Kursish I mavzu: soliq va narxlar


Narx quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi



Download 1,89 Mb.
bet5/13
Sana22.07.2022
Hajmi1,89 Mb.
#836922
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Копия Пробной курс иши 3

Narx quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi: 

* Muvozanatlikni ta’minlash vazifasi. 


* Qiymat va naflilikni o’lchash vazifasi. 
* Tartibga solish vazifasi.
* Raqobat vositasi vazifasi. 
*Ijtimoiy himoya vazifasi. 

1.4-rasm. Narxning asosiy vazifalari



Mukammal raqobat sharoitida narxning tashkil topishi

Ma’lumki, iqtisodiyotdagi bosh muammo bu alohida iste’mol va ishlab chiqarishdan boshlab, to makroiqtisodiyot darajasigacha muvozanatga erishishdir. Bozor iqtisodiyoti muvozanatga erishishda uch narsaga tayanadi:


narx, talab va taklif,  raqobat. Bunda talab va taklif nisbati, raqobat ham oxir-oqibat narx orqali ifodalanadi. 
Bozor uning aniq shaklidan qat’i nazar tovarlar —xizmatlar bozorimi, moliya bozori yoki mehnat bozorimi narx orqali talab va taklifni muvozanatga keltiradi. 
1. Narxlarni o’zgarishi ishlab chiqaruvchilar uchun ishlab chiqarish hajmini o’zgartirishni mo’ljalga olishga xizmat qiladi. Narx texnika-texnologiyani o’zgartirishga ta’sir qiladi. Oxir- oqibat mavjud shakllangan daromadlar darajasida mahsulotning kim tomonidan iste’mol qilinishini ham belgilaydi. 
2. Talab va taklif. Ularning nisbatini o’zgarishi. Narxni tebranishi, o’zgarishi tufayli oxir- oqibat shunday narx belgilanadiki, uning natijasida talab va taklif muvozanatga keladi, o’z  navbatida ishlab chiqarish bilan iste’mol o’rtasida ham muvozanat o’rnatiladi. 
3. Raqobat. Xar bir ishlab chiqaruvchining maqsadi maksimal darajada foyda olish, 
demak o’z faoliyatini kengaytirish. Bu so’zsiz raqobatga olib keladi. Agarda u yoki bu turdagi  tovarning taklifi ko’p bo’lsa, sotuvchilar o’rtasida raqobat kurashi kuchayadi. Xar biri o’z  tovarini sotish uchun narxini tushirishga majbur bo’ladi. Bu ishlab chiqarishni qisqartirishga olib  keladi. Agarda talab taklifga qaraganda ko’p bo’lsa, xaridorlar o’rtasida raqobat kurashi  kuchayadi. Xar biri taqchil bo’lgan tovarni qo’lga kiritish uchun balandroq (narx) haq to’lashga  rozi bo’ladi. Bu shunday turdagi tovar chiqarishni rag’batlantiradi. 

  Raqobat bozor mexanizmining zarur elementi. Lekin raqobat xarakteri turlicha,


u bozor  muvozanatiga erishishga katta ta’sir ko’rsatadi. Narx tashkil topishining xarajatlar mexanizmiga klassik siyosiy iqtisod nazariyasi asos bo’lgan bo’lsa, bozor mexanizmiga neoklassik iqtisod  nazariyasi asos bo’ladi. 
Erkin raqobat kurashiga asoslangan sharoitda narxning qanday tashkil topishini Marshall  shunday tushuntiradi: oldi-sotdi qilgunga qadar tovarning go’yoki ikki narxi mavjud bo’ladi. Sotuvchi narxi va xaridor narxi. Bir tomondan, har bir sotuvchi o’z tovarini qimmatga sotishni o’ylaydi, lekin bu narx xaridorni qanoatlantirmasa sotuvchi o’z tovarini sota olmay qolish xavfi bor. Ikkinchi tomondan, xaridor iloji boricha tovarni arzonroqqa sotib olishga harakat qiladi, lekin sotuvchini bu narx qanoatlantirmasa, u tovarsiz qolishi mumkin. 

Sotuvchining narxini eng past darajasi shu tovarni ishlab chiqarish uchun ketgan xarajatlarni qoplashi kerak. Xaridor bergan narxning yuqori darajasi esa me’yoriy nafliligiga teng bo’li-shi kerak. Ular o’rtasidagi savdo to xaridor bilan sotuvchi narxi mos kelguncha davom etadi. Xamda ana shu muvofiq kelgan narx bozor narxi hisoblanadi. Shunday qilib, sotuvchining narxi klassik qoida bo’yicha shakllanadi. Xaridorning narxi esa marjinal qoida bo’yicha shakllanadi. Real narx esa ana shu har ikkisini nisbati asosida shakllangan o’rtacha daraja bo’ladi. Ko’rinib turibdiki, 
neoklassik nazariyada o’ziga xos ikki yondashuvni sintezi yuz berib, yangicha nuqtai nazar vujudga keldi. Bu yangilik narx bozorda talab bilan taklif o’rtasidagi nisbat asosida o’rnatilishida ifodalanadi. 
Bunda narx qancha yuqori bo’lsa taklif shuncha ko’payadi. Talab kamayadi yoki 
aksincha. Bozorda narx talab va taklifning muvoza-natga kelishi tomon o’zgaradi. Narx talab bilan taklif muvozanatini tiklaydi. Shunday qilib, bozor mexanizmi, boshqacha aytganimizda narx davlat aralashmay talab va taklifni tartibga soladi. Marshallning fikricha, bu nozik mexanizmga davlat aralashuvi kerak emas. Xar qanday aralashuv, hattoki yaxshi niyatda qilingan bo’lsa ham kuchlar balansini buzadi. Oxir-oqibat cheklangan kamyob resurslardan samarasiz foydalanishga olib keladi. Marshall talab va taklif asosida narxning shakllanishini tushuntirar ekan, ularga ta’sir etuvchi omillarga ham e’tibor beradi. Undan tashqari, talab va taklif elastikligi tushunchasiga asos soladi. 


Download 1,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish