1.2. Astronomiya ta’limida pedagogik va modulli texnologiyalari.
Pedagogik texnologiya eng avvalo ta`lim tizimidagi eskidan qolgan kamchiliklarni bartaraf qilishga xizmat qilishi lozim. Bulardan biri ta`lim jarayonidagi majburiy itoatkorlikdir. O`qituvchini mutloq hukmronlikdan ta`lim jarayonini boshqarish, o`quvchini bilim olishini rag’batlantirish, mustaqil fikrlashga o`rgatishga tomon yo`naltirish lozim.
Astronomiya ta`limida zamonaviy texnologiya qo`llanilsa, pedagogic jarayonda hamkorlik, g’amxo`rlik, ta`lim oluvchi shaxsni hurmat qilish va
e`zozlash orqali shaxsning tahsil olishi, ijod qilishi va o`z-o`zini rivojlantirishga
qulay ijtimoiy va psixologik muhit yaratiladi. Shunday jarayonda shaxs o`z o`quv
faoliyatining sub`ekti sanaladi va o`qituvchi bilan hamkorlikda yagona ta`lim
jarayonining ikkita sub`ekti sifatida o`quv-tarbiyaviy vazifalarni hal etadi.
Pedagogika va psixologiya fanlari ta`lim texnologiyasini ishlab chiqishi ta`lim
oluvchi shaxsning takrorlanmas ko`p mohiyatligiga va u shu bilan birga
individualligiga asoslanishi, ya`ni shaxsga yo`naltirilgan bo`lishi lozim.
Shu bilan birga hozirgi rivojlanish bosqichida ta`lim texnologiyasi birdaniga
sakrash orqali emas, balki ta`lim-tarbiyaning mavjud shakl va metodlarini saqlab,
mavjud imkoniyatlar doirasida amalga oshirilishi muhim. Masalan: biz hozir
birdaniga umumta`lim maktabida, o`rta maxsus, kasb-hunar kollejlarida sinf-dars
tizimidan, maktab ma`ruzalaridan voz kechib, butunlay yangi ta`lim shakllariga
o`ta olmaymiz. Bu o`quv yurtlarida ta`limning turli shakllarini, noan`anaviy
darslar, interfaol o`qish metodlarini keng qo`llash asosida modulli va axborot
texnologiyalarini bosqichma-bosqich qo`llashimiz foydali bo`ladi. SHaxsga
yo`naltirilgan texnologiyalar zamirida ta`lim-tarbiyaga tabaqalashtirilgan
yondashish amalga oshirilib, ta`lim oluvchining intellektual taraqqiyoti,
o`rganilayotgan fan (ma`ruza)ga tayyorgarlik darajasi va uning layoqati hisobga
olinishi kerak.
Astronomiya ta`limida pedagogik texnologiyalar va modulli texnologiyaning
ta`lim jarayonini takomillashtirish va jadallashtirishdagi ahamiyati astronomiya
o`qituvchisining o`quvchiga ta`sir ko`rsatishida, ularning bilish faoliyatini
faollashtirishida, o`quvchining astronomiyani o`rganish jarayonida maqomini
o`zgartirishda, unda ta`lim olishga rag’bat uyg’onishida namoyon bo`ladi. Shu
bilan birga, o`qituvchida o`quvchilar faoliyatini ta`lim-tarbiya maqsadlariga
muvofiq boshqarish imkoniyatini tug’iladi. O`quvchilarning astronomiyadan bilim
ko`nikma va malakalarni egallashlarini jadallashtiradi, ularni o`z vaqtida ko`proq
bilim egallash, ruhan va aqliy o`qishlariga sharoit yaratadi. O`z navbatida
o`qituvchining pedagogik mahoratiga, bilmiga va tajribasiga yangicha talablarni
qo`yadi. eng muhimi, biz yashayotgan davrning taraqqiyot darajasiga mos ravishda yoshlarning astronomiyaviy bilim egallashi va kasbga o`rganishi jadallashadi.
Pedagogik va modulli texnologiyalar o`zaro uzviy bog’liqdir. Pedagogik
texnologiyalar ta`limni mohiyat jihatdan o`zgartirishda, uning oldidagi muammolarni echishni osonlashtirishda muhim rol o`ynaydi. Modulli
texnologiyalar pedagogik texnologiyalarning qo`llanilishini osonlashtirib, ularning imkoniyatlarni kengaytiradi. Olimlar ishlab chiqadigan va pedagogik amaliyot
natijasi sifatida paydo bo`luvchi pedagogik texnologiyalarni, modulli texnologiya
vositalarisiz, eng muhimi elektron vositalar, komp’yutersiz amalga oshirib
bo`lmaydi. Modulli texnologiyada ta`lim tizimining komponentlarnidan, mazmun,
shakl, vosita, metodlarning pedagogik, didaktik, ta`limiy imkoniyatlardan keng
foydaniladi.
Astronomiya ta`limida pedagogik va modulli texnologiyalar o`quvchini
bilim egallash, kasbiy malakasini oshirish, o`qituvchining o`z vaqtida ko`proq
astronomiyaviy o`quv materiallarini o`quvchilarga komp’yuter, elektron vositalar
yordamida etkazishni taqozo etadi. Ammo, elektron vositalar, modem, elektron
pochta, global internet tizimi, masofaviy ta`lim, telekommunikatsion aloqalar
vositasida amalga oshiriladi. Bunda ta`lim o`quvchi va texnik vositalar
imkoniyatlarining o`zaro bog’liqligida amal qiladi. Bir necha mamlakat pedagogo`qituvchilari jahon ahamiyatidagi (ekologiya, kosmosni o`zlashtirish, ijtimoiy, iqtisodiy) muammolarga doir masalalarni loyihalar metodi asosida internet hamda informatsion texnologiyalardan foydalangan holda hamkorlikda yechishlari mumkin. Ammo astronomiyani modulli texnologiya vositalari yordamida o`qitish, masofaviy ta`lim, didaktik qonuniyatlar asosida amalga oshirilishini unutmaslik lozim. Modulli texnologiyalar insonning axborotlarni qabul qilishni mexanizmi, shuningdek, pedagogika, psixologiya fanlari qonuniyatlariga asoslanadi.
Astronomiya ta`limi jarayonida o`qishga qiziqish o`z-o`zidan emas, balki
o`qituvchi mahorati, aniqrog’i u qo`llaydigan usul, vositalar metod orqali amalga
oshiriladi. Bunda eng muhimi o`qituvchining astronomiyaviy dars mazmuni va
maqsadiga mos keluvchi qiziqtiruvchi metodlarni qo`llash qulay omildir.
Do'stlaringiz bilan baham: |