Kurs ishi mavzu:“Prosopografiya yardamchi tarix fani” Kurs ishi himoyasiga ruxsat berildi


Arab tarixchilarining Markaziy Osiyo prosopografiyasini yoritishdagi o’rni va ahamiyati



Download 61,54 Kb.
bet7/9
Sana12.06.2022
Hajmi61,54 Kb.
#657234
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Kurs ishi mavzu “Prosopografiya yardamchi tarix fani” Kurs ishi

2.2. Arab tarixchilarining Markaziy Osiyo prosopografiyasini yoritishdagi o’rni va ahamiyati
Markaziy Osiyo mintaqasi juda ko’plab buyuk tarixiy shaxslarni, olim-u fuzolalarni, siyosiy arboblarni yetishtirib chiqargan. Bizning buyuk ajdodlarimizning tarixi, shaxsiy sifatlari har doim dunyo tarixchilarini qiziqtirib kelgan.Bu buyuk shaxslar to’g’risida ko’plab tarixchi olimlar yirik asarlarni yaratishgan. Biz bunga juda ko’plab misollarni keltirishimiz mumkin.
Amir Temur va uning ulug’ avlodlari to’g’risida ko’plab yurt tarixchilari o’rganishgan. Amir Temur va uning avlodlarining hayoti va shaxsiy sifatlari, ijtimoiy siyosiy faoliyatining muhim taraflarini ko’rsatib berishga bag’ishlangan XV asrda yashagan ko’plab arab tarixchilarining asarlari keltirilgan. Berilgan parchalarda Amir Temur va Mirzo Ulug’bekning shaxsiy hayoti haqida, ijtimoiy-siyosiy faoliyatining muhim va murakkab davrlari haqida qimmatli ma’limotlar mavjud. Parchalarda keltirilgan ma’lumotlar zamondosh olimlarning guvohligi sifatida muhimdir. Mazkur majmuaga kiritilgan parchalar O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutining bir guruh ilmiy xodimlari tarafidan arab, fors va boshqa tillardan tarjima qilindi.
Ibn Arabshoh asarlarida mamlakatimizning hazrat sohibqiron zamonidagi tarixi va madaniyati haqida, shuningdek, Amir Temurning shaxsiy sifatlari haqida o’ta qimmatli ma’lumotlar mavjud
Temur baland qadli,uzun bo’yi, tik qomatli, go’yo u qadimiy pahlovonlar avlodlaridan bo’lib, keng peshonali, katta boshli, g’oyatda kuchli va salovatli, ajoyib bo’lalik, rangi oq-u qizil yuzl, lekin dog’siz, bug’doy rang emas, qo’l oyoqlari baquvvat, yelkalari keng, barmoqlari yo’g’on paychalari semiz, qaddi qomati kamoliga yetgan, sersoqol, o’ng oyoq qo’li cho’loq va shol, ikki ko’zi bamisoli ikki sham bo’lsa-da, shodligi bilinmas, yo’g’on ovozli edi; u o’limdan qo’rqmas, yosho saksonga yetgan bo’lsa-da, iztirobsiz, vazmin, badani to’la va pishiq, xuddi zich qalin qosh misoli qattiq edi. U hazil mazah va yolg’onni yoqtirmas, o’yingayu ko’ngil xushlikka maylsiz, garchi o’ziga ozor yetadigan biror narsa bo’lsa hamki, sadoqat unga yoqar edi; “ u o’tgan ishga aziyat chekmas” va o’ziga hosil bo’ladigan yutuqdan shodlanmas edi.
Temur tamg’asining naqshi “rosti rosti” bo’lib, bu “haqgo’y bo’lsang, najot topasan” demakdir. Ko’pincha uning majlisida uyatsiz so’zlar, qon to’kish, asir olish, nahbu g’arot qilish va haramga haqorat gaplar bo’lmasdi. Temur qo’rqmas, shijoatli, botir kishilarni itoat qildiruvchan bo’lib, jasoratli kishilarni, dovyurak va martlarni yoqtirar edi. Ular yordamida daxshat;li joylar qo’lflarini ochib, odamlar sherlarini o’lja qilar, ular zarbalari bilanbaland tog’lar cho’qqilarinivayron qilardi. U bexato (nishonga uruvchi) fikrli, ajoyib farosatli, mislsiz darajada baxtli, ulug’vorligi o’ziga muvofiq, qatiy azm bilan so’zlovchi, ( boshiga ) kulfat tushganda ham haqgo’y edi.
U birovdan bir gap eshitganda dalil talab qiladigan, zimdan qarash va ko’z ishoratlarini sezadigan, idrokli kishi edi. U sinchkov bo’lib va har bir ishoratdan ogoh kishi bo’lib, yuz beradigan barcha ishni ko’rib bilib turar edi. Uning nazaridan aldovchining aldovi yashirinib qolmas va firibgarning firibi o’tmas, o’z farosati bilan haqgo’y va yolg’onchini ajratar edi. O’z ziyrakligi va tajribasi bilan chin nasihatgo’ydan soxta nasihatgo’yni idrok etar, o’z afgori bilan sal bo’lmasa “uchar yulduz”ni tog’ri yo’lga boshqarar, o’z farosati mulohazalari bilan har bir bexato sayyora o’qini o’z orqasidan ergashtirar edi. Agar u biror narsani amr qilsa yoki bir narsaga ishorat qilsa, u undan also qaytmas di yoki u biror narsaga qasdlansa, beqarorlik, yengiltaklik va sustkashlikka mansub bo’lmaslik uchun o’z qatiyati jilovini u narsadan sira burmasdi. Men dedim:
Agar u bir so’z aytsa yoki bir narsaga ishorat qilsa,uning amrini shu ish xususida uzil-kesil farmon deb bilaver. Uning laqablarini qo’shganlarida Temurni yeti iqlim sohibqironi, yer-u suvni idora qiladigan (zot), podshohlar-u sultonalar jahongiri deb atardilar.
Temur olimlarga mehribon bo’lib, sayyid-u shariflarni o’ziga yaqin tutardi. Ulomolar va fozillarga to’la-to’kis izzat ko’rsatib, ularni har qanday kimsadan batomom muqaddam qo’yardi. Ularning har birini o’z martabasiga qo’yib, o’z ikrom-u hurmatini unga izhor etardi. Ularga nisbatan o’z muruvvat bisotini yoyardiki, bu muruvvat uning haybati bilan aralashar edi. Ular bilan mazmunli baxs ham yuritar ediki, bu bahsda insof-u hishmat bo’lardi. Uning lutfi qahri ichiga qorilgan bo’lib, qo’rsligi ezguligi orasiga qo’shilgan edi.
She’r:
Qudratni jam qilgan ikki xil tam unda bo’lib,
Go’yo u xursandchilik ham, xafagarchilik ham edi.
Yana aytilgan:
Dushmanlarga nisbatan achchiq yuzli, beayov,
Do’stlari uchun asal singari shirin ( so’z) u, xushta’b edi.
Temur har qanday hunar va kasb bo’lmasin, agar unda biror fazilat va sharofat bo’lsa, shu kasb egalariga g’oyatda mehr qo’ygan edi. U tabiatan masxarabozlarni yoqtirmas, munajjimu tabiblarni o’ziga yaqin tutib, ularning gaplariga e’tibor qilar va so’zlarini tinglardi. O’z fikrini peshlash maqsadida u muttasil shatranj o’ynardi. Uning himmati kichik shatranjdan oliy bo’lib, u katta shatranj o’ynardi. Bu shatranj taxtasining eni o’n bir (xona), bo’yi o’n (xona)dan iborat edi. Unda ortiqcha ikki tuya, ikki jiraf, ikki taliya (oldingi), ikki zubaba (chivin), vazir va bulardan boshqa toshlar bo’lib, uning aniq surati keyinroq keladi. Kichik shatranj katta shatranjga nisbatan arzimas narsadir. Temur tarix kitoblari, Xudoning rahmati va salomi bo’lg’ur anbiyolar qissalarini, podshohlar siyratlari va o’tgan salaflar haqidai hikoyalarni doimo- safarda ham, hadarda ham- o’qitib,qunt bilan tinglar edi. Bularning hammasi fors tilida edi. Ushbu hikoyatlarning qayta qayta takrorlanib o’qilishi, ular nag’malarining uning qulog’iga muttasil chalinishi natijasida, Temur u hikoyatlar jilovini qo’liga olib, batomom o’zlashtirib, go’yo o’z mulki misoli qilib olgan edi. Bu darajaga borib yetgandiki, agar o’qiyotgan kishi biror xatoga yo’l qo’ysa, Temur uning xatosini tuzatib, savobga solar edi, chunonchi, ortiqcha takror har qanday kimsani faqih qilib yuboradi.
Temur tengi yo’q fe’l atvorli, chuqur mulohazali kishi bo’lib, uning tafakkur dengizining qa’ri yo’q va uning tadbiri tog’iga na tekisligu, na g’adir-budir orqali yo’l topilardi. U yerlarning barcha tomonlariga o’z ayg’oqchilarini tarqatib, qolgan mulklarida esa josuslar qo’ygan edi. Ular josuslar jumlasidan, uning amaldorlaridan biri amir Otlamish bo’lsa, yana biri faqir faqih Mas’ud Kuxjoniy – u Temur devoni ashoblarining ko’zi edi. Josuslarning bunisi Qohirada, Munziyada bo’lsa, unisi Damashqda, Shamiysoiyadagi so’fiylardan biri edi. Ulardan biri chakanafurush bo’lsa, ikkinchisi yirik savdogar badxulq polvon va buziqi dorboz, jafokor va hunarmand, munajjim va o’z tabiaticha ish qiladiganlar, gapchinoz qalandarlaru sayoq darvishlar, dengizchi mallohlaru quruqlikdagi sayyohlar, zarofatli mishkoplar, latofatli etikdo’zlar, alvasti va hiylakor Dalli misoli firibgar kampirlar, tajribasi bo’lib, ilm talabida mag’ribu mashriqni kezgan payiga tushgan maqsad yo’lida makr hiyla makonida kamoliga yetgan, o’zining nozik firibi vadahosi bilan suv bilan olov, to’g’rilik bilan egrilik o’rtasida unib o’sgan, makru hiylada Soson va Abu Zayddan ha o’tib ketgan, o’z hikmati va baxsida Ibn Sinoni ham mulzam qilgan ishlar o’zlariga teskari natija bergach, ular so’zamolliklari bilan yunonliklarni sukutga solgan, ikki muholifni bir biriga biriktirib, ikki dushmanni bir-biriga qo’shgan uddaburon kishilar edilar7.
Olimlar bilan majlis quribsuhbatlashish, ularning bahs-munozaralarida qatnashish hazrat sohibqiron Amir Temurning doimiy, sevimli mashg’ulotlaridan edi. U bilan suhbatlashib, bilim va zakovatiga qoyil qolgan tarixchi olimlaridan biri shimoliy afrikalik faylasuf va tarixchi Ibn Xaldundir.
Ibn Xaldun ham buyuk bobomiz Amir Temur haqida juda qimmatli ma’lumotlar keltirib o’tgan. Bu ma’lumotlarning nafaqat Markaziy Osiyo balki, butun dunyoda ahamiyati katta hisoblanadi.
So’ngra yetti yuz yetmishinchi, yoki saksoninchi yilllarda Movarounnahrdagi chig’atoylardan Taymur ismli amir yuzaga chiqdi. Va zalq orasida Temur nomi bilan shuhrat topdi. U ota bobolari podshoh o’tgan. Nasabi Chig’atoy bilan bog’liq bo’lgan yosh bolaga g’amhurlik qildi, o’zi esa chig’atoylar amakisining farzandi Tarag’ayning o’g’lidir. Temur ulardan bo’lgan Mahmud ismli taxt egasiga g’amhurlik qildi va uning onasiga Suyurg’utmish uylangan edi. U tatar mamlakatlarining hammasiga qo’l cho’zib, Diyorbakrgacha zabt etdi. So’ngra u Rum va Hind o’lkalariga yurish qildi, askarlari esa shahar va nohiyalarda rosa o’zboshimchaliklar qilishdi. Agar u xabarlarni sharhlaydigan bo’lsak, cho’zilib ketadi. Keyin Shomga yurish qilib, shunday ishlar qildiki, Olloh o’zi g’olibdur.
So’ngra u o’z yurtiga qaytib ketdi, xabarlarga qaraganda o’zining poytaxt shahri Samarqandga ketgan.
Bu qavmning adadi behisobdur. Agar ming-minglarcha deb taxmin qilinsa mubolag’li emas. Agar ular yerga chodir tiksalar, butun maydonni to’ldiradi. Lashkarlari keng yerda yursa, ularga fazo ham tor bo’lib qoladi. Talonchilik ….kabi xislatlar ularga o’zlari yashagan muhitdan o’tgan. Bular sahroyilarning odatlaridan ekanligi aniq va ravshan. Temur ularning eng kuchli va buyuk podshohlaridandur. Ba’zilar uni hamma narsani biluvchi desa, ba’zilar uning ahli baytga hurmatini ko’rib, rofiziy etiqotli deb o’ylashadi. Boshqa birovlar esa uni sehr qilishni o’rgangan deyishadi. Lekin bu gaplarning hammasi hech narsaga arzimaydi. Aslida u o’ta aqilli,bilimdon, farosatli, ko’p bahslashadigan, bilsa ham, bilmasa ham so’zida qattiq turadigan kishi edi. Yoshi oltmish-yetmishlar o’rtasida bo’lib, o’ng tizzasi ishlamas edi. Eshitishimcha yoshlik paytlarida nayzadan yaralangan ekan. Yaqin masofaga u o’ng oyog’ini sudrab yuradi, uzoq masofaga esa uni kishilar qo’llarida ko’tarib oladilar. Mulk Ollohnikidur va uni o’z bandalaridan xohlagan kishisiga beradi8.
Ibn Xaldun Amir Temurning o’zi bilan bo’lgan uchrashuvi va bu hodisaning qay tarzda yuz berganini batafsil bayon qiladi.
Eshitishimcha, ularning sultoni Temur meni so’ragan ekan. U uchrashmaslikning iloji bo’lmadi. Damashqdan chiqib uning oldiga bordim va majlisda hozir bo;ldim. U meni yaxshi kutib oldi va undan men Damashq ahli uchun omonlik tiladim. O’ttiz besh kun ertalabdan kechgacha uning oldida bo’dim. Keyin menga ruxsat berib, yaxshilab kuzatib qo’ydi va men Misrga qaytib keldim.
Temur men minib yurgan xachirni so’ragan edi, berdim. Aslida u xachirni sotib olishni xohlagan edi. O’rtamizdagi muomala yaxshi bo’lganligi uchun sotishni o’zimga uyat deb bildim. Shunday bo’lsa ham, Misrga ketganimdan keyin Sulton Faraj jo’natgan elchi orqali Temur uning haqqini berib yuboribdi.


Download 61,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish