Texnologik yondashuv. Texnologiya yunoncha so‘z bo‘lib, texne- mahorat, san’at, logos-tushuncha, ta’limot ma’nolarini anglatadi. Texnologiya tushunchasi - tayyor maxsulot olish uchun ishlab chiqarish jarayonlarida qo‘llaniladigan usul va metodlar majmui; shunday usul va metodlarini ishlab chiquvchi va takomillantiruvchi fan sifatida ta’riflanadi. Ishlab chiqarish jarayonlarining tarkibiy qismi bo‘lgan amallar - materiallarni qazib olish, tashish, taxlash, saqlash va boshqalar xam texnologiya deyiladi. Texnologiya ishlab chiqarish jarayonlarini tasvirlash, ularni bajarish bo‘yicha qo‘llanmalar, texnik qoidalar va talablar, grafiklar xam kiradi. Sanoat ishlab chiqarishi soxasida yuzlab texnologik loyxalar (jarayonlar) yaratilgan. Ular, agar texnik xujjat talablariga amal qilinsa, ishni kim va qayerda bajargandan qat’iy nazar, maxsulot sifati va natijasi kafolatlanadi.
Ta’lim ishiga texnologik yondashuv:
o‘qish - o‘qitish jarayonini o‘zaro o‘zviy bog‘lik etaplar, fazalar, amallarga ajratish, bulishni;
ta’limdan muljallangan natijaga erishish uchun bajariladigan xarakatlarni muvofiklashtirish, ketma-ket, boskichma-boskich amalga oshirishni;
loyxalashtirilgan ishlar, amallarning barchasini birdek bajarishni nazarda tutadi.
Bu yondashuv asosan, repraduktiv ta’limga xosdir. Repraduktiv ta’lim tipik vaziyatlarda biror ish-xarakatni oldin bilib olingan qoidalar asosida bajarishdir.
Reproduktiv darajasi uchun o‘qitishtexnologiya usulida ta’lim - takror ishlab chiqiladigan konveyerli jarayon sifatida tashkil etiladi, undan kutiladigan natija xam mufassal tasvirlanib, aniq qayd etiladi. O‘quv materiali aniq ifodalangan o‘quv maqsadiga mos qayta tuzib, ishlab chiqiladi, ayrim bo‘lak (qism, modul) larga ajratiladi, o‘quv materialani o‘rgatishning alternativ yullari nazarda tutiladi, har bir bo‘lakni o‘rganish test yordamida nazorat etilib, xato, kamchiliklar tuzatilib, tug‘irlab boriladi. O‘quv ishi etalonda kursatilgan natijaga erishishni nazarda tutadi. Bu, bolalarni qiziqtirish, musobaqa va o‘zaro yordamlashishni inkor etmaydi. Ta’lim repraduktiv xarakterda olib borilgani uchun xam bu usul bilim, kunikma va malakalarning zarur minumini egallashda ko‘prok samara bredi. Texnologik yondashuvni qo‘llash qo‘yilgan o‘quv maqsadlariga erishishni kafolatlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |