonida,
hujjatlashtirilgan
yoki
hujjatlashtirilmagan shakldagi ijtimoiy axborotni almashish natijasida
ijtimoiy-kommunikatsion faoliyatni amalga oshiradi.
Kutubxonachilik kasbinining asosiy mazmunini kutubxonachining
kitoblar va foydalanuvchilar bilan o‘zaro munosabat tashkil etadi.
Kutubxonachining
vazifasi-foydalanuvchilarni
axborotga
bo‘lgan
talablarini to‘g‘ri tushunishi va uni qondirishidir. Buning uchun u
hujjatlarni va kitobxonlarni juda yaxshi bilishi kerak. Ya’ni,
kutubxonachi nafaqat ilmiy-gumanitar va umumkutubxonachilik
bilimlarni, shu bilan birga kitobshunoslik (hujjatshunoslik) va
kitobxonshunoslik bilimlarini ham egallagan bo‘lishi kerak.
Kutubxonachining kitoblarni bilishi bo‘yicha kasbiy xislati tuzilishi
bo‘yicha murakkab tuzilmaga va mazmuni bo‘yicha ko‘p aspektli bo‘lib
– u o‘ziga adabiyotlar va hujjatlar oqimida, aniq bir tashkilot va
kitobxonlar guruhini axborotga bo‘lgan talablarini hisobga olgan holda
95
harakat qilishni, shuningdek hujjatlarni o‘ziga xosligini, ularni g‘oyaviy
yo‘nalishini, ilmiy, amaliy va badiiy qiymatini baholay olishni, vatan va
chet el ma’lumotnomalari, bibliografik va elektron nashrlardan
foydalangan holda zudlik bilan axborot qidiruvini amalga oshirishni
hamda kitob bilan kitobxonni, kitobxon bilan kitobni birlashtira olishni
nazarda tutadi.
Kutubxonachida
muloqot
qila
olish,
kirishimlilik
(kommunikabelnost) zarur kasbiy xislat hisoblanadi. Kutubxonachilik
kommunikativ kompetentlik mezonlari quyidagilardir:
-kitobxonga qiziqish, unga ijobiy munosabatda bo‘lish;
-kitobxonning holatini tushunishi va uni kutubxonachi bilan o‘zaro
harakatdagi qarashlarini bila olishi;
-kirishimlilik va aloqada bo‘la olishi;
-kitobxon bilan muloqotda sabrli bo‘la olishi;
-kitobxonga ta’sir o‘tkazish strategiyasini egallagan bo‘lishi;
-kommunikativ bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi (auditoriya
oldida so‘zlay olishi, kutubxonada kitobxonlarni muloqotini tashkil qila
olishi, ishbilarmonlik suhbatlarini olib bora olishi, ziddiyatli holatlarni
ijobiy hal eta olishi va boshqalar).
Do'stlaringiz bilan baham: |