Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig`i bo`yicha imtiyozlar
Yuridik shaxslarning foyda solig`i bo`yicha imtiyozlar to`rt guruhga bo`linadi:
1. Ayrim yuridik shaxslarni foyda solig`idan ozod qilish;
2. Yuridik shaxslar foydasining ayrim turlarini soliqdan ozod qilish;
3. Yuridik shaxslarning soliq solinadigan foydasini (bazasini) kamaytirish;
4. Soliq stavkasini pasaytirish.
Foyda solig`ini to`lashdan quyidagi yuridik shaxslar ozod qilinadi:
-nogironlarning jamoat birlashmalari, «Nuroniy» jamg`armasi va «O`zbekiston chernobilchilari» assotsiatsiyasi mulkida bo`lgan hamda ishlovchilari umumiy sonining kamida 50 foizini nogironlar, 1941-1945 yillardagi urush va mehnat fronti faxriylari tashkil etadigan yuridik shaxslar (savdo, vositachilik, ta’minot-sotish va tayyorlov korxonalaridan tashqari);
-davolash muassasalari huzuridagi davolash-ishlab chiqarish ustaxonalari;
-jazoni ijro etish muassasalari;
-ichki ishlar organlari huzuridagi qo`riqlash bo`linmalari.
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig`i
Jismoniy shaxslar deganda soliq solish ob’yektiga ega bo`lgan O`zbekiston Respublikasining fuqarolari, boshqa davlatlarning fuqarolari, shuningdek, fuqaroligi bo`lmagan shaxslar tushiniladi. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig`ining tavsifiy belgilari 4.1-chizmada ko`rsatilgan.
4.1-chizma. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’ining tavsifiy belgilari.
O`zbekiston davlat byudjeti daromadlarining 12-13 foizi jismoniy shaxslarning daromadlaridan olinadigan soliqqa to`g`ri keladi. Erkin iqtisodiyot sharoitida bu soliqning ulushi va roli ortib boradi.
Moliya yilida soliqqa tortiladigan daromadga ega bo`lgan jismoniy shaxslar- O`zbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlari daromad solig`i to`lovchilari hisoblanadi. O`zbekiston Respublikasi rezidenti bo`lgan jismoniy shaxslarning O`zbekistonda va undan tashqarida olgan daromadlari, norezidentlarning esa O`zbekistonda olgan daromadlari soliqqa tortiladi. Jismoniy shaxslarning daromad solig`i ob’yekti bo`lib ularning jami daromadi hisoblanadi. Soliq solinadigan baza jami daromaddan soliq solishdan ozod qilingan daromadlar chegirib tashlangandan keyin qolgan daromad bo`ladi. Mazkur soliq to`lovchilari, ob’yekti va bazasi 4.2-chizmada keltirilgan. O`zbekiston davlat byudjeti daromadlarining 12-13 foizi jismoniy shaxslarning daromadlaridan olinadigan soliqqa to`g`ri keladi. Erkin iqtisodiyot sharoitida bu soliqning ulushi va roli ortib boradi.
Moliya yilida soliqqa tortiladigan daromadga ega bo`lgan jismoniy shaxslar- O`zbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlari daromad solig`i to`lovchilari hisoblanadi. O`zbekiston Respublikasi rezidenti bo`lgan jismoniy shaxslarning O`zbekistonda va undan tashqarida olgan daromadlari, norezidentlarning esa O`zbekistonda olgan daromadlari soliqqa tortiladi. Jismoniy shaxslarning daromad solig`i ob’yekti bo`lib ularning jami daromadi hisoblanadi. Soliq solinadigan baza jami daromaddan soliq solishdan ozod qilingan daromadlar chegirib tashlangandan keyin qolgan daromad bo`ladi.
Jismoniy shaxslarning jami daromadlariga quyidagilar kiradi (4.3-chizma):
1) mehnatga haq to`lash tarzidagi daromadlar;
2) mulkiy daromadlar;
3) moddiy naf tarzidagi daromadlar;
4) boshqa daromadlar. Mehnatga haq to`lash tarzidagi daromadlar–bu mehnat shartnomalariga yoki ishlar bajarish va xizmatlar ko`rsatish predmeti bo`lgan fuqarolik–huquqiy tusdagi shartnomalarga muvofiq jismoniy shaxslarga hisoblanadigan va to`lanadigan barcha to`lovlardir. Mehnatga haq to`lash tarzidagi daromadlar quyidagilarni o`z ichiga oladi.
A.Asosiy ish haqi:
-mehnatga haq to`lashning qabul qilingan shakllari, ta’rif stavkalari va mansab maoshlaridan kelib chiqqan holda haqiqatda bajarilgan ish uchun hisoblangan ish haqi;
-ilmiy daraja va faxriy unvon uchun qo`shimcha to`lovlar;
-fuqarolik-huquqiy shartnomaga muvofiq jismoniy shaxslar bajargan ishlar va ko`rsatgan xizmatlar uchun to`lovlar.
B. Rag`batlantirish xususiyatiga ega bo`lgan to`lovlar:
-yillik ish yakunlari bo`yicha pul mukofoti, bir yo`la beriladigan mukofotlar;
-yuridik shaxsning mukofotlash to`g`risidagi qoidasida nazarda tutilgan rag`batlantirish xususiyatiga ega bo`lgan to`lovlar;
-kasb mahorati, murabbiylik uchun tarif stavkalariga va maoshlariga qo`shimchalar;
-ta’tilga har yilgi qo`shimcha haqlar;
-ko`p yil ishlaganlik uchun pul mukofoti va to`lovlar;
-ratsionalizatorlik taklifi uchun to`lov.
D. Kompensatsiya to`lovlari (kompensatsiyalar):
-tabiiy-iqlim sharoitlari noqulay bo`lgan joylardagi ishlar bilan bog`liq qo`shimcha to`lovlar;
Do'stlaringiz bilan baham: |