2.1 Narx haqida umumiy tushuncha
Narx — bozor mexanizmining muhim tarkibiy unsurlaridan biri. U o`zining vazifalari orqali barqaror iqtisodiyotning shakllanishi hamda samarali amal qilishiga, bozor muvozanatining ta`minlanishiga, milliy daromadning iqtisodiyot turli tarmoq va sohalari, xo`jalik yurituvchi sub`ektlari bo`yicha taqsimlanishiga, aholining ijtimoiy jihatdan himoya qilinishiga sharoit yaratadi. Shuningdek, u ishlab chiqaruvchilarni rag`batlantirib, sog`lom raqobat muhitining yaratilishiga katta ta`sir ko`rsatadi.
Narx, baho — tovar qiymatining puldagi shakli; bozor iqtisodiyotida amal qiluvchi iqtisodiy dastak. Iqtisodiy tafakkur tarixidagi ayrim qarashlarda narxni qiymatning mehnat nazariyasiga asoslanib talqin qilishgan, unga qiymatning puldagi ifodasi deb qaralgan. 21-asr boshlaridagi nazariyalar narxni pulning miqdoriy nazariyasi asosida izoxlab, narxga harajatlar, tovarning nafliligi va raqobat ta`sir etishini e`tirof etadi.
Narx – rеal bozor iqtisodiyoti sharoitida tovar va xizmatlarning ijtimoiy qiymati va ijtimoiy nafliligining puldagi ifodasidir.
Narxni qiymat belgilaydi, ammo u aniq bir qiymatdan yuqori yoki past bo`lishi mumkin, bu esa bozordagi muayyan tovarga bo`lgan talab va taklift bog`liq. Narx faqat qiymatni emas, balki talab va taklif, shuningdek, tovarning ijtimoiy foydaliligi, sifati va boshqa tovarlar o`rnini bosa olishi, muomaladagi pulning harid qobiliyatiga ham bog`liq. Binobarin, Narx qiymatdan miqdoran farqlanadi.
Mahsulot tannarxi har qanday narxning asosi bo`lib, mahsulotning hayotiy sikli davomida uning narxidagi o`zgarishlarga katta ta`sir ko`rsatadi. Narx miqdori harajatlarga va tovar sifatiga to`g`ri mutanosiblikda, rakrbatning shiddatiga esa teskari mutanosiblikda turadi.
Bozor iqtisodiyotida narx bir nechta vazifalarni bajaradi:
1) hisob-kitob va o`lchov vazifasi —narx vositasida qilingan harajatlar, olingan natijaning puldagi miqdori aniklanadi. Harajatlar ishlatilgan resurslar miq-orini uning narxiga ko`paytirish orqali hisoblanadi;
2)rag`batlantirish vazifasi — narxning o`zgarishi ishlab chiqarish hajmini o`zgartiradi. Talab narxga nisbatan teskari mutanosiblikka ega. Narx pasaysa talab rag`batlantiriladi, aksincha, narx oshsa (boshqa shart-sharoit o`zgarmagan takdirda) taklif rag`bat oladi. Narxdagi o`zgarish ishlab chiqaruvchilar va iste`molchilarga ishtiyoq bag`ishlaydi;
3)raqobat vositasi vazifasi — narx raqibni bozordan siqib chiqarish va bozorda o`z mavqeini mustahkamlash uchun ishlatiladi. Raqbatchilar narxni o`zgartirib turish, uni sharoitga qarab turlicha belgilash orqali o`zaro bellashadilar. Narx raqobatlashuvning iqtisodiy vositasi hisoblanadi;
4) iqtisodiyotni tar-tiblash vazifasi — narx bozor mexanizmidagi asosiy iqtisodiy dastak yoki vosita. Narx o`zgarishiga qarab nimani va qancha ishlab chiqarish kerakligi aniklanadi. Muayyan tovarlar narxining oshishi ularni ko`plab ishlab chiqarish kerakligini bildiradi, aksincha, narxning pasayishi tovar ishlab chiqarishni kamayishi yoki umuman to`xtatilishi lozimligini anglatadi. Narxga qarab bozori kasod tovarlardan voz kechilib, bozori chaqqon tovarlarni ishlab chiqarishga o`tiladi. Bu esa resurslarning bir sohadan ikkinchisiga oqib o`tishi-ga, eski soha qisqarib, yangi soxaning tez rivojlanishiga olib keladi. Narx resurslarni qayta taqsimlash orqali iqtisodiyotni tartiblaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |