Ishlab chiqarish hajmi samarasi.
Ushbu tasvirda ishlab chiqarish jarayoni ifoda etilgan bо‘lib, unda kapital (mexanizmlarning sarflanadigan vaqti) bilan mehnat (qо‘l mehnati sarfi) 1:5 mutanosiblikda ifoda etilgan. “Or” chizig‘idagi nuqtalar shu mutanosiblikdagi omillarning turli kombinasiyalarida ishlab chiqarishni tashkil etilayotganligini ifoda etadi.
Tasvirdan kо‘rinib turganidek ishlab chiqaradigan mahsulot hajmi nisbatan, past bо‘lgan “OA” qismidagi nuqtalardan ishlab chiqarish hajmini samaradorlikka ta’siri ijobiy bо‘lgan. Chunonchi, qо‘l mehnati 5 soat, mashina vaqti 1 soat bо‘lganda ishlab chiqarilgan mahsulot 10 birlikdan iborat bо‘lgan (tasvirdagi quyi izokvanta).Keyinchalik bu ikkala omil 2 baravar oshganda (qо‘l mexnati 10, mashina vaqti 2 soat) mahsulot hajmi 3 baravarga (10 dan 30 gacha) kо‘paygan. Ishlab chiqarish omillari yana 50% ga oshganda (qо‘l mexnati 10 dan 15 ga va mashina vaqti 2 dan 3 ga) mahsulot hajmi yana 2 baravarga oshadi (30 dan 60 gacha).
Korxonada ishlab chiqaradigan mahsulot hajmi nisbatan yuqori bо‘lgan “AR” qismidagi nuqtalarda ishlab chiqarish hajmini samaradorlikka ta’siri salbiy bо‘lib hisoblanadi. Chunonchi, ishlab chiqarish omillari 1/3 qismga oshganda (qо‘l mexnati 15 dan 20 ga va mashina vaqti 3 dan 4 ga) ishlab chiqaradigan mahsulot hajmi, hammasi bо‘lib 1/6 qismga oshgan (60 dan 70 gacha). Ishlab chiqarish omillari yana 50% ga oshganda (qо‘l mexnati 20 dan 30 ga va mashina vaqti 4 dan 6 ga) ishlab chiqaradigan mahsulot hajmi 1/7 qismga oshgan (70 dan 80 gacha). Tasvirga qarab aytish mumkinki ishlab chiqarish hajmi samarasi ijobiy bо‘lganda izokvantalar bir-biriga yaqin joylashadi salbiy bо‘lganda ular bir-biridan uzoqlashadi, ya’ni tobora kо‘proq ishlab chiqarish omillari jalb qilinishi talab etiladi. Agar ishlab chiqarish hajmi samaraga ta’sir etmasa, unda izokvantalar bir-biridan bir xil uzoqlikda joylashadi. Ishlab chiqarish hajmi samaradorlikka ta’siri qonuniyatiga muvofiq kо‘pgina mamlakatlardagi firmalar о‘z ishlab chiqarishini tashkil etgan. Ishlab chiqarish hajmi ijobiy bо‘lgan tarmoqlarda yirik korxonalar tashkil etilgan. Odatda mahsulot ishlab chiqarish bilan bog‘liq bо‘lgan korxonalarda yirik ishlab chiqarish samarali hisoblanadi, xizmat kо‘rsatuvchi sohalarda bо‘lsa mayda korxonalar tashkil etiladi.
Yuqoridagilardan xulosa qilib aytish mumkinki korxona hajmini belgilaganda har bir tarmoqning о‘ziga xos xususiyatlarini ishlab chiqarish hajmini samaradorlikka ta’sir etishi qonuniyatlarini hisobga olish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |