2-MA’RUZA MAVZUSI: Ona tili punktuatsiyasining asosiy tamoyillari
Mantiqiy-grammatik tamoyil, uslubiy tamoyil, differentsiatsiya tamoyili.
Reja:
Tinish belgilari haqida umumiy ma’lumot
O’zbek tili punktuatsiya- sining asosiy tamoyillari
O’zbek tilida tinish belgilari va ularning tasnifi
TAYANCH SO`Z VA IBORALAR: nuqta, so`roq, undov, ko`p nuqta, vergul, nuqtali vergul, ikki nuqta, tire, qavs, qo`shtirnoq.
Tinish belgilari va ularning yozma nutqda qo`llanishini o`rganadigan bo`lim punktuatsiya deb yuritiladi.
1-§. Nuqta
Nuqta quyidagi o`rinlarda qo`yiladi:
1. Tinch ohang bilan aytilgan darak, buyruq va undov (his-hayajon) gaplardan keyin: Oltin kuz fasli kirib keldi. Darslarni o`z vaqtida tayyorlab yurgin. Koshki uning kuchi etsa.
2. Birinchi qismida nuqta, ko`p nuqta, undov yoki so`roq belgisi bo`lgan ko`chirma gap o`rtasida kelgan muallif gapidan so`ng: "Men hozir jo`nayman, - dedi u. – Siz esa yarim soatlardan keyin yo`lga chiqing".
3. Qisqartirilgan ism va familiyalarning birinchi harfi yoki qismidan keyin: M.Ism. (Mirzakalon Ismoiliy)
4. Sanash yoki ayrim fikrning qismlarini ifodalagan va oy, kun, yillarni bir-biridan ajratish uchun qo`llangan raqam yoki harflardan keyin: 27.09.2002 kabi.
D i q q a t ! Qavsga olingan manbadan oldingi gap oxiridagi tinish belgilari o`z o`rnida saqlanadi va qavsdan keyin hech qanday tinish belgisi qo`yilmaydi: Ketdi. (A.Q.) SHuningdek, sarlavhalardan keyin (darak gap bo`lsa) nuqta qo`yilmaydi.(18; 104).
2-§. So`roq belgisi
1. So`roq belgisi so`roq gaplardan keyin qo`yiladi: Ishga tayyormisiz?
2. So`roq gaplar bittadan ortiq bo`lib kelishi mumkin: Bunday paytlarda so`roq belgisi quyidagicha qo`yiladi:
1) so`roq gaplarning har biriga ahamiyat berish lozim topilsa yoki har qaysi so`roq gap mazmuniga ko`ra mustaqil bo`lsa, har biridan so`ng so`roq belgisi qo`yiladi: Qishloqlar qanday? Og`aynilar yaxshi yurishibdimi?
2) agar so`roq gaplar mazmunan umumiy bir fikrni ifodalasa, so`roq belgisi eng so`nggi so`roq gapdan keyin qo`yiladi: - Tag`in mehmon boshlab keldingmi? Kim kelyapti: Savrimi, Rahbarmi, yo akangning bolalarini etaklab kelyapsanmi? (G`.G`.)
3. So`z yoki ibora noaniq bo`lsa, unda gumon ifodalansa, so`roq belgisi qo`yiladi: Bu ishlarning hammasini yarim soat (?) ichida bir o`zi bajardimikin?
D i q q a t ! Ba’zan qo`shma gaplar tarkibidagi sodda gaplardan biri so`roq gap shaklida, ikkinchisi esa uning izohi sifatida kelishi mumkin, bunday holatda ular orasiga vergul yoki tire qo`yilishi mumkin: U ertaga keladimi, kelmaydimi, bu men uchun qorong`i
Do'stlaringiz bilan baham: |