Uchuvchan moddalarning va Yoђg‘ kislotalarning imqdori kamligi va bug‘
bosimini pastligi uchun ularning eritmalari ideal eritmalar xisoblanib ularning bug‘
fazasi Dalton konuniga buysunadi.
Yog‘lardagi individual uchuvchan moddalarning va ozod yog‘
kislotalarning imqdori aniq bo‘lmaganligi uchun xisoblashda, suyuqlik fazasi
(yog‘) ikkita komponentdan tashkil topgan deb qabul qilinadi, ya’ni uchglitserid va
erkin stearin kislotasi. shuning uchun stearin kislotaning
kamayishi buyicha
jezodoratsiya jarayoni nazorat qilinadi.
Tajribaga qoraganda dezodoratsiya qilingan yog‘da stearin kislotasini
miqdori 0.02 % -gacha bo‘lsa, u xolda Yog‘ xidsizlangan xisoblanadi.
Yuqori sifatli dezodoratsiya qilingan yog‘ olish uchun umumiy talablardan
tashqari (yuqori xarorat, past vakuum) quyidagi talablarga rioya qilish kerak:
1. Dezodoratsiya vaqtida yuqori xaroratda yog‘ni iloji boricha uzoq vaqt
ushlash kerak emas.
2. Yog‘larni, dezodoratsiyadan oldin deaeratsiya ya’ni xavosizlantirilishi
shart.
3. Yog‘larni
qizdirganda, dezodoratsiya vaqtida va sovutish paytida
namli xavo bilan kontaktda bo‘lishidan saklash kerak.
4. Dezodoratsiya tamom bo‘lgandan keyin, uskunalar tuxtatilsa ulardan
Yog‘ bushatilishi va barcha qismlari Yuvib tozalanishi kerak.
Yog‘larni dezodoratsiya qilish uchun turli dezodoratorlar ishlatiladi:
1.Davriy (uzlukli) dezodoratorlar.
2.Uzluksiz ishlayditgan dezodoratorlar (De-Smet, Pinch-Bamag, Ole).
Davriy xidsizlantirish jarayonida xarorat 170-210
0
S bo‘lsa, uzluksiz
jarayonda esa 230
0
S gacha bo‘ladi. Apparatlardagi qoldiq bosim 5 mm simob
ustuniga teng bo‘ladi. Vakuum xosil qilish uchun kupbosqichli bug‘ejektorlar
(bug‘ejektor vakuumli nasos) ishlatiladi.
Bug‘ejektori xarakatining moxiyati-shundaki,
soplodan chiqayotgan
bug‘ning tezligi 1000 m/s ga etadi. Bunday katta tezlikda bug‘ o‘zi bilan birga
kameradagi bug‘ va gazlarni olib ketadi va kondensatorga kiradi va
10
kondensatsiyalanadi. Dezodoratordan kameraga yangi bug‘ va gaz keladi. shunday
qilib sistemada vakuum xosil bo‘ladi.
Dezodoratsiya qilishdan oldin yog‘lar va moylar yaxshilab rafinatsiya
qilinishi kerak. Dezodoratsiyaga berilayotgan yog‘ va moylar tarkibida sovun va
oqlovchi tuproq qoldiqlari umuman bulbo‘lmasligi kerak. Dezodoratsiyaga
berilayotgan moyda agar sovun yoki oqlovchi tuproq qoldiqlari bo‘lsa, ular qayta
filtrlashga Yuboriladi.
Dezodoratsiyani sifatini yaxshilash uchun bu jarayonda yog‘
va moylarga
limon kislotasi eritmasi kushiladi. Limon kislotasi Yog‘larni oksidlanishini oldini
oladi.
Iste’mol qilishga mo‘ljallangan yog‘larni sifati dezodoratsiya jarayonini
to‘liq va kamchiliksiz olib borishga ham bog‘liqdir. shuning uchun dezodoratsiya
yog‘larni tozalashdagi asosiy jarayonlardan biridir. Yog‘larni dezodoratsiya
qilishdan maqsad, yog‘larni xid va ta’am beruvchi moddalardan tozalashdir. Bu
moddalar quyidagilardan iborat: metilketonlar, metilkarbinollar, aldegidlar, erkin
Yog‘ kislotalari va to‘yinmagan uglevodorodlar. Yuqoridagi moddalar moylarga
yaxshi eriydi, hamda Yuqori molekulyar massaga va past bug‘ bosimiga egadir.
Uchuvchan moddalarning bug‘ bosimlari Yog‘ kislotalarining bug‘
bosimiga
yakin.
11