I-Bob. Hujumkor strategiya va marketing strategiyasini nazariy ko’rinishlar..........................................................................................................
1.1. Hujumkor strategiyani tashkil etish.............................. 1.2. Marketing strategiyasini ishlab chiqish va asosiy ko'rsatkichlar........... II-Bob. Nike kompaniyasining bozordagi holatini tahlil qilish....................
2.1. Kompaniyaning bozorni pozitsiyalash bo’yicha dastur tavsifi..............
2.2. Nike kompaniyasining SWOT tahlili…………………………………
III-Bob. Nike kompaniyasida marketing strategiyasini amalga oshirish bo’yicha ko’rsatkichlar ahamiyati ……………………..........................................
Kirish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning “Mahalliy eksport qiluvchi tashkilotlarni yanada qo‘llab – quvvatlash va tashqi iqtisodiy faoliyatni takomillashtirish chora – tadbirlari to‘g‘risida”gi 2021 yil 20 avgustda qabul qilingan qarorida “...tashqi bozorlarga mahalliy mahsulotlarni olib chiqishda zamonaviy marketing usullaridan faol foydalanish...” alohida ko‘rsatib o‘tilgan. O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotining yangi sharoitlarida marketingni ijtimoiy – iqtisodiy roli yanada oshdi. Bu esa, barchadan marketing tizimini har tomonlama, chuqur o‘rganishni taqozo etmoqda.
Demak, marketingning ta’rifi turli-tuman. Ammo bundan qat’iy nazar, ulardan ko‘pchiligi marketing - xaridorlarning aniq guruhlari ehtiyojlarini qondirish, bozor muammolarini echishga har tomonlama yondashish, ehtiyojlarni ayirboshlash yordamida qondirishga qaratilgan faoliyat turi ekanligini ifodalaydi, shuningdek, boshqa bir qancha umumiy qoidalarni qamrab oladi. Strategik rejalashtirishni tashkil etish bosqichlari, iqtisodiyotni erkinlashuvi sharoitida mahsulotlar ishlab chiqarish va ularni sotishni ko‘paytirishning eng zarur omillari va imkoniyatlarini aniqlay olish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning uslubiy asoslari, istiqbolli va tezkor usullarini turli tarmoqlar moliya-xo‘jalik faoliyatini tahlil etishda qo‘llash masalalari bo’yicha nazariy- amaliy bilimlarni shakllantirishdir.