Kurs ishi mavzu: Umumta’lim maktablarida astronomiya fanini o’qitish metodikasi Bajardi: Ozodov k kurs ishi rahbari: Sa’dullayev Sh Urganch-2022 mundarija: kirish
MUNDARIJA: KIRISH…………………………………………………………………………….3
I BOB. TA’LIM TIZIMIDA ASTRONOMIYA FANINI O’QITISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI 1.1. Ta’lim tizimida astronomiya fanining o’rni…………………………………...5
1.2. Astronomiya ta’limida pedagogik va modulli texnologiyalari………………...7
1.3. Astronomiya ta`limida kompyuter texnologiyalardan foydalanish…………..10
II BOB. ASTRONOMIYA FANI VA UNING BO’LIMLARI, OSMON SFERASI TUZILISHI 2.1. Astronomiya fanining kelib chiqish tarixi va uning bo’limlari………………12
2.2. Yoritgichlarning ko‘rinma holatlari: yulduz turkumlari……………………...19
2.3. Quyosh, Oy, planetalar va yulduzlarning ko‘rinma harakatlari……………...22
2.4. Osmon sferasi, uning asosiy nuqta, aylana va chiziqlari……………………..25
2.5. Planetalar va ularning yo’ldoshlari……......................................................29
XULOSA…………………………………………………………………………33
FOYDALANILGAN ADABOYOTLAR……………………………………….35
KIRISH Ilm-fan jadal taraqqiy etayotgan, zamonaviy axborot-kommunikatsiya
tizimlari vositalari keng joriy etilgan jamiyatda turli fan sohalarida bilimlarning tez
yangilanib borishi, ta`lim oluvchilar oldiga ularni jadal egallash bilan bir qatorda,
muntazam va mustaqil ravishda bilim izlash vazifasini qo`ymoqda.
Astronomiyadan o`quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish, ularni
tayyorlash borasidagi ilmiy-uslubiy, tashkiliy va moliyaviy masalalarni hal qilish,
uzluksiz ta`lim tizimida “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” maqsadlariga erishishni ta`minlashga qaratilgan choralarni ishlab chiqishni talab qiladi. Shu bilan birga soha bo`yicha fan, texnika va texnologiyaning so`nggi yutuqlari, ilg’or xalqaro tajriba va taraqqiyot tendentsiyalari hisobga olinishi shart. Ushbu tadqiqot ishining asosiy vazifalariga astronomiya fani bo`yicha o`quv adabiyotlarining yangi avlodi funktsiyalari va vazifalarini, ularni yaratishda qo`yiladigan ilmiy-g’oyaviy, uslubiy-didaktik, psixologik-pedagogik, sanitariya-gigiyenik talablarni ishlab chiqish, o`quv adabiyotlarining shakllari va turlariga aniq ta`riflar berish hamda mamlakatimiz miqyosida zamonaviy o`quv adabiyotlarini tayyorlash bo`yicha dasturlarni amalga oshirish uchun strategik yo`nalishlarni belgilab olish kiradi.
Astronomiya va fizika fanlarini integrallab o`qitish borasidagi birinchi
qadamlar kelajakda o`zining qanday maxsulini berishini faqat kelajak
ko`rsatadi. Bunda asosiy dolzarb vazifa sifatida fizikaning mos bo`limlarida
astronomik bilimlar berish uchun materiallar tanlash va uni talabalarga samarali
yetkazish mas`uliyati turadi. Shu sababdan o`quvchilarning astronomik bilimlarga
qiziqishini orttirish va ularda bu bilimlar orqali ilmiy dunyoqarashlarini
shakllantirish muammosining o`zi dolzarb hisoblanadi.
Tadqiqot obyekti va predmeti: uzluksiz ta`lim tizimida astronomiya o`qitish jarayoni. astronomiya fanini o`qitish metodikasi.
Ishning maqsadi va vazifalari: astronomiya fanini zamonaviy kompyuter
texnologiyalar va internet axborot vositalardan foydalanish asosida o`qitish
samaradorligini nazariy asoslash va metodikasini ishlab chiqish.
-zamonaviy ta`lim tizimida astronomiya o`qitish muammolarini tadqiq
qilish; psixologik-pedagogik va ilmiy metodik adabiyotlarni analiz qilish asosida turli ta`lim bosqichlarida astronomik bilimlarni kiritish imkoniyatini aniqlash;
-metodik adabiyotlarni analiz qilish asosida astronomiya fanini o`rganish va
o`quvchilar qiziqishini orttirishda komp’yuter texnologiyalar va internet axborot
vositalardan foydalanish metodikasini ishlab chiqish;
-ishlab chiqilgan metodikaning samaradorligini tajribada tekshirib chiqish.