Kurs ishi mavzu:“Prosopografiya yardamchi tarix fani” Kurs ishi himoyasiga ruxsat berildi



Download 61,54 Kb.
bet6/9
Sana12.06.2022
Hajmi61,54 Kb.
#657234
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Kurs ishi mavzu “Prosopografiya yardamchi tarix fani” Kurs ishi

Birinchi bob bo'yicha xulosalar
Birinchi bob yakuni bo'yicha xulosa o'rnida shuni aytish kerakki, prosopografiya yordamchi tarix sohasi qiziqarli va o'z o'rnida kerakli sohalardan biri hisoblanadi. Albatta bu fan sohasi nisbatan kech tashkil topib, rivojlanib borayotganligiga qaramasdan salmoqli natijalarga erishdi.Biz tarixiy shaxslarni chuqur o’rgangan holda jahon va yurtimiz tarixi bo’yicha qimmatli ma’lumotlarga erishishimiz mumkin bo’ladi. Bu ma’lumotlar bazasi orqali esa xolisona tarixiy xulosaga kelishimiz imkoni yaratiladi va bu xolis tarixni keng jamoatchilikka yetkazichimiz mumkin bo’ladi. Bu sohadagi ilmiy ishlar ichida ayniqsa Yevropa va Rus olimlari va ular tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuqori e’tiborga sazavordir. Bu tadqiqotlarni chuqur va izchil hamda tanqidiy o’rgangan holda o’z xulosamizni ochiq-oydin bayon qilishga imkoniyat tug’iladi. Biz bu ilmiy ishlarni o’rganishimiz barobarida unga asoslilik yuzsidan ham baho berishimiz zarur hisoblanadi. Bu ishlar haqida yuqorida atroflicha to'xtalib o'tdik. Biz bunda nafaqat yuqori tabaqa vakillari tog’risida balki keng jamoatchilikka juda qiziq bo’lgan boshqa qatlam azolarini ham bevosita o’rganib ochib berishga harakat qilindi.Ularning ijtimoiy doirasi va shaxsiy tarixi haqida atroflicha ma'lumot to'pladilar va ushbu ma'lumotlar asosida yaratilgan ilmiy ishlarni omma e'tiboriga havola etdilar. Prosopografiya sohasi bugungi kunda ancha keng rivojlanmoqda. Xususan, ko’plab tarixga oid saytlar jahon prosopografiyasi haqida o'z o'quvchilariga ma'lumotlar ulashmoqda. Bundan tashqari rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlardagi ilmiy tadqiqot institutlari ham ushbu sohada amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma'lumotlar bermoqda.


II BOB. MARKAZIY OSIYO MINTAQASIDA PROSOPOGRAFIYANING RIVOJLANISHI VA TARAQQIY ETISHI
2.1 Markaziy Osiyo tarixchilarining prosopografiyasini yoritishdagi o’rni va yozgan asarlari
Buyuk ajdodlarimiz siymosi to’g’risida, ularning shaxsiy sifatlari haqida o’z allomalarimiz, tarixchi olimlarimiz ham keng va qimmatli ma’lumotlarni qoldirishgan. Ular o’zlarining katta ahamiyatga ega asarlarida siyosiy arboblarimiz, jahon tarixida chuqur iz qoldirgan bobolarimiz haqida batafsil ma’lumotlarni keltirib o’tgan.Ulug’ bobomiz Navoiy o’z asarlarida XIV-XV asrlarda o’tgan yirik shoirlar, siyosiy arboblar, Amir Temur va uning uning ulug’ avlodlari shaxsiy sifatlari va ijtomoiy faoliyati haqida o’ta qimmatli ma’lumotlar qoldirgan, ularning madhida she’rlar bitgan.
Quyida ulug’ mutafakur shoir va olimning hazrat Amir Temur va uning olim va fozil nabirasi Mirzo Ulug’bek madhida aytgan so’zlari va she’rlaridan ba’zi birlarini keltiramiz. Alisher Navoiy Amir Temur haqida shunday deydi.
Amir Temur Ko’ragon - agarchi nazm aytmoqqa iltifot qilmaydirlar, ammo nazm va nasrni andoq xub mahal va mavqe’da o’qibdurlarkim, aningdek bir bayt o’qig’oni ming yaxshi bayt aytmoqcha bor. Tabarruk haysiyatidinkim, ul hazratning muborak ismi bu muhtasarda bo’lg’ay va ul latoyifdin biri bila ixtisor qililur.
Mundoq naql qilurlarkim, chun Tabrizda Mironshoh Mirzo chog’irga ko’p ishtig’ol ko’rgizdi. Dimog’i va mijozi e’tidol tariqidin chetlash topib, andin nomuloyim amr ko’p surat tuta boshladi. Samarqandda ul hazrat arziga bu nav’ yetkurdilarkim,uch nadami borkim, mufrid chog’ir ichmakka bois ardurlar. Hukm bo’ldikim, tovochi miod bila chopib borib, uchalasining boshin keltursin. Alardan biri xoja Abduqodir erdi va yana biri mavlona Muhammad Koxiy erdi va yana biri ustod Qutib Noiy erdi. Tovachi borib ikkisini yasoqqa yetkurdi, ammo xoja Abdulqodir qochib qalandar bo’lib, o’zini devonalika solub, muldin- mulkka mutavariy yurur erdi, to ulkim, ul hazrat yana Iroq yurishini qildi, ul mamolikda xojaning ul holi ba’ziga ma’lum bo’lib, yuqoriga arz qildilar. Hukm bo’ldikim, tutib keltursinlar. Ul hazrat taxtda edilarkim, xo’jayini faqirni devonaliqqa qo’ymay, sudrab taxt ilayiga kelturdirlar. Andin burinkim, siyosat hukm bo’lg’ay, chun xojaning kamolotidin biri Qur’on hifzi va qiroat ilmi edi, fil hol biyik un bila Qur’on o’qimoq bunyot qildikim, ul hazratning g’azabi lutfig’a mubaddal bo’lib, fazl va kamol ahli sori boqib, bu misrani ba vaqt o’qidikim:
Qalandar qo’rquvdan Qur’onga chang soldi.
Andin so’ngra xojaga iltifot va tarbiyatlar qilib, o’z oliy majlisida nadm va mulozim qildi. Idrok va fahm ahli bilurkim, yillar, balki qarilarda mundoq latf so’z voqiy bo’lmas. To olam ahli bilg’aylarkim, sulton sohibqirong’akim, majolisida paydar-pay xo’p abyot va yaxshi so’zlar darmahal voqiy bulur, dag’i mavrusiydurkim, nisbatan ul jaddi buzrukvorga tuzaturkim, ul birining makoni ravzayi jinon va bu biri jahon mulkida jovidon bo’lsin.
Alisher Navoiy yana bir buyuk ajdodimiz Mirzo Ulug’bek haqida ham qimmatli ma’lumotlar qoldirgan.
Ulug’bek Mirzo – donishmand podshoh edi. Kamoloti bog’oyat ko’p edi. Yeti qirpoat bilan Qur’onni majid yodda erdi. Xayat va riyoziyni xo’p bilur erdi. Andoqkim, zij bitidi va rasad bog’ladi va holo aning ziji oroda shoe’dur. Bivujidi bu kamolot gohi nazmga mayl qilur. Bu nmatla aningdurkim:
Mulkning go’zalligi garchand uziging ostida bo’lsada,ehtiyot bo’l, yomonlarning ko’zi senga tuzoq qo’ymish5.
Alisher Navoiy o’zining Farhod va Shirin asarida ham Mirzo Ulug’bek haqida quyidagi baytlarni yozgan.
Shahikim ilm nurin topdi zoti
Aning to hashr qoldi yaxshi oti.
Iskandar topdi chun ilm-u hunarni,
Ne yanglig’ oldi ko’rgil bahru barni.
Aningdek saltanat ahli ko’p erdi,
Qayu birga bu nav ish das berdi?
Ikki ming yil o’tib yuz ming xirandmand
Bo’lib hikmatlari birla barumand,
Temurzon naslidin sulton Ulug’bek,
Ki davr ahli biridin aylamas yod.
Va lek ul ilm sori topdi chun das,
Ko’zi olinda bo’ldi osmon pas.
Rasadkim bog’lamish zebi-jahondir,
Jahon ichra yana bir osmondir,
Bilib bu nav ilmi osmoni,
Ki andin yozdi Ziji Ko’ragoniy.
Qiyomatg’a dekincha ahli ayyom,
Yozarlar oning ahkomidin ahkom.
Bilik garchi ko’rinur ko’zga ziynat,
Vali shahllarga bordur o’zga ziynat.
Va gar ilm ichra bo’lmay birga qoniy
Biridin bahravor bo’lsang ne mone’6.
Davlatshoh Samarqandiy “Tazkirat ush shuaro”da Mirzo Ulug’bekni madh etgan bir necha tarixchi olimlarni e’tirof etadi. Shulardan Xoja Ismatulla Buxoriy Mirzo Ulug’bekni shunday madh etishini yozgan.
Ammo olim, odil, g’olib va himmatli podshoh Ulug’bek Ko’ragon yulduzla r ilmida osmon qadar yuksalib bordi, manoiy ilmida qilni qirq yordi. Uning davrida olim-u fozillar martabasi nihoyat baland chiqqiga ko’tarildi. Mirzo Ulug’bek handasa( geometriya) ilmida majastikusho erdi. Fozillar-u hakimlarning yakdil fikrlari shulki, islomiyat zamonida balki Iskandar Zulqarnay zamonidin shu paytgacha Ulug’bek Ko’rogondek olim va podshoh saltanat taxtida ulturmagan. U riyozat(matimatika) shu darajada egallagan erdiki, zamonasining olimlari, chunonchi, ulomalar va hakimlar fahri Qozizoda Rumiy hamda G’iyosiddin Jamshid bilan yulduzlar ilmiga rasad bog’ladi. Lekin zamonasining bu ikki ulug’ olimi rasad oxiriga yetmay turib vafot etdila va sulton Ulug’bek bor hikmatni bu ishni oxiriga yetkazishga sarfladi. Ziji Sultoniyni kashf etib uni o’z ismi birla ziynatladi. Bugun bu Zij hakimlar naznida mo’tabar va amaldadur. Ba’zilar uni Ziji Nosir irhoniy din ortiq ko’rdilar.
Ulug’bek Ko’rogon Samarqandda bir ulug’ madrasa ham bino etdikim, bezagi, afzalligi va ulug’vorligi jihatidan unga o’xshashi yeti iqlimda ham yo’qdir. Shu kunlarda ul oliy madrasada yuzdan ortiq talaba o’qib, istiqomat qilmoqda.
U otasi Shohruh bahodir hukmronligi davrda Samarqand va Movarounnahrni qirq yil idora qildi. Sulton Ulug’bek saltanatni boshqarish, adlu insofda maqbul yo’l tutar edi. Aytishlaricha, uning davrida to’rt xarvor hosil beradigan bir jarib yerdan mol va xiroj uchun to’rt donik fulus soliq olganlar. Bu bir donik kumush dirhamga tengdur.
Yana bir buyuk tarixchi olim Mirxond XV asrning ko’zga ko’ringan olimlaridan biri, 1443-yilda Balxda tug’ilgan. Keyinchalik Hirotga kelib, ilm-fan homiysi Alisher Navoiy bilan munosabatda bo’lgan. Alisher Navoiyning iltimosi bilan Mirxond “ Ravzat us safo” asarini yozishni boshlagan. Xiva xoni Muhammad Rahimxon Feruz davrida “Ravzat us safo” ham bir qancha olimlar tomonidan o’zbek tiliga tarjima qilingan. Bu asarda Mirzo Ulug’bek to’g’risida shunday ma’lumotlar keltirilgan.
Janobi saltanat kabob Mirzo Ulug’bek hikmatni biluvchi va ilmda maqsadga yetuvchi dono erdi. Va adolat yoyuvchi va hunarparvar shahriyor va Aflotuni hikmat bila Fariduni hashamatni jam qilib, barcha ilm teran ko’nglida hozir erdi. Va xususan riyoziy ilm bobida tengi va o’xshashi yo’qligi barcha ilm qoshida ma’lum va zohir va adolat va odillik qavoiyda rioyasi bobida mumtoz erkani barchag’a quyosh yanglig’ huvaydo ( ochiq) va ravshan erdi. Mulki millat ishlari tarkibida yagona va tengsizligi odamlarg’a ma’lum va oshkor edi. Va shunga qaramay, munosib ko’rinur erdikum, harchandkim, mushk hidini sochuvchi qalam ul janobning, balkim oldindag’i o’zga kamyob sultonlarning bayonig’a yetishsa erdi, alqob taxririg’a ishtig’ol ko’rguzur erdi. Ammo chun olarning mukarram otlari magar yo’li birla buvaroqda bitilur erdi, shul vajhdin ul buzrukvor tabaqaning mahzi otlarini bitmakka keldi.

Sakkokiy Mirzo Ulug’bek davrida o’tgan mashhur g’azalguy va qasidanavis shoirdir. Shoir o’z asarlarida Mirzo Ulug’bekni juda ko’p madh etib, uning shaxsiy sifatlarini olqishlagan. Shoir qasidasining birini Mirzo Ulug’bekka bag’ishlagan. Shulardan bir nechtasini quyida e’tiboringizga havola qilmoqdamiz.


Jahondin ketti tashvishu mabodiyin ammo keldi.


Haloyiq, aysh eting bu kun, sururi jovidon keldi.

Tan erdi bu ulus barcha aningtek joni bor, yo yo’q,


Bahamdulloh ugon fazli bila ul tanga jon keldi,

Bu mavqib gardi surmasi topilmas erdi birib jon,


Ko’run ko’z birla haq suninkim, ush xushroygon keldi.

Alamdek barcha beklarning boshi ko’kka kerak tegsa,


Kim onlar takya qilg’oli bu qutluq oston keldi.

Jahondin ahraman ketib, musahhar bo’lg’oy insujon


Kim, ush taxtini el ko’tirub, Sulaymon zamon keldi.

Boyindi taxtining qadri o’zini toj ko’kka toshladi,


Adolat bog’i sabz o’ldi, chu Nushiravon keldi.

Kerak jon bubuli tun kun navodin tinmasa hardam,


Chu do’stlarig’a xurram yoz, aduflarg’a xazon keldi.

Raiyat kuy erur, sulton anga cho’pon yo bo’ri.


Bo’ri o’lgayu ko’y ting’oy, chu misotik shubon keldi.
Bu kunidin so’ngra ko’p ting’oy raiyatlar rioyatdin,
Ulus haqqida ming turli atodin mehrubon keldi.

Ko’ngillar bo’ldi xush ravshan ko’rib qolmadi bir zarra,


Qorong’uliq ketib, holi chuxurshidu zamon keldi.

Suyunsun xisrav oliy guxar sulton Ulug’bekkim,


Shahanshoh Shohruhbekdek shohi xisrav nishon keldi.

Bu shahning lashkari qaysi viloyat sori azm etsa,


Falakdin har zamon ul dam nidoyi “alomon” keldi.

Bular elga qilich, nayza olib xay joga kirganda,


Hech ish kelmadi adodin, magar ohu fig’on keldi.

Bu lashkar yetganin ko’rsang yasab adoning ustiga,


Sog’ingaysan chirik ermas mag’ar gurzu sinon keldi.

Shahonshoho sening oting shahi kishvar kushoy erdi,


Ol endi dunyoni ko’ktin yuqab chetisiton keldi.

Nuvori kuy bekin dushman ko’rib taxtning kuyisini,


O’z ulkin bog’lab, oting’a, zaifu notovon keldi.

Kirib tullku bekin dushman inida o’lg’ay ochlikdin


Na kelsin ustina haybat bila sheri jayon keldi.

Quruq suvda pishirdiyu vali xon etti ishlarni,


Oxir ko’rgil bu savdodin boshig’a ne ziyon keldi.

Ayyo shoho malak sayrat sening vasving so’zi ichra,


O’qiyin endi alingda yona bir doston keldi.

Eshiking tuprog’I majruh bo’lg’on jon tamarg’a,


Shifolik marhami bo’ldi, bisoti pirmiyon keldi.

Nekim Nushiravoni odilishi ichra qildi tavsirin,


Qamugingga aning bir-bir sharif zoti zamon keldi.


Download 61,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish