Kurs ishi mavzu: Termachilik va ovchilik. Ibtidoiy jamoada mehnatning taraqqiy topishi Bajardi: Qabul qildi: Urganch-2022 mundarija kirish



Download 118,43 Kb.
bet1/2
Sana29.05.2022
Hajmi118,43 Kb.
#615473
  1   2
Bog'liq
Termachilik va ovchilik. Ibtidoiy jamoada mehnatning taraqqiy topishi


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI



KURS ISHI


Mavzu: Termachilik va ovchilik. Ibtidoiy jamoada mehnatning taraqqiy topishi


Bajardi:


Qabul qildi:


Urganch-2022
MUNDARIJA
KIRISH
I.BOB.IBTIDOIY JAMOADA O’ZLASHTIRUVCHI XO’JALIKNING AHAMIYATI.
1.1. Termachilik xo’jaligining shakllanish bosqichlari.
1.2. Ibtidoiy odamlar hayotida mehnatning o’rni.
II.BOB. IBTIDOIY JAMOADA MEHNATNING TARAQQIY TOPISH OMILLARI
2.1. Ovchilik xo’jaligining ibtidoiy jamoadagi o’rni.
2.1. Dastlabki mehnat qurollari haqida umumiy tushuncha.
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.


KIRISH
Ibtidoiy jamoa tuzumi insoniyat tarixida eng uzoq davom etgan tuzumdir. So’nggi ma'lumotlarga ko’ra insoniyat paydo bo’lganiga ko’ra 2,5-3,0 mln yil bo’lgan. Ibtidoiy jamoa tuzumi 5000 yil oldin barham topa boshlagan va sinfiy jamiyat quldorlik tuzumiga o’rnini bo’shatib bergan. Osiyo va Afrikada dastlabki sivilizatsiyalar er.av. IV-IIIming yilliklarda, Yevropada er.av. I ming yillikda, yer sharining ayrim joylarida keyinroq paydo bo’lgan. Jahon xalqlari tarixi muqarrar ravishda biri ikkinchisi bilan almashinuvchi beshta tarixiy davrga bo’linadi. Ular ibtidoiy jamoa, qadimgi, o’rta, yangi va eng yangi tarixiy davrlardir. Ularning eng dastlabkisi ibtidoiy jamoa tuzumi hisoblanadi. U yer kurrasida odamzod paydo bo’la boshlagan vaqtdan boshlab ibtidoiy gala, urug’ urug’chilik tuzumining vujudga kelishi, urug’chilik tuzumining yemirilishi, mulkiy tengsizlik tabaqalar va davlatning kelib chiqishigacha bo’lgan katta tarixiy davrni o’z ichiga qamrab oladi.
Mavzuning dolzarbligi: Ibtidoiy jamoa tuzumi o’zidan keyingi barcha davrlarga nisbatan mehnat qurollarining soddaligi, binobarin ishlab chiqarish kuchlarining nihoyat darajada past bo’lishi bilan belgilanadi. Ibtidoiy jamoa tuzumi davrida ayniqsa urug’chilik tuzumigacha bo’lgan davrda odamlar tosh, yog’och, suyak va boshqa buyumlardan yasalgan juda sodda qurollarga ega edilar. Ular yerda mavjud bo’lgan narsalarni terib yeb ovchilik va termachilik bilan tirikchilik qilganlar. Keyingi yillar ichida arxeolog olimlar Afrika, Osiyo, Yevropa va yer kurrasining boshqa joylaridan ibtidoiy kishilarning juda ko’p makon va manzillarini kavlab ochishga muvaffaq bo’ldilar. Arxeologik qazishlar natijasida mazkur manzilgohlardan kishilikning eng qadimgi tosh asriga mansub bo’lgan ko’plab tosh, suyak va yog’ochdan yasalgan oddiy, sodda qurollari hamda ularning ayrim siniq parchalari topilgan. Ibtidoiy jamoa tuzumi davrida, ayniqsa uning dastlabki bosqichlarida odamlar yasab foydalangan mehnat qurollari shunchalik sodda ekan, bu ularning mehnat malakasi, ishlab chiqarish tajribasining nihoyat darajada past bo’lganligidan darak beradi. Demak, mehnat qurollari xilining ozligi, ularning soddaligi, qurol yasash texnikasining rivojlanmaganligi, o’z imkoniyatlarini bilmaslik ibtidoiy kishilarni tabiat oldida, unda ro’y beradigan turli-tuman dahshatli tabiiy hodisalar oldida ojiz va himoyasiz qilib qo’ygan edi. Bu hol ibtidoiy jamoa tuzumi davridagi odamlarning yakka tartibda yashab kun kechirishlariga, binobarin tabiatdagi xilma-xil hodisalarga qarshi ayrim-ayrim holda kurashlariga sira ham imkon bermas edi. Insonni bu dahshatli kuchlardan, azob-uqubatlardan faqat mehnat, shunda ham umumlashib qilingan ijtimoiy mehnat qutqara olar edi, xolos. Ibtidoiy kishilar birgalashib mehnat qilishlari natijasidagina qadam-baqadam tabiatning dahshatli kuchlarini yenga boradilar. Ibtidoiy davr kishilari o’sha vaqtlarda birgalashib mehnat qilmaganlarida, umumlashib vahshiy hayvonlarga qarshi kurashmaganlarida,ular qurshovida yashay olmay mazkur hayvonlarga yemish bo’lib, yer yuzidan yo’q bo’lib ketar edilar. Yuqorida ta’kidlab o’tganimizdek ular umumlashib yashash va mehnat qilishlari tufayligina yovuz kuchlardan g’olib chiqdilar.Demak,o’sha davrdagi shart-sharoit ibtidoiy kishilarni birgalashib mehnat qilish va yashashga majbur etdi. Birgalashib mehnat qilish, ishlab chiqarish vositalari, hamda iste’mol mahsulotlarini hamma uchun umumiy mulkka aylantirgan edi. Umummehnat natijasida qo’lga kiritilgan oziq-ovqat va boshqa iste’mol buyumlari u yoki bu guruhda yashagan barcha katta-kichik kishilar orasida barobar taqsimlanar edi. Lekin umumiy mulk bilan bir qatorda kishilarning shaxsiy buyumlari ham bo’lgan. Kiyim-bosh, jangovar,ov va ba’zi ishlab chiqarish qurollari shular jumlasidandir.Ibtidoiy jamoa tuzumi davrida nozi-ne’matga hammaning egalik qilishi, tenglik mavjud ekan,unda xususiy mulk ham, kishini kishi tomonidan ekspluatatsiya qilish ham qabiladan alohida ajralib turuvchi zo’ravonlikka asoslangan hokimiyat ham yo’q edi.

Download 118,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish