AHAMIYATI
O‘qitish texnologiyaning samaradorligi shundan iboratki, unda turli o‘qituvchilar muayyan fan (mutaxassislik bo‘yicha) bir xil (deyarli bir xil) yakuniy natijaga erishish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bu esa barcha o‘quv yurtlariga yagona Davlat ta’lim standarti talablariga javob beradigan mutaxassislar tayyorlash vazifasi yuklatilgan hozirgi davrda biz, O‘zbekistonlik pedagoglar uchun nihoyatda muhimdir. Barcha o‘qituvchilar qanday qilib deyarli bir xil natijaga erishishlari mumkinligini, ya’ni o‘quv jarayonini takrorlanuvchanligini ta’minlashni tushunish uchun muloqotni davom ettiramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |