ILMIY-TEXNIK TARAQQIYOT VA TA’LIM JARAYONINI TEXNOLOGIYALASHTIRISH VAZIFALARI
Ta’lim jarayonini, unga mukammallik, aniqlik, yo‘lga solinganlik, tartiblik, ravonlik, vazminlik alomatlarini berish orqali samaradorligini oshirish va optimallashtirish yo‘llarini izlash pedagogika sohasida doimo olib borilgan. Yan Amos Kamenskiy o‘quv jarayonida “vaqt, predmetlar va usullar”ni shunday ustalik bilan taqsimlagan va uning ideal variantini izlab topishga harakat qilgan. Shunda, Kamenskiyning fikricha, “hamma narsa, to‘g‘ri vazminlikdagi toshlari bo‘lgan soat kabi, hamda bunday turdagi avtomatni ko‘rish kabi yoqimli va quvonchli va oxir- oqibatda, bunchalik mohirlik bilan yaratilgan instrumentda erishish mumkin bo‘lgan to‘g‘rilik bilan ilgariga qarab yuradi”.
Zamonaviy pedagogikada ham, ta’limni shunday modellari, unga nisbatan shunday yondashuvlar ishlanmoqdaki, ular ta’limga, ishlab chiqarish-texnologik jarayon, ma’lum sharoitlarda va belgilangan vaqt ichida ko‘zlangan ta’lim maqsadlariga erishishni kafolatlaydigan xarakterni berish imkoniyatini yaratadi.
O‘qitishtexnologiya oqimi AQSH da dunyoga kelgan bo‘lib, XX asrning 70- 80 yillarida deyarli barcha rivojlangan mamlakatlarni qamrab oldi va YUNESKO tomonidan ma’qullandi. Ta’limni texnologiyalashtirishning asosini, ta’lim jarayonini, uning samaradorligini oshirish va ta’lim oluvchilarni, berilgan sharoitlarda va ajratilgan vaqt ichida loyihalashtirilayotgan o‘quv natijalarga erishishlarini kafolatlash maqsadida to‘liq boshqarish g‘oyasi tashkil etadi. Bunday yondoshishning mohiyati, ta’lim jarayonini tizimlashtirishdan - uni, aniq rasmiylashtirilgan va detallari bo‘yicha aniq elementlarga bo‘lib tashlash yordamida maksimal shakllashtirishdan iborat. Ta’lim texnologiyalarning predmeti
ta’lim tizimini konseptual asoslariga dalil keltirishdan, maqsadlarni qo‘yishdan, natijalarni shakllantirishdan, o‘quv materialini tanlash va strukturalashtirishdan, ta’lim modelini tanlashdan, to ularni amalga oshirishgacha, ularning optimallik va samaradorlik darajasini baholashgacha loyihalashtirishdan tarkib topgan.
Bizning ta’lim nazariyasi va amaliyotida, o‘quv jarayoniga texnologik xarakterni kiritish 50 – yillardan boshlangan. Ular, an’anaviy o‘qitish uchun texnik vositalar majmuasini yaratishda o‘z ifodasini topgan. Hozirgi vaqtda,
o‘qitishtexnologiyaga oddiygina «o‘qitishning texnik vositalaridan yoki kompyuterlardan foydalanish sohasidagi tadqiqotlar sifatida qaralmaydi: bu, o‘qitish samaradorligini oshiruvchi omillarni tahlil qilish va qo‘llash yo‘li bilan hamda qo‘llanilayotgan usullarni baholash vositasida ta’lim jarayonining tamoyillarini aniqlash va optimallashtirish usullarini ishlab chiqish maqsadida tadqiqotlardir». (Mejdunarodno‘y yejegodnik po texnologii obrazovaniya i obucheniya, 1978-79, London, Nyu-York, 1978. S. 258. (ingliz tilida ) – sit(16).
V.P.Bespalko bo‘yicha, barcha ta’lim va tarbiya ishlarini o‘qitishtexnologiya yo‘liga o‘tkazish – o‘quv amaliyotini, o‘qitishjarayonni qurish va amalga oshirishda ixtiyoriylikdan, uning har bir elementini va bosqichini tartibli asoslashga, obektiv tashhis qilinadigan yakuniy natijaga intilishiga keskin ravishda burilishini ifodalaydi. О‘qitish texnologiyalari quyidagilardan iborat:
Kreativlik; Loyihalash; Muammoli; Informatson va telekommunikatsion;
Avtomatlashtirilgan; Programmalashtirilgan.
О‘qitishning kreativ texnologiyasi. Ta’lim oluvchi ijodiy fikrlashini uzluksiz shakllantirib boruvchi va qobiliyatini rivojlantiruvchi texnologiyadir. Uning maqsadi insonda ijodkorlikni uyg‘otish va uning о‘zida mavjud bо‘lgan ijodiy imkoniyatni rivojlantirishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |