O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta Ta’lim Vazirligi Samarqand Davlat Chet Tillari Instituti “Sharq Tillari” fakulteti “Yaqin Sharq Tillari” kafedrasi
Sharq tilini o'qitish metodikasi fanidan
KURS ISHI
Mavzu: « Xitoy tilida energetikaga oid terminlar »
Ilmiy rahbar: Dilshoda Mashrabovna
Bajardi: Raimqulova Charos
Samarqand 2021
ANNOTATSIYA
Ushbu kurs ishida texnik atamalar oid terminlarining yoritilishi va ularning shartlari kabi masalalar va ularning xususiyatlari ochib berildi. Ilmiy ishda bir qator fanlar bilan aloqadorligi, jumladan, Sharq tilini o’qitish metodikasi fani bilan va boshqa shu kabi turli xil fanlar bilan uzviy bog‘liqligi o’rganildi. Ilmiy ishni o’rganish faoliyatidagi muhim ko’nikma va malakalarni egallashda ushbu kurs ishi muhim manba sifatida tadqiq etildi.
Mundarija:
Kirish 4
Asosiy qism
I BOB. Xitoy energetika tarmog‘ining rivojlanish bosqichlari va xususiyatlari 7
1.1 Xitoy energetika tarmog‘ining rivojlanish yo‘nalishlari va bosqichlari 7
1.2 Xitoy energetika sohasining rivojlanish xususiyatlari taxlili. …………..12
II.BOB. Xitoy energetika sohasining rivojlanish istiqbollari 16
2.1 Xitoy zamonaviy energetika tarmog‘ining rivojlanishi va unga jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining ta’siri 16
2.2 Xitoyda energetika va alternativ energetikani rivojlantirish istiqbollari hamda uning yutuqlaridan O‘zbekiston sharoitida foydalanish imkoniyatlai………………………………………………………………...…18
Xulosa 22
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…………………………….………23
Ilova “energetikaga oid atamalarining xitoycha-o’zbekcha kichik lug’ati”
Kirish
Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir.Kimda-kim oʻzbek tilining bor latofatini, jozibasi va taʼsir kuchini, cheksiz imkoniyatlarini his qilmoqchi boʻlsa, munis onalarimizning allalarini, ming yillik dostonlarimizni, oʻlmas maqomlarimizni eshitsin, baxshi va hofizlarimizning sehrli qoʻshiqlariga quloq tutsin.Turkiy tillarning katta oilasiga mansub boʻlgan oʻzbek tilining tarixi xalqimizning koʻp asrlik kechmishi, uning orzu-intilishlari, dardu armonlari, zafarlari va gʻalabalari bilan chambarchas bogʻliqdir.Ajdodlarimiz, ota-bobolarimiz aynan ona tilimiz orqali jahonga oʻz soʻzini aytib kelganlar. Shu tilda buyuk madaniyat namunalarini, ulkan ilmiy kashfiyotlar, badiiy durdonalar yaratganlar.Oʻtmishda oʻlkamizni bosib olgan turli yovuz kuchlar bizni avvalo oʻz tilimizdan, tariximiz va madaniyatimizdan, dinu diyonatimizdan judo qilishga qayta-qayta urindilar. Ular el-yurtimiz boshiga qanday azob-uqubatlar, kulfat va musibatlar solgani tarixdan yaxshi maʼlum.1
Do'stlaringiz bilan baham: |