KURS ISHI REJASINI TUZISH HAMDA UNING MAZMUNI VA HAJMI.
Kurs ishi rejasini tuzishda mavzuning mazmun-mohiyatidan kelib chiqqan holda asosiy savollarni aks ettirib tuziladi. Reja ilmiy rahbar bilan kelishilgan holda tuzilishi kerak. Rejaning savollari ma‘lum bir tartibda mantiqiy ketma-ketlikda qo‘yilishi lozim. Rejada talabaning ijodiy yondashuvi, ilmiy tahlillari va tashabbusini talab qiladigan savollarning qo‘yilishi juda muhim bo‘lib, bu kurs ishining qiymatini yanada oshiradi. Noorganik kimyo fanidan yoziladigan kurs ishlari professor-o’qituvchilar ilmiy rahbar tomonidan ma‘qullangan reja asosida Izoh: (курс иши 40-50 бет ҳажмида, А4 форматда бўлиши лозим. Матн чегараси: қатор оралиғи 1,5 интервал, 14 шрифтда, чегаралари мос равишда чап 3,0, ўнг 2,0, юқори ва пастки 2,0 см бўлиши лозим. Курс ишининг электрон варианти Microsoft Word (rtf, doc кенгайтма) редакторида Times New Roman шрифтида ёзилган ҳолда бўлиши керак. Таблицалар фаол ойна дарчасидаги “Таблица” редактори асосида, матн ўлчамига тенглаштирилган ҳолда бўлиши керак. Расмлар jpg, bmp форматда, формулалар Microsoft Education редактори орқали қўйилиши лозим. (Модулга қўйишда pdf форматига ўтказиб кегин шу pdf форматидаги курс иши қўйилади)
Kurs ishi rejasi uning mazmunini to’liq qamragan bo’lib, bo’lim va paragraflari mantiqan bog‘langan tarzda tuziladi. Kurs ishi matni talabaning o’z so’zi bilan mustaqil yoritilishi talab etiladi. Kurs ishidagi majburiy elementlarga chizmalar, jadvallar, diagramma va grafiklarni kiritish mumkin. Ularning nomlari, manbalari, nechanchi chizma yoki jadval ekanligining ketma-ket tartibi (masalan: 1-chizma, 5-jadval) va manbalari ko’rsatilishi shart. Ko’rgazmali jihozlar sifatli bajarilishi va matn mazmuni bilan uzviy bog‘lanishi lozim. Chizma va jadvallardagi ma‘lumotlarning yangiligi va talaba tomondan tahlil qilinganligi kurs ishi mavqeini oshiradi. Kurs ishi o’zbek yoki rus tilida yoziladi. Agarda talaba ingliz yoki boshqa bir chet tilida o’z fikrini bemalol bayon eta olsa va himoyani ham o’sha tilda bajara oladigan darajada bo’lsa, unga shu tillardan birida kurs ishi yozishga ruxsat berilishi mumkin. Kurs ishiga mukammal, puxta reja tuzish ishning eng asosiy yutuqlaridan hisoblanadi, chunki ishning talabga javob beradigan tarzda yozilishi bevosita rejaga bog‘liqligi hech kimni ajablantirmasa kerak. Shu bois, rejadagi juz‘iy kamchiliklar ham ishning saviyasini pasayishiga va mavzuni atroflicha tuliq yoritilmasligiga olib kelishi mumkin. Kurs ishining tarkibi quyidagicha belgilanadi:
Titul varaqasi – bunda oliy o’quv yurti, fakultet, kafedra, kurs ishining mavzusi, rahbari va talabaning ismi sharifi, shahar, yil ko’rsatilishi lozim (namunasi 1-ilovada keltirilgan).
Mundarijada kurs ishi tuzilishi va tarkibiy mazmuni, matndagi sahifalari ko’rsatilgan holda tuziladi. (namunasi 2-ilovada keltirilgan).
Kirish - kurs ishining 2-3 sahifasini tashkil etib, unda mavzuni asoslash va uning dolzarbligi, bajarilayotgan kurs ishining maqsadi, vazifalari, uslublari, yondashuvlari bayon etiladi.
Asosiy qism – bu ikki bo’limdan iborat bo’ladi, ya‘ni:
1. Nazariy bo‘lim: 15-20 ta sahifani tashkil etib, unda rahbar bilan kelishilgan holda mavzuni yoritishga oid tuzilgan reja asosidagi nazariy-uslubiy savollarga javoblar va sharhlar keltirilib, mavzuning mazmun-mohiyati keng yoritiladi.
2. Amaliy bo‘limi: 15-20 ta sahifani tashkil etib, birinchidan, unda tanlangan mavzuning amaliy jihatlari bayon etiladi, ikkinchidan esa mavzuga oid tanlangan muammoli vaziyat yoki loyihaviy ishlanma, shuningdek talaba tomonidan bajarilgan o’quv-amaliy ishlanmalar (prezentatsiya slaydlari, testlar, muammoli krossvord, savol-javoblar yoki b.) keltiriladi.
Xulosa – bu 1-2 sahifa hajmida yozilib, unda barcha yakuniy natijalar, umumiy xulosalar umumlashtirilib, qisqacha tarzda bayon etiladi. (namunasi 3-ilovada keltirilgan).
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati kurs ishini tugatgandan keyin tuziladi. Kurs ishini bajarishda foydalanilgan va uning mavzusiga bevosita taaluqli bo’lgan adabiyotlar va manbalar ro’yxati quyidagi tartibda joylashtiriladi: (namunasi 4-ilovada keltirilgan).
1) O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, O’zbekiston Respublikasi qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Prezident asarlari;
2) Darsliklar, o’quv qo’llanmalar, broshyuralar va boshqa adabiyotlar manbai bibliografik tartib-qoida bo’yicha alfavit tartibida keltiriladi;
3) Internet-saytlari.
Ro’yxatda keltiriladigan manbalar quyidagi manbalarga ega bo’lishi shart: muallif(lar) familiyasi, va ismi-sharifi, adabiyotning nomlanishi, nashr joyi, nashriyot nomi va nashr yili, sahifa soni.
Foydalanilgan adabiyotlardan ko’chirmalar keltirishda ularni qo’shtirnoq ichiga olish va tuzilgan adabiyotlar ro’yxatidagi bibliografik raqamni va sahifalarni ko’rsatish tavsiya etiladi.
Ilovalarda kurs ishida foydalanilgan qo’shimcha materiallar va ma‘lumotlar keltirilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |