Kursish I mavzu: soliq va narxlar


-bob. Korxonadan olinadigan soliqlar



Download 1,89 Mb.
bet6/13
Sana22.07.2022
Hajmi1,89 Mb.
#836922
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Копия Пробной курс иши 3

2-bob. Korxonadan olinadigan soliqlar
2.1. O`zbekiston Respublikasi byudjetiga asosiy soliq to`lovchilar
2020-yilda O‘zbekistonda eng ko‘p soliq to‘lagan korxonalar o‘nligi ma'lum qilindi.
2020-yilda O‘zbekistondagi yirik soliq to‘lovchilari jami soliq tushumlarining
63,3 foizi 10 ta kompaniya hissasiga to‘g‘ri kelgan.


1.5-rasm. Navoiy kon-metallurgiya kombinati
2020 yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonda jami soliq tushumlarining miqdori 103,6 trillion so‘mni tashkil etgan.
Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasidan ma'lum qilishlaricha, 103,6 trillion so‘mdana 67,7 trillion so‘mi yirik soliq to‘lovchilar hissasiga to‘g‘ri keladi.
Yirik soliq to‘lovchilar soni 2020 yilda 836ta bo‘lgan bo‘lsa, 2021 yilda 1120taga yetgan.
Eng ko‘p soliq to‘lagan korxonalar o‘nligi quyidagicha:

  1. «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» davlat korxonasi (10ta yirik soliq to‘lovchilar tushumlarining 50 foizi) (1.5-rasm )

  2. «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ (20 foiz)

  3. «O‘ztransgaz» AJ (8 foiz)

  4. «O‘zbekneftgaz» AJ (7 foiz)

  5. «O‘ZBAT» AJ QK (4 foiz)

  6. «Lukoyl»(3 foiz)

  7. «O‘zavto Motors» AJ (3 foiz)

  8. «O‘zbektelekom» AJ (2 foiz)

  9. «Hududgazta'minot» AJ (2 foiz)

  10. B uxoro neftni qayta ishlash zavodi MChJ (1 foiz)


2022 yil uchun davlat byudjeti: asosiy ko‘rsatkichlar tahlili
Davlat byudjeti daromadlari 200 trln so‘m yoki YaIMning 23,8%i miqdorida belgilandi. Ulardan soliq tushumlari 68,5 trln so‘m, shu jumladan foyda solig‘i – 43,7 trln so‘m, aylanmadan olinadigan soliq – 2,7 trln so‘m, JShDS – 22 trln so‘mni tashkil etadi.

Qonunga muvofiq quyidagi soliqlar bo‘yicha asosiy stavkalar o‘zgarishlarsiz qoldirildi:

  • QQS – 15%;

  • foyda solig‘i – 15%;

  • jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i – 12%;

  • aylanmadan olinadigan soliq – 4%.

Foyda solig‘i stavkasi 15%, dividendlar tarzidagi foyda bo‘yicha soliq stavkasi 5% darajasida saqlanib qolindi.
Bundan tashqari yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari neft va tabiiy gaz bo‘yicha 10%gacha, oltin va mis bo‘yicha – 7%gacha, volfram bo‘yicha – 2,7%gacha, uran bo‘yicha – 8%gacha pasaytirildi.
Davlat byudjeti daromadlari 200 trln so‘m yoki YaIMning 23,8%i miqdorida belgilandi. Ulardan soliq tushumlari 68,5 trln so‘m, shu jumladan foyda solig‘i – 43,7 trln so‘m, aylanmadan olinadigan soliq – 2,7 trln so‘m, JShDS – 22 trln so‘mni tashkil etadi.
Bilvosita soliqlar bo‘yicha daromad summasi 73,2 trln so‘m, shu jumladan QQS – 53,3 trln so‘m, aksiz solig‘i – 15 trln so‘m, bojxona boji – 4,8 trln so‘mni tashkil etadi.
Resurs va mol-mulk solig‘i 25,7 trln so‘mni tashkil qiladi.
Konsolidatsiyalashgan byudjet xarajatlari 280, 13 trln so‘mni tashkil etadi. Davlat byudjeti xarajatlari 188, 91 trln so‘m, davlat maqsadli jamg‘armalari xarajatlari – 58, 18 trln so‘m, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘larining sarflanishi – 7, 73 trln so‘m miqdorida prognozlashtirilmoqda.
Byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘larining sarflanishi 14, 61 trln so‘m, tashqi qarz hisobidan davlat dasturlariga xarajatlar esa – 10,7 trln so‘mni tashkil etadi.
Byudjetni shakllantirishda barcha tumanlar va shaharlar byudjetlarining tasdiqlangan xarajatlarining 5%i jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.
Bundan tashqari, mahalliy byudjetlar qo‘shimcha manbalarining kamida 30%i jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.
2022 yil uchun byudjet va qonun mablag‘larni belgilangan yo‘nalishda sarflashda natijadorlikni oshirish, mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlarining vakolatlarini kengaytirish, byudjet barqarorligini ta’minlash, byudjet qamrovini oshirish va byudjet mablag‘larining taqsimlanishi ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish bo‘yicha takliflarni o‘z ichiga oladi
Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq stavkalarini neft va tabiiy gaz bo‘yicha 10 foizgacha, oltin va mis uchun 7 foizgacha, volfram uchun 2,7 foizgacha va uran uchun 8 foizgacha kamaytiriladi - Prezident farmoni
Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq stavkalarini neft va tabiiy gaz bo‘yicha 10 foizgacha, oltin va mis uchun 7 foizgacha, volfram uchun 2,7 foizgacha va uran uchun 8 foizgacha kamaytiriladi - Prezident farmoni

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Geologiya-qidiruv ishlarini yanada rag‘batlantirish va yer qa’ridan foydalanuvchilarga soliq solish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoni qabul qilindi.


Chet el investitsiyalarini keng jalb qilgan holda foydali qazilma konlarini sanoat usulida o‘zlashtirish, zamonaviy usullar va texnologiyalar yordamida geologiya-qidiruv ishlarini rag‘batlantirish hamda yer qa’ridan foydalanuvchilarga soliq solish tartibini yanada takomillashtirish maqsadida:
1. Belgilansinki2022 yil 1 yanvardan boshlab muhim tijorat salohiyatiga ega bo‘lgan uglevodorodlar, qimmatbaho, rangli, nodir va radioaktiv metallar va boshqa turdagi rudali foydali qazilmalar ob’ektlari bo‘yicha geologik o‘rganish yoki avval o‘rganilgan yer qa’ri uchastkasida qazish ishlari uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini tanlov savdolariga chiqarishning maxsus tartibi o‘rnatiladi. Bunda:

  • sotuv summasi yer qa’ridan foydalanish huquqi uchun bonus summasi sifatida qaraladi va tanlov savdolari tashkilotchilarining xarajatlarini chegirgan holda O‘zbekiston Respublikasi respublika byudjetiga o‘tkaziladi;

  • tanlov savdolari tashkilotchisi yoki tanlov savdolari ishtirokchilari qonunchilikda belgilangan tartibda foydali qazilmalarni qazib olishda (ajratib olishda) ayrim soliq turlari bo‘yicha soliq stavkalarini oshirilgan miqdorda taklif qilish huquqiga ega.

  • 2. Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining 2022 yil 1 yanvardan boshlab foydali qazilmalarni qazib olish huquqi uchun undiriladigan tijoratbop topilma bonusini hamda foydali qazilmalarni aniqlash va razvedka qilish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish huquqi uchun undiriladigan imzoli bonusni bekor qilish haqidagi taklifiga rozilik berilsin.

3. Belgilansinki, 2022 yil 1 yanvardan boshlab:
a) geologiya-qidiruv va (yoki) izlanish ishlari o‘tkazish uchun ajratilgan yer uchastkalari yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i solish ob’ekti hisoblanmaydi;
b) ajratilgan maydon va foydali qazilma turlaridan kelib chiqib, qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan miqdorda hisoblab chiqiladigangeologik o‘rganishlar uchun yer qa’ridan foydalanganlik uchun har yillik litsenziya to‘lovi joriy qilinadi;
v) geologik o‘rganishlar uchun yer qa’ridan foydalanganlik uchun har yillik litsenziya to‘lovi quyidagilarga yo‘naltiriladi:

  • 70 foizi – O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjetiga;

  • 15 foizi – viloyat mahalliy byudjetiga;

  • 15 foizi – tuman (shahar) mahalliy byudjetiga.

4. Geologiya-qidiruv ishlarini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar, shuningdek, ular tomonidan jalb etiladigan pudrat va yordamchi pudrat tashkilotlari quyidagilardan ozod etilsin:

  • konlarni qidirish, aniqlash va ishlatish davrida geologik qidiruvni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan maxsus texnikalarni vaqtincha olib kirishda davriy bojxona to‘lovlaridan;

  • konlarni qidirish, aniqlash va ishlatish bo‘yicha ishlarni bajarish uchun zarur bo‘lgan, belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan asbob-uskunalar, moddiy-texnika resurslari va maxsus texnikalarni import qilishda bojxona bojidan.

  • O‘zbekiston Respublikasi hududida uglevodorod konlarini aniqlash va qidirishni amalga oshiruvchi mahalliy korxonalarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000 yil 28 apreldagi “Neft va gaz konlarini razvedka qilish hamda ularni qazib chiqarishga bevosita xorijiy sarmoyalarni jalb etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi

  • PF–2598-son Farmonining 4-bandi uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan imtiyozlar tatbiq qilinsin.

Belgilansinki, geologiya-qidiruv ishlarini amalga oshiruvchi yuridik shaxslarga qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini qoplab berish O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksida belgilangan tartibda, biroq ariza berilgan kundan boshlab 30 kundan kechiktirmay amalga oshiriladi.
5. Belgilansinki, 2021 yil 1 oktyabrdan boshlab:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish