Organik sintezning muhim maxsulotlari Reja



Download 35,42 Kb.
Sana01.08.2021
Hajmi35,42 Kb.
#134607
Bog'liq
3-amaliy mashgulot


Organik sintezning muhim maxsulotlari

Reja:

1. Oraliq maxsulotlar

2. Polimer materiallari uchun plastifikatorlar.

3. Sintetik faol va yuvish vositalari.

4. Erituvchi va ekstragentlar.

Rivojlanish natijasida organik sintez bir nechta tarmoqlarga


bo’linadi (bo'yoqlar texnologiyasi, dori moddalari, plastmassalar,
kimyoviy tolalar texnologiyasi va h.k). Bu tarmoqlar orasida asosiy
organik va neft kimyosi sintezi sanoati muhim o'rinni egallaydi. Asosiy
yoki og‘ir organik sintez degan iborani ma’nosi - bu ko‘p tonnali
mahsulot ishlab chiqarish bo'lib, ular boshqa organik mahsulotlar olish
texnologiyalari uchun asos hisoblanadi. Asosiy organik sintez sanoati mahsulotlarining turli xil tuzilishga, xossalarga egaligi va ko‘p sohalarda qo’llanilishi bilan boshqa sanoat mahsulotlaridan farq qiladi. Asosiy organik sintez sanoati mahsulotlari - bu turli xil uglevodorodlar, xlor va ftorli birikmalar, spirtlar va fenollar, oddiy efirlar, aldegidlar va ketonlar, karbon kislotalar va ularning hosilalari, aminlar va nitrobirikmalar, oltingugurt, ftorli va h.k. moddalardir. Qo‘llanilishi bo'yicha yuqoridagi birikmalar ikki guruhga bo’linadi: oraliq mahsulotlar (boshqa moddalar sintezi uchun
qo’llaniladi) va turli tarmoqlarda qo’llaniladigan maqsadli mahsulotlar.
Oraliq mahsulotlar. Ular xalq xo‘jaligida biror maqsadlar uchun
qo’llanilmaydi, lekin ular asosida boshqa kerakli birikmalar sintez
qilinadi. Bunday mahsulotlarni - organik sintez oraliq mahsulotlari
deyiladi. Masalan, etilendan 1,2-dixloretan, uni degidroxlorlash bilan
esa vinilxlorid olish mumkin:

Oraliq mahsulotlar assortimenti juda keng, chunki oddiy va


murakkab organik birikmalar sintezida oraliq mahsulotlar hosil bo’ladi.

Monomer va polimer materiallari uchun xom-ashyolar. Organik sintez va neft kimyosi sintezida bu birikmalar eng muhim o’rinni egallaydi. Ular plastmassalar, sintetik kauchik, sintetik laklar, kleylar, plyonka materiallari, sintetik tolalar olishda xomashyo sifatida qo’llaniladi.

Monomerlarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:

1) Vinil monomerlari



2) Allil monomerlari:



3) Olefinlar: CH2=CH2; CH2=CH-CH3; CH2=C (CH3)2 etilen propilen izobutilen

4) Diyenlar:

CH2 =CH-CH=CH2; CH2 =CH–CCl =CH2; CH2=CCH3 – CH=CH2

1,3–butadien xloropren izopren

5) Polikondensastiya reakstiyasi uchun qo’llaniladigan monomerlar, ularga quyidagi moddalarni misol qilish mumkin:

HOOC-(CH2)4–COOH adipin kislota;

H2N – (CH2)6 - NH2 geksametilendiamin





Polimer materiallari uchun plastifikatorlar.
Plastifikator (yoki yumshatgich) deb, ba’zi bir polimerlarni plastik, elastik xossalarini yaxshilash uchun 30-40%-gacha qo’shiladigan moddalarga aytiladi. Bu plastifikatorlar, asosan presslash, valstlash va boshqa usullar yordamida polimerlarni qayta ishlash jarayonlarida qo’llaniladi, chunki ishlov berishda polimerlar etarli darajada oquvchan bo’lishi, tayyor mahsulotning elastik xususiyatlari yuqori bo’lishi kerak.

Plastifikatorlarning eng muhim vakillariga misol qilib yuqori haroratda qaynovchi murakkab efirlardan dibutil–dioktil ftalatlarni, yuqori spirtlarni dikarbon yoki yuqori karbon kislotalar bilan hosil qilingan efirlarni olish mumkin.


Sintetik faol va yuvish vositalari.
Tarkibida gidrofil va gidrofob guruhlari bo’lgan organik moddalar sirt–faollik xususiyatlarini namoyon qiladi. Oddiy sovun– stearin yoki palmitin kislotaning natriyli tuzida RCOONa bunday sirt faollik xususiyatini karboksilat guruhi bajaradi. Suvli eritmalarda sirt-faol moddalardagi gidrofob guruhi sistemasidagi yog`-moy komponenti, gidrofil guruhi esa suvga tomon qaratilgan bo’ladi. Sirt-faol va yuvish vositalari ikki turga bo’linadi: noionogen va ionogen. Ionogenlar suvli eritmalarda dissostiastiyalanadi.

Ionogen moddalar ham o’z navbatida anion va kation faol moddalarga ajraladi. Anion faol moddalarga misol kilib sovunni, alkilarensulfonatlar – RC6H4SO2ONa, alkilsulfonatlar - RSO2Na va alkilsulfonatlarni ROSO2Na olish mumkin.

Kation faol yuvish vositalariga misol qilib, aminlar yoki to’rtlamchi tuzlarni olish mumkin. Organik va neftkimyosi sintezining ko’pchilik mahsulotlari avtomobil taransporti, aviastiya, raketa texnikasi va boshqa sohalarda keng qo’llaniladi. Bu mahsulotlarga sintetik motor va raketa yoqlg`ilari, antifrizlar, motor va tormoz suyuqliklari kiradi.

Xozirgi vaqtda raketa texnikasida sintetik yoqilg`idan (metanol, etanol, etilaminlar, metallorganik birikmalar) keng foydalaniladi. Surkov moylari, asosan neftdan olinadi. Turli prisadkalar yoqilg`i va moylarni ekspluatastiya xossalarini yaxshilash uchun qo’llaniladi.


Erituvchi va ekstragentlar.
Ilgari erituvchilar sifatida benzin, benzol va etanol ko’p qo’llanilagan. Sanoat xalq xo’jaligi rivojlanishi bilan erituvchi va ekstragentlarga bo’lgan talab oshib bormokda. Sintetik erituvchilar arzon, zararsiz bo’lishi kerak. Ularni qaynash temperaturasi juda ham past yoki baland bo’lmasligi lozim. Xozirgi davrga kelib erituvchilar va ekstragentlar neft mahsulotlaridan aromatik uglevodorodlarni ajratishda, azeotrop haydashda, tabiiy moddalardan yog` va moylarni ajratishda keng qo’llanilmoqda.

Kimyo sanoatida esa, erituvchi va ekstragentlar qayta kristallash va tozalash jarayonlari uchun polimerlar olishda qo’llaniladi.
Download 35,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish