Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig`i bo`yicha imtiyozlar
Jismoniy shaxslarning daromad solig`i bo`yicha imtiyozlar quyidagi uch guruhga bo`linadi:
1) jismoniy shaxslarning ayrim toifalarini daromad solig`idan to`liq ozod qilish; 2) jismoniy shaxslarning ayrim toifalarini daromad solig`idan qisman ozod qilish;
3) jismoniy shaxslarning ayrim daromadlarini soliqdan ozod qilish.
Soliq solishdan quyidagi jismoniy shaxslar to`liq ozod qilinadi:
-xorijiy davlatlar diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarining mansabdor shaxslari hamda ularning o`zlari bilan birga yashaydigan oila a’zolari (O`zbekiston Respublikasi fuqarosi bo`lamsa);
-xorijiy davlatlar diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalariga xizmat ko`rsatuvchilar hamda xodimlarining uylarida ishlovchilar (O`zbekiston Respublikasi fuqarosi bo`lmasa);
-xalqaro nodavlat tashkilotlarining mansabdor shaxslari (O`zbekiston Respublikasi fuqarosi bo`lmasa);
-O`zbekiston Respublikasi mudofaa, ichki ishlar, favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Milliy xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilari, ichki ishlar hamda bojxona organlarining oddiy xizmatchilari va boshliqlari;
-prokuratura organlarining daraja unvonlariga ega bo`lgan xodimlari;
-gastrol-konsert faoliyati bilan shug`ullanish huquqini beruvchi litsenziyasi bo`lgan shaxslar-ana shu faoliyatdan olgan daromadlari bo`yicha.
Quyidagi jismoniy shaxslar soliq solishdan qisman (eng kam ish haqining to`rt barobari miqdorida) ozod qilinadi:
-“O`zbekiston Qahramoni”, Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlariga sazovor bo`lgan shaxslar, uchala darajadagi Shuhrat ordeni bilan taqdirlangan shaxslar, urush nogironlari yohud 1941-1945 yillardagi urush davrida yoki harbiy xizmatning boshqa majburiyatlarini bajarish paytida yaralanganligi oqibatida nogiron bo`lib qolgan harbiy xizmatchilar, sobiq partizanlar jumlasidan bo`lgan nogironlar, shuningdek, pensiya ta’minoti bo`yicha mazkur toifadagi harbiy xizmatchilarga tenglashtirilgan boshqa nogironlar;
-xizmatni harakatdagi harbiy qismlar, shtablar va muassasalarda o`tagan harbiy xizmatchilar, sobiq partizanlar jumlasidan bo`lib, 1941–1945 yillardagi urush, sobiq SSSRni himoya qilish bo`yicha boshqa jangovar operatsiyalarning qatnashchilari, urush davri mehnat frontining faxriylari va konsentratsion lagerlarning sobiq yosh tutqinlari;
-Leningrad shahrida 1941 yil 8 sentyabrdan 1944 yil 27 yanvargacha qamal davrida ishlagan fuqarolar;
-ichki ishlar organlarining boshliqlari va oddiy xizmatchilari jumlasidan bo`lib, xizmat vazifalarini bajarish paytida yaralanganligi, kontuziya bo`lganligi yoki shikastlanganligi oqibatida nogiron bo`lib qolgan shaxslar;
-bolalildan nogiron bo`lib qolganlar, shuningdek, I va II guruh nogironlari;
-o`n va undan ortiq bolasi bor ayollar;
Do'stlaringiz bilan baham: |