Bog'liq Kurs ishi mavzu “Prosopografiya yardamchi tarix fani” Kurs ishi
Ikkinchi bob bo'yicha xulosalar Ikkinchi bob yakunida xulosa o'rnida shuni aytish kerakki prosopografiya sohasi Markaziy Osiyo mintaqasi va bizning yurtimiz uchun g’oyat katta ahamiyatga ega hisoblanadi. Bizning yurtimiz juda ko’plab olim u fuzolalarga, siyosiy arboblarga, buyuk ulomolarga beshik bo’lgan zamin hisoblanadi. Sovit Ittifoqi davrida bizning tariximizni, manaviyatimizni unuttirishga harakat qilindi. Bizning ulug’ ajdodlarimiz, siyosiy arboblarimiz haqida xalqimiz juda kam ma’lumotga ega bo’ldi. Bu sohada qilingan amaliy ishlar qoralandi. Yurtimiz Mustaqillikka erishgandan so’ng tariximizni, ulug’ bobolarimizni chuqurroq o’rganishga, ularning ilmiy merosidan batafsil foydalanishga imkon yaratildi. Asosan bizning mintaqada shaxslar tarixi va ularning ularning ijtimoiy faoliyati, xalqning hayotidagi tutgan o'rni va roli to'g'risida ko'plab kitoblar yozildi va ilmiy ishlar qilindi. Bu borada biz yuqorida to'xtalib o'tdik. Bizning hududimiz va mintaqamiz siyosiy arbobimiz va tarixiy shaxslarimiz ancha katta tarixga ega va bu o'rganilishi kerak bo'lgan dolzarb mavzulardan biri hisoblanadi. Bu shaxslar o’zlarining insoniy fazilarlari va shaxsiy sifatlari bilan butun dunyo ahliga namuna bo’la oladi. Biz yoshlar bundan g’oyatda faxr va iftixorga to’lamiz.
Xulosa Xulosa o'rnida shuni aytishimiz mumkinki, prosopografiya sohasi tarixning eng muhim va boshqa yordamchi tarixiy fanlar bilan aloqador sohasi hisoblanadi. Prosopografiya, ushbu fan sohasi bo'yicha qilingan ishlar, uning jahonda va yurtimizda qay darajada rivojlanayotganligi va bu borada qilinayotgan ishlar bo'yicha quyidagi xulosalarga kelishimiz mumkin.
Birinchidan, prosopografiya yangi sohalardan biri va ushbu fan sohasi bo'yicha qilinadigan amaliy ishlar juda ko'p va u o'z mutaxassislarini kutmoqda. Shu bilan birga u bilan birga hamkorlik qiladigan sohalarning yutuqlaridan foydalanish ushbu fan bo'yicha qilinadigan ilmiy ishlarning ko'lamini kengaytirishga yordam beradi.
Ikkinchidan, prosopografiya sohasi asosan tarixiy shaxslarni va unga yaqin fuqarolarni va davlat xizmatlariga bog'liq bo'lgan shaxslarni o'rganadi va bu tarixiy shaxslar prosopografiyaning obyekti hisoblanadi. Va bu holat ushbu sohada tarixiy shaxslarni sinchiklab o'rganishni taqozo etadi.
Uchinchidan, prosopografiya sohasini rivojlantirish uchun ushbu sohaga bog'liq soha olimlarini ushbu ishga jalb qilish kerak. Bu holat tarixiy shaxslarni chuqurroq o’rganishni kutilgandanda tezroq rivojlanishiga sabab bo'ladi.
To'rtinchidan, prosopografiyasohasida qilingan ishlarni ommaviy axborot vositalari orqali omma e'tiboriga havola etish lozim. Bu esa ko'plab odamlarning tarixiy shaxslarimizni, buyuk ajdodlarimizni o’rganishga qiziqishini yanada ortishiga sabab bo'ladi.
Beshinchidan, prosopografiya sohasi rivoj topishi uchun albatta manbalar tadqiq etilishi va tarjima qilinishi lozim. Busiz fanning rivojini tasavvur etish qiyin. Bundan tashqari prosopografiya sohasi rivojlangan davlatlar olimlari ushbu soha endi taraqqiy etayotgan davlar olimlari bilan hamkorlikda ish olib borishlari zarur. Bu holat fanning jadal rivojlanishi va taraqqiy etishi uchun muhim bo'lgan omillardan biridir. O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng xalqimiz oldida yangi ulkan vazifadar ko‘ndalang bo‘ldi. Mamlakatimiz taraqqiyotining ana shunday burilish bosqichida xalqning o‘z tarixiga bo‘lgan qiziqish yanada ortdi, chunki bunday qiyin davrda xalq o‘z tarixini chuqurroq bilishga, tarixdan ma’naviy madad olishga ehtiyoj sezadi. O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. A. Karimov 1998-yil iyun oyida bir guruh tarixchi olimlar bilan uchrashuvda O‘zbekiston tarixining yangi kondeptsiyasini yaratish zarurligini uqtirdi. Shundan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Tarix instituti faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida” gi qarorini qabul qildi (1998 yil, iyul). I. A. Karimovning “Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q” nomli asari hamda Respublika hukumatining eslatib o‘tilgan qarorlari tarixiy tadqiqotlarni tubdan rivojlantirish dasturi bo‘lib xizmat qilmoqda. Tarix fanini yangi zamon talablariga mos ravishda rivojlantirish birinchi navbatda uning manbaviy bazasini boyitish va mustahkamlashni taqozo etadi. Mustaqillik davrida prosopografiya fanini rivojlantirish bobida talay ibratli ishlar amalga oshirildi.
Ilk o‘rta asrlarda yurtimizga tashrif buyurgan sayyohlarning asarlari ham ayniqsa muhim ahamiyatga egadir. Manbalar yurtimizning ilk o‘rta asrlar tarixini o‘zida nisbatan to‘liqroq aks etganligi bilan muhim hisoblanadi. Ulardan tanqidiy foydalanish bu davr tarixini o‘rganish uchun muhimdir. Rivojlangan o‘rta asrlarda ham Markaziy Osiyoda sodir bo‘lgan ijtimoiy- siyosiy voqealar arab va fors-tojik tilida bitilgan juda ko‘p tarixiy manbalarda o‘z aksini topgan. Arab tillaridagi qo‘lyozmalar, Rossiya va Markaziy Osiyo sharqshunosligi asarlari (kitob, risola, maqola, tarixiy qasida, xotira, taqrizlari) minglab nomlardan iborat bo‘lib, ulardan ba’zilari bosilib chiqqan va anchaginasi haligacha nashr etilmagan. Bunday qo‘lyozmalardan ba’zilari Markaziy Osiyo va Qozog‘iston diniy nazorati muassasalarida, shuningdek viloyat shaharlari va qishloqlarida saqlanmoqda. Ana shunday turli hududlarda sochilgan qo‘lyozmalarning hozircha aniqlangan miqdori 44 ming jilddan ziyodroqdir. Xalqimizning ma’naviy mulki bo‘lgan qator tarixiy manbalarga jaxon ilmiy jamoatchiligi ham katta qiziqish bilan qaramoqda. Turli xalqaro jamg‘armalar qadimgi manbalarni topish, o‘rganish va nashr etish ishlariga homiylik qilmoqdalar. Mustaqillik davrida O‘zbekiston tarixiy shaxslarini o‘rganish, talabalarni bu sohadagi nazariy bilimlar bilan qurollantirish borasida talay ijobiy ishlar amalga oshirildi. Lekin qilingan bu ishlarga dastlabki qadamlar sifatida qarash lozim. Prosopografiya sohasidagi qator muammolar hali o‘z yechimini kutmoqda. Tariximizni yanada teranroq o‘rganish uchun prosopografiya fanini yanada rivojlantirish zarur. Milliy istiqlol davrida tarixiy manbalarining nazariy jihatdan o‘rganib chiqish, ularni ilmiy ahamiyatini aniqlash, ularni ilmiy tadqiqotlar jarayonida keng foydalanish zamon talabidir. Mustaqillik yillarida O‘zbekiston tarixiy shaxslariga oid manbalarini yanada chuqurroq o‘rganish, ularni nashr etish va keng jamoatchilikka etkazish, bu manbalardan foydalangan holda Vatan tarixining yangi kontseptsiyasini yaratish yo‘lida qator e’tiborga sazovor ishlar amalga oshirildi. Shu bilan birga bu sohada hali o‘z yechimini kutayotgan muammolar ham mavjud. Bu muammolarni qadam-baqadam hal etib borish tarix fanining rivojlanishiga va jamiyatimizning ma’naviy yuksalishiga ijobiy ta’sir qilishi shubhasizdir.