O`RTA ASRLAR G`ARBIY YEVROPADA FEODAL TUZUMNING VUJUDGA KELISHI.
REJA:
1. O`rta asrlar tarixining mazmuni va xronologik chegaralari.
2. Quldorlik tuzumining inqirozi va Rim emperiasida feudal munosabatlarning vujudga kelishi.
3. Varvarlarning ijtimoiy tuzumi
4. Rim emperiyasining varvarlar tomonidan istilo qilinishi.
O`rta asrlar degan atama yangi atamadir. Bu atamani XVI- XVII asrlarda yashagan gunontes tarixchilar kiritgan bo`lib, ular ham buni o`z navbatida gunonest – felologlardan olganlar, gunomest filologlar lotin tilini qadimgi, o`rta va yangi yoki uyg`onish davri yangi davr deb atalgan til deb uchga bo`lganlar. Bu atamashunoslik XVIII asrda o`zil- kesil qaror topdi.
O`rta asrlar tarixi insoniyat tarixida muhim bosqich tarixshunoslikda u uzoq davrni milodning V-XVII asrlarini o`z ichiga oladi. O`rta asrlar tarixi 3ta katta davrga bo`linadi.
1. Ilk o`rta asrlar V asrda boshlanib, taxminan XI asr oxirigacha bo`lgan davrni o`z ichiga oladi. Bu davr insoniyat tarixida yer mulkchilik shu munosabatlari bilan bog`liq iqtisodiy usuliga yani feodal munosabatlariga utish feodal poshestisining vujudga kelishi feodal tabaqalarning tashkil topishi katolik cherkovi ta`sirining G`arbiy Yevropaga yoyilishi katolik cherkovi ta`sirining G`arbiy yevropaga yoyilishi islom dinining paydo bo`lishi va keng tarqalishi davridir.
2. Rivojlangan o`rta asrlar XI – XV asr o`rtalarida bo`lgan davrni o`z ichiga oladi va bu davrda feodal usuli qilishmoqda tula rivojlanibgina qolmay balki sex hunarmandchiligiga va o`ziga xos shahar ijtimoiy yuzumiga ega bo`lgan o`rta asrlar shaharlari rivojlanib muofaqiyatga erishdi ya`ni shahar respublikalar vujudga keldi. Solib yurishlari natijasida mexnat taqsimoti o`sdi savdo rivojlandi, natural xo`jalik boshlari
3. So`ngi o`rta asrlar XV – XVII asrning birinchi yarmini o`z ichiga olib davrda yevropada uyg`onish davri madaniyatining rivoji dastlabki jamg`arish (kapitalining) vujudga kelishi Buyuk geografik kashfiyotlar va ixtirolar Yevropa diniy reformatsiyasi dexqonlar urushlari va ilk vujudga inqiloblari davridir.
O`rta asrlar davri 476 yil ya`ni G`arbiy Rim Emperiyasining qulashi voqeasidan boshlanib to 1640 yilgi Angiliya burjua rivoliyutsiyasiga bo`lgan davrni o`z ichiga oladi.
O`rta asrlar davriga oid manbalarni 3 turga bo`lamiz 1) Tarixiy yilnoma yoki qissalar bularga Sali haqiqat Russkaya pravda va hokozolar.
2) Hujjatlar ijtimoiy- iqtisodiy huquqiy va siyosiy hayotni kursatuvchi jarimalar soliqlar boshqaruv va sud faoliyatlari bilan bog`liq yozma majbualar.
3) Qonunchilik bilan bog`liq manbalar bu emperator yoki qarorlar farmonlar parlament qarorlari va hokozolar.
Rim imperiyasida quldorlik tuzumi III asrdayoq tamomila tushkunlikka uchragan edi. Qo`l mehnati unumdorligining pastligi, Rimga qarshi tuxtovsiz qo`zg`olonlari bularning hammasi quldorlik xo`jaligini ekspeditsiya qilishning boshqa farmonlari joriy qilish yo`li bilan ijtimoiy- iqtisodiy inqirozlar qutulishiga urindilar emperiyaning III asrdan V asrgacha ravon etgan so`ngi davrdagi Rim quldorlari iqtisodiyotning xususiyati ana shunday bo`lib bu tarixda kolanlik (lat ijarachi ijaraga yer oluvchi nomini oldi). Dastlabki kolanlar deb Rim quldorlar ponestelaridan yer uchastkalarini ijaraga olib ishlovchi ijarachi erkin mayday dehqonlar tushunilgan. Davlatning bir qadar qo`llab quvatlashiga qaramasdan, rimlik mustaqil dehqonlar xonavayron bo`la boshladilar, ularning yerlari quldorlar qo`liga o`ta boshladi.
332 yilda emperator Konistantin katta yer egalarining manfatlarini ko`zda tutib kalonlarni ishlab turgan pomestesini tashlab kelishi taqiqlaydigan va qochib ketgan qolganlarni majburiy yo`l bilan qaytarib olib kelinilishini talab qiladigan farmon chiqardi. Bu farmon natijasida qolgan ikki feodali maxluq bo`lib qolgan edi. u yuridik jixatdan qo`l deb xisoblanmas edi. (ya`ni u qo`lga nisbatan erkin qo`sh deb xisoblanar edi, davlat undan fuqorolik soliqlari olar edi), lekin haqiqatda esa erkin emas edi, chunki u polestedan chiqib ketolmas va yer egasiga obrok tulab turishga va qo`llik majburiyati borligina o`tashga majbur edi.
IV-V asrlarda qolganlar soni yersiz dexqonlar xisobiga qisman ozod qilinganlar qullar xisobiga ko`paya bordi.
IV asrda Rim xukumati o`zining III asrda og`ir inqiroz xolatidan birmuncha qutuldi. Imperatorlardan Demokletian (284-305) va Konstantin (306-337) imperiyaning ma`muriy- ma`naviy sohasi mustaxkamlash uchun bir qancha islohatlar o`tkazdi. Soliqning natural shaklida olinishi, soliq solishi tartibga solish maqsadida goh-goh yerlarning va aholining hisobga olib turishi ish haqining va molar tarixining normaga solinishi otin muomalasining tiklanishi shu islohatlar jumlasidandir.
Imperiyaning inqirozi IV asr ohiri va V asr boshlarida battar keskinlashdi. Ijtimoiy – iqtisodiy islohatlar o`tkazilishiga qaramay, Rim jamiyati qo`ldorlikka asoslanmay jamiyat halicha qolgandi. Quldorlik tuzilishni yo`q qilinishini bir bu inqilob yo`li bilan amalga oshirish mumkin edi. Bu juda katta ijtimoiy o`zgarishlarning xarakatlantiruvchi kuchlar Rim jamiyatidagi ezilgan sinflar va varvarlar bo`ldi. Kullar kolonlar shahar hunarmandlari III – V asrlar davomida o`z xo`jayinlariga quldorga qarshi kurash olib bordilar. Galliya va ispaniyada bogaudlarning III –V asrdagi qo`zg`oloni ishtimoiy Afrikada aganistiklarning xarakati resiya Gannaniya Norikadagi sukamarlarning Vasr o`rtalaridagi g`oloyonlari kuchli tarqoq uyushmagan edi va mag`lubiyat bilan tugar edi. biroq quldorlik Rimga qarshi ezilgan aholidan tashqari yana bir kuch qo`shni varvarlar ham bilan kutardi. Rim emperiyasining qiyin axvolidan foydalanib bush yer va boshqa o`lkalar paydo bo`lgan varvarlar (IV-V asrlarda bular asosan german qabilalari edi) birin ketin viloyatlarni qo`lga ola boshladilar nixoyat 476 yilda G`arbiy Rim emperatorlari qo`lida birgina italiya qolgan edi.
Italiyadan shimolga juda ko`p varvar qabilalari yashagan ular 3 ta katta guruhga keltlar germanlar va slovyanlarga bo`lingan edi. Varvarlarning ijtimoiy tuzumi Rim quldorlik tuzumiga butunlay qarama- qarshi edi. ularda hali ijtimoiy sinflar tarkib topmagan edi. haqiqiy ma`nodagi davlat yo`p edi. Bu qabilalar aholisining asosiy ommasi erkin kishilardan iborat edi.
Rim dastlabki keltlar bilan tuqnashdi. Kelt qabilalari I ming yirik o`rtalarida g`arbiy yevropaning ancha hududida urnashib olgan edi. VI-III asrlarda ular g`arbiy germaniyada va fransiyada (golliyaliklar Ispaniyada kelt iberlar Irlandiyada) (irlar yoki eyrlar) Angliyada (britlar) Shvetsariyada (gollevetlar) o`rnashgan edilar. Kichik Osiyodakeltlar III asr o`rtalarida davlat tuzib, bu davlat Gallantiya deb ataldi. Keltlar o`rta asr Yevropasining tashkil topishida muhim rol o`ynadilar. Keltlarning ko`pchiligi oqibat natijasida rimliklarga buysungan bo`lsa-da lekin ular varvarlar ichida birinchi bo`lib rimliklarga qattiq yurishlik kursatdilar, ya`ni bir qancha etnik va til elementlari G`arbiy Yevropadagi kuygino xalqlarga franso`zlar, irlandlar, inglizlar, ispanlarga keltlardan o`tdi.
Ikkinchi bir qabila germanlar bo`lib, ular Reyin daryosidan Elba daryosigacha bo`lgan hududlarda yashaganlar. Bu qabilalar haqida Rim tarixi Taqitning Germaniya degan kitobida va Yushiy sezarning Golliya urushi haqida sharqlar kitoblarida manbalar uchraydi.
III asrning o`rtalari ya`ni Rim emperiyasida qattiq ijtimoiy va siyosiy krizis hukm surayotgan bir paytda g`arbiy german qabilalari franklar va svevlar Reyindan ya`ni germaniyaning g`arbidagi Rim chegarasidan o`tdilar.
Huddi shunday vaqtda sharqiy german qabilalari ham siljiy boshladilar. Gotlar shimoldan janubga Duniy havzasiga tushib Doniya hududining bir qismini bosib oldi va sharq tomonga Qora Dengiz buyiga tarqaldi. Bu yerga gotlar slavyan sharqiy sarmat qabilalari va boshqa qabilalar orasida 150 yilda yashadila. Ular qora dendiz buyiga ko`p qabilali 2 ta qorollik Vestog korolligi (Dunayning quyi oqimi) va Ostgot korolligi (quyi denner xavzasida) tuzdilar va sharqiy Rim emperiyasining chegaralariga yaqinlashib keldilar. 3 chi bir qabila slovyan bo`lib ularni eralizni VI asrida vizantiyalik yozuvchilar ko`p tilga olganlar. VI asrda yashagan Vizantiyanlik tarixchi Grokopiy slovyanlarni sklavinlar va antler deb atagan. Trokopiyning yozishicha sklavinlar dunay buyida antler Denestrning sharqida yashaganlar.
Slovyanlar juda katta hududda shimolda Boltiq dengizi qirg`oqlarida tartib janubda Dinaygacha, g`arbda Dunaydan tortib to Dnenr xavzasigacha va deneprning shimoldan to okagacha borar edi.
VI-VII asrlarda slovyanlar Vislardan Elbaga qarab Rim emperiyasi hududiga kuchib ketganm german qabilalarini ilgariga hududlarni inom qildilar. Nihoyat slovyanlar Bolqon yarim oroliga sharqiy rim emperiyasi hududiga vizantiya bostirib kirdilar va joylashib olib vizantiya ijtimoiy- iqtisodiy tuzumining o`zgarishiga katta ta`sir kursatdilar.
IV asr boshlaridan boshlab qabilalarning katta katta ittifoqi birlashuvi jarayoni yuz bera boshladi. Quyi reyinda allemanlar ittifoqi Elbada va elbaning narigi tomonida langardlar vandallar burgundlarning ittifoqlari tashkil topdi.
IV asr oxiri va V asr varvarlar yoppasiga emperiya hududiga yul olishdi va bu tarixga xalqlarning buyuk kuchishi emperiya hududiga qarshi davri bo`lib kuchish natijasida xalqlarning buyuk yaxshi chegaralari keskin o`zgarib gotlarning kuchib kelishi bilan boshlandi. (Gotlarning sharqiy qismidagi getlar ostgotlar ko`p qabilali ittifoq bo`lib ularga slovyan va sharqiy sarmat qabilalari ham kirgan edi, bu davlat korol germarix 50 yil boshchilik qildi. U 375 yilda vafot etgach Qora Dengiz bo`yicha Osiyodan ko`p sonli genlar qabilasi keldi). Gotlarning xunnlarga itoat etmagan qismi g`arbiy gotlar deyilgan. Vestgotlar Bolqon yarim orolning janubiga qarab yo`l olib 378 yilda adrinolpolga yaqin joyda Rim qo`shinlarni tor-mor qiladilar bu qushinlarga kumondonlik qilgan emperator Valent o`ldiriladi. Yangi emperator feodasiy I (379-395) muzokaralar yo`li bilan vestotlarni tinchlantirdi, va ularga Bolqon yarim orolning serxosil yerlari ajratib berildi. 90 yillarga kelib Illiriya viloyati vestgotlarga berildi.
Feodosiy vafotida keyin emperiya uning o`g`illari o`rtasida taqsimlandi Sharqda arkadiy (395-408) G`arbda Gonariy (395-423) idora qila boshladi.
Gonariyning lashkarboshisi stilixian (u varvar edi) dastlab bestgotlarning italiyaga qolgan hujumlarini tuxtatib turdi. Vestgodlar koroli Alarix 409 yilda Italiya xududiga kirib bordi (chunki bu paytda stilixnan vazifasidan tushirilgan edi. Shuning uchun Aldix qarshilikka uchramadi). Vestgotlar Rimni 410 yilning 24 avgust kuni bosib oldilar. Alarix 410 yilda afrikaga yurish qilayotgan mahal uldirildi. Vestogtlar Genrix xukumati bilan kelishib bir oz muddatdan so`ng janubiy Golliyaga o`tdilar va ularda 419 yili Rim emperiyasi xududida dastlabki varvar koroligini tuzdilar, uning poytaxti Guluza shahri bo`lgan guluzakorolligi rim emperiyasiga nomigagina qaram edi. aslida u butunlay mustaqil edi.
Bu davrda boshqa bir varvar qabilalari vondollar va svevlar Grapiya yarim oroliga bostirib kirdilar va gvadnana daryosi janubini egalladilar. Vangdallar bu yerda korol Teyzerex boshchiligida ishtimoiy Afrikaga hujum qildilar va 439 yilda 2chi varvar ko0rolligi tashkil topib bu davlatning poytaxti qadimgi Karfogen 443-457 yillar Rona daryosi havzasida yana bir varvar korolligi vujudga keldi, bu korollikning poytaxti Lion shahri bo`lib, bu Burgundiya korolligi edi.
Bu korollik hajmi jihatdan kichikroq bo`lsada horazm Fransiyaning janubi sharqida joylarni shig`ol qilgan edi. Bu paytda G`arbiy Rim emperiyasini salmoqda yo`q emperator Valentian III (425-455) idora qilib turgan edi. U 455 yilda o`ldirilgach vondallar hujum qilib Rimga 4 kun taladilar va bu hujum emperiyani uzil- kesil xalok qildi. 476 yilda German qabilalarining sarkardasi odoakr G`arbiy rimning sulchi emperatori 15 yoshli Raul Avgustni taxtadan o`g`daradi. Germanlar o`z lashkarboshlari odakrni emperator deb e`lon qilganlar. Shunday qilib G`arbiy Rim emperiyasi rasmiy islohatdan ham tamom qiladi. Uning markazi hududini 486 yilda frank qiroli xilofsiz bosib oldi.
Italiyani nomigagina taxtdan utirgan emperatorlar nomidan yo`llanma varvar drujinchilarni boshliqlari idora qildi .
Italiyani bosib olgan ostgotlari vizantiyanliklar 552 yilda mag`lubiyatga uchratadi va vizantiyaliklar Italiyani 555 yilda betamon bosib oldilar va ostoglar qirib tashlandi.
Lekin vezantiyaning Italiyada xukmronlik qilishi uzoqqa bormadi 568 yilda Shimoliy Italiyaga yangi varvarlar longobortlar bostirib kirdilar. Langabardlar oldin Elbaning chap qirg`og`ida yashagan bo`lib svev qabilalarga qarindosh edi. langardborlar boshlig`i korol alboin edi, yangi davlatning poytaxti Gaviya shahri edi. Longarband koroligi bilan bir vaqtda Italiyada VI-VII asrlarda yana bir siyosatni popalik vujudga keldi. Rimning va Rim oblostining ham diniy ham uslubiy xokimi bo`lgan birinchi popa Grigoriy I (590-604) bo`ldi shunday qilib G`arbiy Yevropa xaritasi V- VI asrlarda butunlay o`zgarib ketdi. G`oyat katta G`arbiy Rim emperiyasi tomomila yo`qoldi. Sharqiy Rim emperiyasi Vizantiya degan nom bilan yashab keldi.
Yevropada davlat tuzumi ibtidoiy bo`lgan o`nlab mayday – mayday varvar koroliklari vujudga keldi.
Adabiyotlar.
1. Sh Primqulov “O`rta asrlar tarixi“ (ma`ruzalar matni) Samarqand -2001
2. S. Nefyodov “Istoriya Srednix vekov“ M-1996
3. M. Boyqov R. Shukurov «Istoriya srednix vekov» M. 1995
4. R. Qurbongaliyeva «O`rta asrlar tarixi» O`quv uslubiy qo`llanma T-1991
5. A. Folenko «O`rta asrlar tarixi izoxli lug`at» T-1979
6. V. Semenov “O`rta asrlar tarixi“ T 1973
7. Udalsova S. Karpov «Istoriya srednix vekov» T 1-2 T ;1991
Do'stlaringiz bilan baham: |