Курс иши Рохила


Ta`limda texnologik yondashish variantlari



Download 54,18 Kb.
bet8/16
Sana31.12.2021
Hajmi54,18 Kb.
#226161
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
Bog'liq
Maftuna

Ta`limda texnologik yondashish variantlari. O‘qitishga texnologik yondashish, ya’ni o‘quv jarayonini ham ishlab chiqarish jarayoni kabi takrorlanuvchan xarakterga ega bo‘lishini ta’minlashga oid dastlabki izlanishlar o‘tgan asrning 50-yillarida amerikalik pedagog olimlar tomonidan olib borilgan. Xususan, «o‘qitish texnologiyasi» iborasi ham birinchi marta amerikalik olim B.Skinner tomonidan ishlatilgan. U - «o‘qitish texnologiyasi-psixologiya fani yutuqlarining o‘qitishamaliyotda qo‘llanishidan iborat», deb ta’riflagan. Bunga asosan shuni ta’kidlash lozimki, hozirgi kunda «o‘qitishtexnologiya»

tushunchasiga «yangi», «ilg‘or» va «progressiv» kabi so‘zlarni qo‘shib aytilishi ham nisbiy mazmunga ega. Xususan, O‘zbekistonda o‘qitishga texnologik yondashishni ommalashmaganligining sababi, bu usulni «test» va «bixeviorizm» tushunchalari bilan bog‘liqligi, sobiq ittifoq miqyosida ulardan o‘qitishamaliyotda foydalanishni uzoq vaqt ma’n qilinganligidir.

Lekin, haqqoniylik nuqtai nazardan shuni ta’kidlash lozimki, buyuk pedagog A.S.Makarenko o‘tgan asrning 30-yillarida bunday degan edi: «Bizning o‘qitishishlab chiqarishimiz hech qachon texnologik mantiq asosida qurilmagan, balki u ahloqiy vazxonlikka asoslangan. Aynan shuning uchun ham: texnologik jarayon, mehnat operatsiyalarini hisobga olish,... yordamchi uskunalar, meyorlash, qo‘yimlar, yaroqsiz mahsulotlar bo‘limi kabi, ishlab chiqarishga xos bo‘lgan muhim bo‘g‘inlar unda o‘zidan-o‘zi ishtiroksiz qolmoqda». Hozirga kunda jahon pedagogikasida «o‘qitishtexnologiya» tushunchasiga 12 xil tarif berilganligi ma’lum.

Masalan: «Ta’lim texnologiyasi ilmiy va boshqa bilimlarning amaliy masalalarni hal etishda tizimli ravishda qo‘llashdan iborat» (Golbrayt).

«O‘qitish texnologiya ta’limini tizimlashtirish yoki sinfda o‘qitishni tizimlashtirish g‘oyalarini pedagogikaga tadbiq etishdan iborat» (T.Sakomoto).

«O‘qitish maqsadlarga erishishda foydalaniladigan barcha shaxs, amaliy va uslubiy vositalarning tizimlashgan majmui va ularni faoliyat ko‘rsatish tartibi» (Klarin M.V).

Yuqoridagi ta’riflarda o‘qitishtexnologiyaning tub mohiyati o‘quv jarayoniga tizimiy yondashishdan iborat ekanligi yaqqol ko‘zga tashlanadi.

Xalqaro YUNESKO tashkiloti tomonidan o‘qitishtexnologiya tushunchasiga quyidagicha ta’rif berilgan:

«O‘qitish texnologiya-ta’lim shakllarini maqbullashtirish uchun inson va texnik resurslarni hamda ularning o‘zaro ta’sirini e’tiborga olgan holda, o‘qitish va bilimlarni o‘zlashtirish jarayonini yaratish, qo‘llash va aniqlashning tizimiy uslubidir».

Rossiya psixologi N.F.Talizina ta’kidlaganidek, ta’lim tizimida o‘qitishtexnologiya iborasini paydo bo‘lishiga quyidagilar sabab bo‘lgan:



  1. didaktika qoidalarini barcha mamlakatlarda, xususan AQShda keng tarzda ommalashmagani;

  2. uning qoidalari o‘ta konstruktiv xarakterga ega bo‘lmay, zamon talabidan orqada qolib ketganligi;

  3. asrimizning 60-yillarida ta’lim tizimiga texnikani-o‘rgatuvchi mashinalarni kirib kelganligidir.

Tegishli adabiyotlarni tahlil qilish «o‘qitishtexnologiya» tushunchasi o‘zining rivojlanish tarixiga ega ekanligini ko‘rsatdi. Xorijiy mutaxassislar bu tushunchaning rivojlanishini uch bosqichga bo‘lib o‘rganish lozim deb hisoblaydilar. Birinchi bosqichda, o‘qitish jarayonini faqat o‘qituvchining o‘zi olib borar edi. N.F.Talizina ta’kidlaganidek, «Inson tajribasi o‘qitish texnologiyasi funksiyasini bajargan». Ikkinchi bosqichda esa, darslik va qo‘llanmalar chop etila boshlagandan so‘ng - o‘qitish texnologiyasi mazmunida tub o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. O‘qituvchiga yordam beruvchi turli didaktik materiallar vujudga kela boshladi. Uchinchi bosqichda esa, o‘qitish texnologiyasi mazmun jihatdan yanada boyidi; o‘qituvchi va talabalar uchun yuqoridagilar qatoriga texnik vositalar, ya’ni o‘rgatuvchi mashinalar ham qo‘shildi.

O‘rgatuvchi mashinalarni o‘quv jarayonida qo‘llanishi natijasida dasturlangan ta’lim tushunchasi vujudga keldi. U o‘qitish texnologiyaning dastlabki o‘xshatmasi edi. Lekin, dasturlangan o‘qitish tarafdorlarining

«o‘qitishini og‘zaki bayon qilish uslubidan voz kechish vaqti keldi, mashina o‘qituvchi shaxsini bemalol almashtirishi mumkin», deb ehtiyotsizlik bilan aytgan fikrlari amaliyotchi pedagoglarni o‘ta hayratga soldi, nazariyotchi pedagoglar esa uni qat’iy e’tiroz bilan qabul qildilar. Bu o‘rinda, dasturlangan ta’lim haqida amerikalik pedagog U. Shrammning quyidagi fikrini misol

tariqasida keltirish mumkin: -Dasturlangan o‘qitish - bu avtomatik repetitor bo‘lib, u talabani:



  1. mantiqiy o‘zaro bog‘liq, qisqa qadamlar orqali;

  2. deyarli xato qildirmasdan;

  3. to‘g‘ri javob berishga yo‘llaydi va u;

  4. o‘z o‘rnida baholanib mustahkamlanishi natijasida;

  5. o‘qitish maqsadlarini belgilovchi aniq javoblarga ketma-ket ravishda yaqinlashtirib boradi.

Demak, bundan ta’lim jarayonida o‘qituvchi shaxsini batamom inkor etiladi, degan xulosaga kelish mumkin. Shuning uchun ham, dasturlangan ta’lim o‘sha davrda o‘qitishni aniq maqsadlarini belgilashning zamonaviy shakli bo‘lishiga qaramay, fanda va o‘qitishamaliyotda o‘z rivojini topmadi. Lekin, o‘sha yillar jahon pedagogikasida texnik vositalarni rivojlantirish va ularning xonadagi barcha talabalarni qamrab olishi, axborot sig‘imi va axborot o‘tkazish qobiliyatlarini oshirish, o‘quv axboroti uzatish kanalini individuallashtirish kabi ta’lim berish imkoniyatlaridan unumli foydalanishni takomillashtirishga oid muammolarga alohida e’tibor berila boshlandi. Ko‘pchilik mutaxassis olimlar o‘quv jarayonida keng qo‘llanilayotgan odatdagi ommaviy axborot vositalari (televideniye, radio) o‘rniga EHM, axborot saqlashning kompyuterlash-tirilgan tizimi, lazerli aloqa kanali, mikroelektron qurilmalar va boshqa yangi axborot vositalaridan foydalanishga o‘tish zarurligini ta’kidladilar.

O‘tgan asrning 50-yillar o‘rtasida jaxon pedagogikasida o‘quv jarayonini to‘la-to‘kis yangi, o‘ziga xos «texnologik» usulda tashkil etishga yondashish vujudga kelgan edi. 60-yillarda esa, o‘qitish uslublarining o‘ta turli-tumanligi ulardan o‘quv jarayonining tashkil etishda foydalanishni qiyinlashtirayotganligi etirof etila boshlandi. Shuning uchun ham, barcha uslublar uchun umumiy bo‘lgan ilmiy asos yaratish zarurati tug‘ildi. Natijada, o‘qitishuslublar texnologiyasi yoki o‘quv jarayonining tashkil etish texnologiyasi, ya’ni «ta’lim texnologiyasi» (an Yedikational technologu) tushunchasi vujudga keldi.

AQShda 1961 yildan «O‘qitishtexnologiya» jurnali chiqarila boshlandi. Shuningdek, Angliyada «O‘qitishtexnologiya va o‘quv jarayoni» (1964 yildan), Yaponiyada «O‘qitishtexnologiya» (1965 yildan), Italiyada ham shunga o‘xshash jurnal (1971 yildan) chiqa boshlagan. YUNESKO 1971 yildan boshlab ta’lim bo‘yicha xalqaro byuroning «O‘qitish texnologiyalar» byulletenini chiqarib kelmoqda. Rossiya Federatsiyasida esa 1997 yildan boshlab «Maktab texnologiyalari» jurnali ta’sis etildi.

Shuni ta’kidlash lozimki, «pedagogik texnologiya»ni «o‘qitish texnologiya» tushunchasi bilan ayniylashtirmaslik zarur. Chunki, o‘qitishtexnologiyada o‘quv jarayonining aniqlashtirilgan o‘quv maqsadlarini belgilashdan boshlab, to yakuniy o‘quv natijalarga erishilganlikni nazorat qilishgacha bo‘lgan jarayonni loyihalanadi. E.Frene «uslub» tushunchasi konstruktiv xarakterga ega bo‘lmaganligi uchun, uning o‘rniga «texnologiya» tushunchasini taklif etgan. Demak, o‘qitish texnologiyalari (muammoli o‘qitish, rivojlantiruvchi ta’lim, modulli o‘qitish, didaktik o‘yinlardan foydalanish va h.k.) o‘qitish texnologiya bo‘yicha loyihalangan o‘quv jarayonini amalga oshirishning turli didaktik konstruksiyalari sifatida namoyon bo‘ladi.

O‘qitish texnologiyaning tub mohiyati, o‘qitishning an’anaviy og‘zaki bayon qilish usulidan voz kechib, talabalarni ko‘proq mustaqil ta’lim olishga undashdan iborat. Bunda o‘qituvchi talabalar bilish faoliyatining boshqaruvchisi, maslahatchi, yakuniy natijaga yo‘llovchi shaxs vazifasini bajaradi. O‘qitish jarayoniga texnologik yondashish (o‘qitish texnologiya) ning o‘ziga xos xususiyatlari


    1. Download 54,18 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish