O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIOLIY VA O‘RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK UNIVERSITETI
TARIX VA FALSAFA FAKULTETI
KURS ISHI
Mavzu:“Prosopografiya yardamchi tarix fani”
Kurs ishi himoyasiga ruxsat berildi:
Markaziy Osiyo xalqlari tarixi va
manbashunosligi kafedrasi mudirasi,
t.f.n., dots. Alimova R.R. __________
Bajardi:“Markaziy Osiyo xalqlari tarixi”
yo‘nalishi 2-kurs talabasi Abdurasulov
Shahzod Rustam o’g’li __________
Qabul qildi: t.f.d., prof. M.M. Is’hoqov,
I.B. Xudoynazarov_____________
Toshkent - 2020
MUNDARIJA
KIRISH………………………………………………………………………
ASOSIY QISM………………………………………………………………….
IBOB. JAHON ILM-FANI SOHASIDA PROSOPOGRAFIYA
1.1. Prosopografiya. Fanning mazmuni va mohiyati. Ish usullari ……...……………………………………………………………………………
1.2.Yevropalik olimlarning prosopografiya sohasida olib borgan ilmiy izlanishlari…......................................................................................................
II BOB. MARKAZIY OSIYO MINTAQASIDA PROSOPOGRAFIYANING RIVOJLANISHI VA TARAQQIY ETISHI
2.1. Markaziy Osiyo tarixchilarining prosopografiyasini yoritishdagi o’rni va yozgan asarlari……………………………………………………………………
2.2. Arab tarixchilarining Markaziy Osiyo prosopografiyasini yoritishdagi o’rni va ahamiyati………...................................................................................................
Xulosa…………………………………………………………………………….
Ilovalar ……………………………………………………………………………
Foydalanilgan manba va adabiyotlar ro‘yxati…………………………………
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi.O`zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Abdug`aniyevich Karimov “O‘z tarixini bilmaydigan, kechagi kunini unitgan millatning kelajagi yo‘q”1 -deb ta’kidlashi biz talabalarga kuch bag`ishlaydi. Shu jihatdan olib qaraydigan bo‘lsak ham bu mavzuning naqadar dolzarbligini bilishimiz mumkin. Shu bilan birga prosopografiya bu tarix fanining ajralmas bir bo‘lagi bo‘lib, uni o‘rganish dolzarbligi shu jihatdan ifodalanadi. Milliy mustaqilligini qo`lga kiritgan O`zbekiston yangi yo`ldan taraqqiy eta boshladi. Mustaqillikka erishganidan so’ng O’zbekiston o’tgan yillar ichida o’ta mashaqqatli va sharafli yo’lni bosib o’tdi. Buni oldindan yaxshi bilgan O`zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A. Karimov ozodlikka erishgan dastlabki kunlarimizda “O’z istiqlol va taraqqiyot yo’limiz – bu gul bilan qoplangan yo’l emas, bu totalitarizm merosidan xalos bo’lish va poklanish, mafkuraviylik illati yetkazgan ziyon-zahmatlarni bartaraf etishning qiyin, uzoq davom etadigan yo’lidir”, deb aytgan so’zlari zamirida qanchalik chuqur hayotiy ma’no borligini yana bir bor anglaymiz. Bu esa tarixni o`rganishga yanada qiziqtiradi. Mavzuning dolzarbligi shundaki, prosopografik manbalarda qanchadan qancha, hali bizga noma`lum bo`lgan muhim manbalar, ma`lumotlar bor. Shularni ochib o`rganish, tarixning yangi sahifalarini ochish, uni xalqqa berish bizning eng ustuvor vazifalarimizdan biri hisoblanadi. Shu prosopografik ma’lumotlar bilan tanishish orqali butun bir xalq tarixini ochish mumkinligini mavzuning dolzarbligidan dalolat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |