Kurs ishi Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti O’zbek tilshunosligi kafedrasida bajarilgan


Tadqiqot ishining ilmiy va amaliy ahamiyati



Download 71,01 Kb.
bet3/13
Sana09.07.2022
Hajmi71,01 Kb.
#766327
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Mirzayeva Gulnozaning O\'zbek tilini o\'qitish metodikasidan kurs

Tadqiqot ishining ilmiy va amaliy ahamiyati. Ushbu kurs ishini bajarish natijasida insho yozish bilan bog’liq kichik yoshdagi o’quvchilarni ona tilini puxta o’zlashtirishga tayyorlashning ajralmas qismi, ta’lim jarayonida ularni ahloqiy-estetik tarbiyalashning muhum vositasi sifatida qaraladi. Tabiat mavzusiga bag’ishlangan janrlarning xilma-xil namunalari bilan tanishtirish, ularda kitobxonlik madaniyatini tiklashga oid mashg‘ulot ishlanmalarini, uning maqsadi, mazmuni, tipi, qurilishiga oid yangi tushunchalari bilan
boyitishning didaktik asoslari ko‘rib chiqildi hamda ilmiy-metodik tavsiyalar bilan boyitish nazarda tutildi.
Tadqiqot natijasida aniqlangan ilmiy yondashuvlar, ishlab chiqilgan
tavsiyalardan nutq madaniyatini shakllantirishga oid mashg’ulotlarini boyitish, kichik maktab yoshidagi o’quvchilarida olib boriladigan turli o’quv predmetlarini takomillashtirish hamda ularning bilimini, malakasini oshirishda keng foydalaniladi.
Kurs ishining tarkibiy tuzilishi. Ushbu kurs ishi kirish, ikki bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.


I.BOB. Insho yozish malakasi va uni shakllantirish usullari
1.1.Insho turlari va uni tashkil etish

O’quvchilarni insho yozishga o’rgatish davomida insho nazariyasi haqida, yozma nutqning qonun-qoidalari haqida ma’lumot berib borish zarur. Og’zaki nutq bilan yozma nutq o’rtasidagi farq haqida har bir o’quvchi tasavvur hosil qilishi kerak. Og’zaki nutqda so’zlovchi o’z mulohazalarini aytish davomida qo’l harakatlari bilan fikrining osonroq tushunilishiga erishadi. U nutqning mazmuniga ko’ra ohang tanlay olish imkoniga ega. So’zlash davomida intonatsiyani o’zgartirishi, ayrim noto’g’ri o’rinlarni yo’l-yo’lakay tuzatib borishi mumkin. Ammo yozma nutqda bayon etilayotgan fikr orfografik, punktuatsion, uslubiy qoidalarga to’la amal qilingan holda yozilmog’i lozim. Yozilgan fikrda noaniq jumlalar, imlo xatolariga yo’l qo’yilgan so’zlar bo’lmasligi lozim. O’qituvchi o’z suhbatida noo’rin qo’yilgan yoki zarur o’rinda qo’yilmagan vergul gapning mazmunini tamoman o’zgartirib yuborishi mumkinligini tushuntiradi. “Avvallari xalqqa zulm qilgan, qullar mehnati evaziga boylik orttirgan quldorlar endilikda Hasan va Fotimalarning taqdiriga ham chang solmoqchi bo’ladilar” tarzida tuzilgan gapda vergulning tushib qolishi jumlaning ma’nosini buzib yuboradi, natijada ‘qullar xalqqa zulm qilgan’ degan fikr kelib chiqadi. Bunday misollarni ko’plab keltirish mumkin. O’qituvchi o’quvchilarga yozma ishlarni yozishda muallifning mas’uliyati haqida ham tushuncha beradi. Ko’pincha o’quvchilar imlo qoidalariga mutlaqo e’tibor qilmagan holda faqat tavsiya etilgan insholarning mavzuini yoritish yuzasidan o’z mulohazalarini bayon etishga kirishib ketadilar. Ular bir so’zni bir necha ko’rinishda ham yozaveradilar. Masalan, ‘Hamid Olimjon’ni bir safar ‘Hamid Olimjon’, ikkinchi safar ‘Xomid Olimjon’, keyinchalik esa ‘Homid Olimjon’ tarzida yozadilar. Inshodagi xatolar ustida ishlash mashg’ulotida o’quvchining taniqli yozuvchilarning ism-familiyalarini to’g’ri yoza olish-olmasliklari ma’lum bo’ladi. Aynan shu holat G’afur G’ulom (G’ofir G’ulom), Muqimiy (Muqumiy), Abdulla Qahhor (Abdulla Qohhor) kabi shoir va yozuvchilarning ism-familiyalarini yozishda ham ko’zga tashlanadi.


O’qituvchi imlosini bilgan so’zda xatoga yo’l qo’yish o’z taqdiriga befarq qarash bilan teng ekanligini alohida uqtirmog’i lozim.
Tajriba shuni ko’rsatadiki, o’quvchi mas’uliyatni his qilib ishga kirishgandan boshlab yozma ishlardagi imlo xatolari xiyla kamaya boradi.
Insho nazariyasi haqida ma’lumot berganda ‘insho’ so’zining ma’nosini sharhlash yaxshi natija beradi. Xususan, o’zbek tilining izohli lug’atlarida ‘insho’ so’zi, birinchidan, pay do qilish, yuzaga keltirish; ikkinchidan, ijod, sochma asar; uchinchidan, yozuv, xat, vujudga keltirmoq, yozmoq, bitmoq3 ma’nolarini bildirishi aytiladi. Insho yozish ma’lum mavzu yuzasidan mustaqil fikrni yozma tarzda ifodalash ekani tushuntiriladi. Bunday sharhning muhim ahamiyati shundaki, o’quvchi insho yozish ijod qilish ekanligini anglab oladi. Ishning dastlabki bosqichidanoq insho birovning fikrini, darslikdagi ma’lumotni ko’chirish emas, balki mavzu haqida mustaqil fikr yuritish mahsuli ekanligiga “urg’u” beriladi. Sinf saviyasiga qarab ‘insho’ so’zining avvalgi ma’nosi hozirgi kunda toraygani qayd etiladi. Avvallari biron shaxs tomonidan yozilgan har bir mavzu insho deb tushunilgan. Maktublar, ilmiy asarlar, shaxsiy arxivda saqlanuvchi kundaliklar ‘insho’ atamasi bilan yuritilgan. Hozirda esa, asosan, o’zbek tili va adabiyoti fani yuzasidan ma’lum mavzuga bag’ishlangan yozma ishlar mazkur atama bilan yuritiladi. Demak, ‘insho’ atamaning ma’nosi hozirgi vaqtda toraygan. Bunday ma’lumotlarni o’qituvchi lozim topsagina o’z o’quvchilariga aytishi mumkin.
Insho nazariyasida yoziladigan mavzularni mazmun jihatdan turlarga ajratish ham muhim ahamiyatga ega, o’zbek tili va adabiyoti bo’yicha yoziladigan insholar uch turga bo’linadi:
1. Adabiy mavzudagi insholar.
2. Adabiy-ijodiy mavzudagi insholar.
3. Ijodiy yoki erkin mavzudagi insholar.
1. Adabiy mavzudagi insholarga o’qituvchi tomonidan dars mashg’ulotlarida tushuntirilgan va adabiyot darsligida qayd qilingan mavzular kiradi. “Abdulla Qodiriy – tarixiy romanlar ustasi ”, “ Erkin Vohidov – lirik shoir ” kabi mavzular adabiy mavzudagi insholarga misol bo’ladi.
2. Adabiy-ijodiy mavzulardagi insholarni yozishda esa, bir tomondan, darsda alohida mavzu sifatida- olingan ma’lumotlar, ikkinchi tomondan, sinfdan tash-qari o’quvchi o’zlashtirgan materiallar haqida fikr yuritish talab qilinadi. Birinchi turdagi insholarni yozishda o’quvchining mustaqil fikrlashi nisbatan chega-ralangan bo’ladi. Ammo bu mulohaza ularda mustaqil fikrlash talab qilinmas ekan, degan xulosaga olib kelmasligi lozim. Ikkinchi turdagi insholarda o’quvchining mustaqilligi yorqinroq seziladi. Chunki ularni yozishda o’quvchining mavzuga munosabati yetakchi ahamiyat kasb etadi.
‘Muhammad Yusuf she’rlarini sevib o’qiyman’, ‘Samandar — men sevgan qahramon’ (“Sabo va Samandar) kabilar adabiy-ijodiy mavzularni tashkil etadi.
3. Ijodiy (erkin) insholar bevosita adabiyot fani dasturida qayd etilmagan mavzularda yoziladi. Badiiy adabiyotning muxlisi sifatida o’qilgan asarlari haqida, vatan, do’stlik, sport to’g’risida, kasb-hunar tanlash mavzuida yoziladigan insholar shular jumlasiga kiradi.
Ish jarayonida o’quvchilarga har uchala turdagi insholarni yozish yo’llarini o’rgatishimiz zarur. Ammo asosiy e’tibor adabiy mavzularga qaratilishi maqsadga muvofiqdir. Chunki, odatda, adabiy mavzulardagi insholarning yozilishini yaxshi o’zlashtirgan o’quvchi adabiy-ijodiy, ijodiy insholarni yozishda u qadar qiyin-chilik sezmaydi. Bitiruv ishimizning keyingi bobida har bir turdagi inshoni yozish yo’llari haqida alohida to’xtab o’tamiz.
O’quvchilar insho yozish malakasini hosil qilishlari davomida mavzu, reja, epigraf, tezis, dalil, xatboshi kabi atamalarning ma’nosini ham o’zlashtirib olishlari kerak.
Inshoning tarbiyaviy ahamiyati tanlanadigan mavzuga, shuningdek, insho ustida o’quvchilar qanchalik mustaqil ishlashi va qiziqishiga, insho g’oyasiga ham bog’liq.
Insho bolalarni voqea-hodisalarni chuqur his etishga yordam beradi, izchil fikrlashga o’rgatadi, tilga va adabiy ijodga qiziqishlarini o’stiradi. Bolalar eng qiziqarli va o’zlariga yaqin voqea-hodisalar haqida hikoya qiladilar va yozadilar, ularning inshosi mustaqil ishlash malakasini o’stiradi, ommaviy faollikni oshiradi. Tanlangan mavzuning g’oyaviy yo’nalishini ochish tarbiyaviy vazifani hal qilishga imkon beradi. Bu jihatdan mehnat, mehnat qahramonlari haqidagi, bolalarning hayoti, maktab, tug’ilib o’sgan qishlog’i yoki shahri haqidagi, urush qahramonlari haqidagi mavzular ayniqsa qulay. Bu mavzulardagi insholar mehnat kishilariga, qahramonlarga chuqur hurmatni tarbiyalaydi. Insho jamiyat hayotini tushunishga o’rgatadi. Tabiatga, kishilarga, ularning yaxshilikka intilishlari va harakatlariga, mehnatga va mehnat mahsuliga muhabbatni tarbiyalaydi, kishilar xatti-harakatidagi chiroyli jihatlarni egallashga, hozirgi zamon axloqiy talablarini anglashda bolalarga yordam beradi. Inshoning tarbiyaviy ahamiyatini oshirish uchun quyidagilarga rioya qilish talab etiladi:
1. Osondan qiyinga tamoyiliga rioya qilgan holda og’zaki va yozma inshoni muntazam o’tkazib borish bilan o’quvchilarda mustaqillikni tarbiyalash. Mustaqil insho o’quvchilar faolligini o’stiradi.
2. Inshoni hayot bilan bog’lash. Bunda kuzatishlar asosidagi insho, kundalik yuritish, qilingan ishlar yuzasidan «hisobot» tarzidagi insho, xat, maqola, o’qilgan kitob haqida taqriz kabilarning tarbiyaviy ahamiyati juda katta.
3. Insho uchun maktab va o’qituvchining tarbiyaviy vazifalariga mos bo’lgan mavzu tanlash. Bunday mavzularga mehnat haqidagi, kishilarning maqtovga loyiq ishlari haqidagi, axloqiy muammolar, Vatan haqidagi mavzular kiradi. Mavzuni o’qituvchi maktab sharoiti va o’z sinfi o’quvchilarining xususiyatlarini hisobga olgan holda tanlaydi.
4. Insho ustida ishlashda ishning emotsionallik darajasini- ta’sirini oshirish. Tabiatni obrazli, emotsional tasvirlash, qahramonlikni yoki foydali harakatni qiziqarli, ta’sirchan qilib tasvirlash.
Vatan so’zida kishining bolalikda o’sib-ulg’aygan joyi tasviri ko’z oldiga keladi. Ishlab chiqarishga ekskursiya materiali asosida mehnat haqidagi insho yangi tarbiyaviy imkoniyatlarni ochib beradi: unda bolalar ishlab chiqarishdagi muvaffaqiyat va qiyinchiliklar, ilg’or kishilar haqidagi, kasb va mutaxassislik haqidagi, texnika haqidagi ma’lumotlardan foydalanadilar. Ishlab chiqarishga ekskursiya va mehnatni tasvirlash bilan bog’liq holda kasb haqida suhbatlashishga to’g’ri keladi va bu inshoda o’z aksini topadi. Mehnat haqidagi insho gazetaga maqola shaklida yozilishi mumkin. Mehnat yoki ishlab chiqarish haqidagi insho mavzulariga «Bizning qishloq», «Karam uzish», «Bog’da», «Bizning jamoa xo’jaligimiz», «Pochtada», «Do’konda», «Paxtakorlarga yordamimiz», «Bizning hashar», «Maktab yer uchastkasida», «Daraxt o’tqazish» kabilar kiradi. «Men nimalarni bilaman» mavzusidagi tanlovga bolalar juda qiziqadilar. Tanlov bolalarning mehnat ko’nikmalarini aniqlabgina qolmay, ularni uyda, polizda, bog’da ishlashga rag’batlantiradi. Maqsad kishilarga foyda keltiruvchi mehnatga hurmatni tarbiyalashdir. Qishloq maktab o’quvchilari ota-onalariga sabzavotlar ekish, hosilni yig’ish, o’tin tayyorlash kabi ishlarda qanday yordamlashganliklari haqida yozadilar. Sinfda mehnat haqidagi insho muhokama qilinadi. Bolalar foydali, zaruriy ijtimoiy faoliyat sifatida mehnatning mohiyatini tushuntiradilar. Ular har qanday mehnat e’zozlanishini aytadilar.
Kelajak haqida «Kim bo’lishni xohlayman?» mavzusida tayyorgarliksiz hikoya qilish tarzidagi insho ham katta tarbiyaviy kuchga ega. Juda yaxshi yozilgan inshoni sinfda ifodali o’qib berish va tahlil qilish bolalarni tarbiyalaydi. Ba’zi maktablarda bolalar inshosi va hatto bolalar she’rlari to’plami tuziladi, yaxshi yozilgan hikoya uchun tanlov e’lon qilinadi


Download 71,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish