Mavzuning dolzarbligi. Energiya resurslarini qazib olish, ishlab chiqarish va iste’mol qilish mana shu resurslarning tarkibi va xajmi bo‘yicha jahon hamda alohida mamlakattlar iqtisodiy rivojlanishini jadallashuvi va ularning energetika resurslariga bo‘lgan talabiga qarab belgilanadi. Ularning narxi esa, jahon bozaridagi talab va taklifga qarab shakllanadi hamda ularga belgilangan narx jahon mamlakatlarining iqtisoiyotiga bevosita o‘z ta’sirini ko‘rsatadigan asosiy omil hisoblanadi.
Hozirgi kunda jahon energetika bozori o‘z boshidan turli xil o‘zgarishlarni o‘tkazmoqda. Bu xolat energiya resurslariga bo‘lgan extiyoj xajmining oshishi yoki pasayishiga ham ta’sir etmay qo‘ymaydi.
Mavzuning o‘rganilganlik darajasi. Mazkur mavzuning ba’zi qirralari xitoy iqtisodchi olimlari tomonidan, xususan, Syuy Disin, Tuan Ping, Van Menkuy, Li Szinven, Lu Yunsyan, Chjou Veydi, Chjao Xuashen, Su Fenlin Li Szin Ven,2 Lyu Goguan3, Li Ke, va boshqalar o‘zlarining monografik kitoblari va ilmiy maqolalari orqali ochib berganlar.
Shu bilan birga, ular qatorida ushbu muammoni turli qirralarini o‘z asarlarida yoritib kelayotgan Rossiya iqtisodchi-xitoyshunos olimlaridan A.V.Ostrovskiy,4E.F. Avdokushin, Ye.P. Bajenov, M.V. Baranov, Ya.M.Berger, M.L.Titorenko, Muromseva 3.A va boshqalarni nomlarini atab o‘tish lozimdir.
Kurs ishining asosiy manbalari - O‘zbekiston va Xitoy Xalq Respublikasining energetika sohasini rivojlantirish bo‘yicha turli qonun va formoyishlari hamda O‘zbekiston Prezidenti I.Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati majlislaridagi ma’ruzalari va XKP MQning mazkur sohaga tegishli bo‘lgan xujjatlari hisoblanadi.
Kurs ishining maqsadi Xitoy energetika soxasining rivojlanishi, yutuq va muammolarini taxlil qilish orqali undagi mavjud muammolarni tegishli tashkilotlar va xukumat tomonidan hal yetish yo‘llarini ko‘rib chiqishdan iborat bo‘lib, ushbu maqsadga muvofiq ravishda ishda quyidagi vazifalar xal qilinadi:
-energetika tarmog‘ining jahon iqtisodiyotidagi o‘rni va ahamiyatini o‘rganib chiqish;
-Xitoy iqtisodiyotida uning energetika tarmog‘ining o‘rni va rolini aniqlash;
-Xitoy energetika tarmog‘ining yo‘nalishi va shakllanish bosqichlarini aniqlash;
-XXR energetika tarmog‘ining rivojlanishi, uning energetik tuzilmalari va hozirgi davrdagi holatini taxlil etish;
-Tarmoq rivojlanishining kelajak istiqbollarini aniqlashga urinish;
-Xitoy energetika sohasi yutuqlaridan O‘zbekiston sharoitida foydalanish imkoniyatlarini, asosan alternativ energetika manbalarini O‘zbekistonda tadbiq qilish masalalarini o‘rganib chiqishdan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |