Kurs ishini himoyaga tavsiya etish to‘g‘risida rahbar xulosasi.
Kurs ishi himoyasi kafedrada tashkil etiladi. Bu maqsadda fan bo‘yicha kurs ishi himoyasi uchun 3 kishidan kam bo‘lmagan tarkibda komissiya tuziladi. Kurs ishini talaba ilmiy rahbari ishtirokida Komissiya huzurida himoya qiladi. Komissiya a‘zolari bilan talaba o‘rtasidagi suhbat asosida talabaning bilim darajasi, mavzu ustida ishlash jarayonida orttirgan ko‘nikmalari aniqlanadi.
Dastavval talaba o‘zi yozgan ishi bo‘yicha uning mazmuni, o‘rganish predmeti, amaliy ma‘lumotlarining manbasi, ularni umumlashtirish usullari, asosiy xulosalarini qisqacha yoritib beradi. So‘ngra taqrizda ko‘rsatilgan kamchiliklar bo‘yicha hamda ish yuzasidan qo‘shimcha savol-javoblar asosida talabaning bilimlari tekshiriladi va himoya natijalariga ko‘ra kurs ishi baholanadi. Kurs ishi natijasi reyting tizimi asosida baholash tartibiga ko‘ra ballarda fakultet dekanati tomonidan taqdim etilgan qaydnoma varaqasiga tegishli tartibda qayd etiladi va Komissiya a‘zolari imzolari bilan rasmiylashtiriladi.
KURS ISHINI BAHOLASH MEZONLARI Baholash mezoni Ball Shu jumladan: A‘lo Yaxshi Qoniqarli Qoniqarsiz
1. Kurs ishini o’quv-uslubiy talablar asosida rasmiylashtirish.
1.1 Nazariy qismi.
1.2 Amaliy qismi.
2. Talabaning bajarilgan kurs ishiga oid berilgan savollarga javoblari.
3. Kurs ishining mazmun mohiyatini yoritib bera olishi va himoyasi.
Talabaning bilim darajasini ifodalovchi holatlar.
5 baho. A‘lo - kurs ishiga qo’yilgan o’quv-uslubiy talablar asosida rasmiylashtirish to’liq, yetarli va namunali tarzda amalga oshirilgan; - talaba bajarilgan kurs ishiga oid berilgan savollarga javoblari orqali fan mavzusini o’zlashtirish bo’yicha yetarli amaliy bilim va ko’nikmalarga ega ekanligini namoyon etishi; - kurs ishi himoyasida uning mazmun-mohiyatini to’liq yoritib bera olishi, mavzuga oid to’g‘ri xulosa va qarorlar qabul qila olishi.
4 baho. Yaxshi - kurs ishiga qo’yilgan o’quv-uslubiy talablar asosida rasmiylashtirish deyarli to’liq tarzda amalga oshirilgan; - talaba bajarilgan kurs ishiga oid berilgan savollarga javoblari orqali fan mavzusini o’zlashtirish bo’yicha yaxshi amaliy bilim va ko’nikmalarga ega ekanligini namoyon etishi; - kurs ishi himoyasida uning mazmun-mohiyatini deyarli to’liq yoritib bera olishi, mavzuga oid ma‘lum darajada to’g‘ri xulosa va qarorlar qabul qila olishi.
3 baho. Qoniqarli - kurs ishiga qo’yilgan o’quv-uslubiy talablar asosida rasmiylashtirish juz‘iy bo’lmagan kamchiliklar bilan amalga oshirilgan; - talaba bajarilgan kurs ishiga oid berilgan savollarga javoblari orqali fan mavzusini o’zlashtirish bo’yicha amaliy bilim va ko’nikmalarga qisman ega ekanligi; - kurs ishi himoyasida uning mazmun-mohiyatini to’liq yoritib bera olmasligi, mavzuga oid ma‘lum aniq va to’laqonli xulosa va qarorlar qabul qila olmasligi.
2 baho. Qoniqarsiz - kurs ishiga qo’yilgan o’quv-uslubiy talablar bo’yicha rasmiylashtirish juz‘iy kamchiliklar bilan amalga oshirilgan; - talaba bajarilgan kurs ishiga oid berilgan savollarga javoblari orqali fan mavzusini o’zlashtirish bo’yicha juda past amaliy bilim va ko’nikmalarga ega ekanligini; - kurs ishi himoyasida uning mazmun-mohiyatini tushunmasligi, mavzuga oid xulosa va qarorlar qabul qila olmasligi.