2 mavzu: frank qabilalarida imperiyaning shakllanishi (2-soat). R e j a



Download 142,58 Kb.
Pdf ko'rish
Sana18.01.2022
Hajmi142,58 Kb.
#386292
Bog'liq
2 mavzu bayoni



2 - MAVZU: FRANK QABILALARIDA  IMPERIYANING  

SHAKLLANISHI (2-SOAT). 

R E J A: 

1.

 



Vandallar,  burgundlar,  langobardlar,  gotlar  qirolliklari.  

2.

 



Frank qabilalari, franklarning  bo‘linishi,  ularning  xo'jaligi  

3.

 



Merovinglar  va  ularning inqirozi  

4.

 



Mayordamlikning  mohiyati.  

 

Mavzuga oid tayanch tushunchalar va iboralar: 

 Vestgot,  varvar,  kvadlar,  markomanlar,  svevlar,  langobard,  got,  vandallar, 

burgund, ostgot, zodagon, «yer kaxatchiligi», «Kaspiy darvozasi», gunn, federat, 

Gvadiana,  «vandalimz»,  Vorms,  Sharqiy  Rim,  «xalqlar  jangi»,  «fara»,  «urug», 

aristoqrat,  plantator,  kazarma,  obroq,  latifundiya,  papa,  yepiskop,  «Buyuk 

ko’chish». 

 

Foydalanilgan adabiyotlar: 



1.

 

Agafiy.  O sarsvovanii Yustiniana. (per.statya i primech. M.V. Levchenko). 



2.

 

Istoriya  Vizantii. V 3 t. M., Politliter. 1971. T.1.G 



3.

 

Grigoriy Turskiy «Istoriya frankov» M.,1987. 



4.

 

Ya.M. Svev. Oqeanlar osha sayyoxat. T.,1975. 



5.

 

O’rta asrlar tarixi V.F. Semenov T. ,1973.  



6.

 

Granovskiy T.N. Leksii po istorii srendnevekovya. M., MGU. 1986. 



7.

 

Istoriya srednix vekov Pod red. Z.V. Udalsevoy i S.P. Karpova I-II ch. M., 



Vыsshaya shqola. 1991. 

 

1-asosiy savol: 



IV asr oxiri–V asr boshlarida varvarlarning imperiyaga bo`lgan munosabatlari 

va Vessgotlar imperiyasi. 

 

Mavzuning  maqsad:  IV  asr  oxiri–V  asr  boshlarida    Rim  imperiyasida 



varvarlarning  qanday  tashqil  topishini  aytish,  o’sha  davrlarda  varvarlarning 

imperiyaga  bo`lgan  munosabatlarining  keskinlashuvini  ochib  berish, imperiyaga 

gunnlarning kelishi sabablarini aniqlash hamda imperiyada vestgotlarning siyosiy 

tuzumiga baxo berish. 

 

Identiv o`quv maqsadlari: 



1.1.

 

IV asr oxiri – V asr boshlarida Rim imperiyasining ijtimoiy hayotini aytib 



beradi. 

1.2.


 

Varvarlarning imperiyaga bo`lgan munosabatini ochib beradi. 

1.3.

 

Imperiyaga gunnlarning kirib kelish sabablarini aniqlaydi. 



1.4.

 

Vestgotlarning imperiyada siyosiy tuzumiga baxo beradi. 



 

1 – asosiy savolning bayoni: 

         Varvarlarning Rim imperiyasiga bo`lgan munosabati IV asr oxirigacha 

kelib  juda  ham  keskinlashib  ketdi.  Imperiyaning  zaiflashuvi  varvar  qabilalariga 




imperiya  chegarasidan  deyarli  bemalol  o’tib,  uning  territoriyasini  egallab  olish 

uchun imkon berdi.  Imperiya varvarlarning siquvini yana bir oz vaqt to’xtatib tura 

olar  edi,  lekin  u,  imperiyaga  federat  –  ittifoqchilar  tarzida  xizmat  qilayotgan 

varvarlarning  o’zining  yordamiga  tayangan  chogdagina  shunday  qila  olar  edi. 

Ammo federatlarning dushmanga aylanishi oson edi; buning oldini olish  uchun 

imperiya  ularga  tobora  ko`proq  yon    berishga    majbur  bo’lmoqda  edi.  German 

qabilalari  II-IV  asr  O’rtalarida  o’zlarining  ishlab  chiqarish  kuchlarini  anchagina 

rivojlantirdilar.  Ular  Sezar  va  Tasit  zamonidagiga  qaraganda  yaxshiroq  ishlay 

boshladilar.  Ularda  xayvonlarning  nasli  (jumladan,  otlarning  nasli)  yaxshilandi. 

Xunarmandchilikdan  rivojlantirishda  ancha  olga  ketiladi.  Germaniyaning  ko`p 

joylarida  yer  ustidagi  yoki  uncha  katta  bo`lmagan  chuqurlikdagi  rudalar  ishlana 

boshlanadi. Chegara oblastida yashovchi germanlar rimlik savdogarlar bilan oldi – 

sotdi qila boshladilar. Varvarlarning axolisi tobora ko`payib borganligi uchun yer 

masalasi  juda  keskin  masala  bo`lib  qoldi.  Varvarlar  axolisining  oshib-toshib 

ketayotganligini sezmoqda edilar. Ular imperiyaning serhosil va qisman butunlay 

ishlov berilmagan yerlarini ishgol qilishga intildilar. Butun bir varvar qabilalarini 

rim  imperiyasiga  qarshi  keskin  kurash  olib  borishga  olib  kelgan  eng  muhim  va 

asosiy sabab yer tankisligi edi. Bu vaqtga kelib german qabilalarining ichida katta 

o’zgarishlar sodir bo’ldi. German jamiyatining tobora ko`proq tabaqalanib borishi 

–  zodagonlarning  ajralib  chiqishi,  ularga  qaram  bo`lgan  kishilarning  sonini 

ko`payishi va xoqozolar bilan bir qatorda, qabilalarning katta – katta ittifoqlarga 

birlashuv prosessi ham yo’z bermoqda edi. Quyi Reynda hamda Yutlandiya yarim 

oro’lida  anglo–saks  qabilalari  birlashmasi;  Yukori  Reynda  allemanlar  ittifoqi 

(bunga  kvadlar,  markomanlar,  qisman  svevlar  kirardi);  Yelbada  va  Yelbaning 

narigi  tomonida  langobardlar,  vandallar  burgundlarning  ittifoqlari  tashqil  topdi. 

Bundan  oldingi  bobda  gotlarning  ikkita  ittifoqi  –  vestgotlar  ittifoqi  va  ostgotlar 

ittifoqi vujudga kelib, bularning har biri Dunay va Kora dengiz bo’yi rayonida ko`p 

qabilali  davlat  tashqil  qilinganligi  gapirib  o’tilgan  edi.  IV  asrning  oxirlaridan 

boshlab va ayniqsa  V asrda varvarlar yoppasiga imperiya territoriyasiga qarab yul 

olib, uni asta–sekin istilo qila boshladilar. To`g`ri,  bu istilo qilish qariyb butun bir 

asrga  cho’zildi.  Ancha  vaqtgacha  bu  istilochilar  rasman  imperiyaning 

“ittifoqchilari”  deb  qaraldi.  Biroq  zamondoshlar  bu  nomga  aldanmadi.  G’arbiy 

Rim  imperiyasining  tobora  qo’llab  borayotganligi  shubxasiz  haqikat  edi. chunki 

varvarlar  imperiyani  istilo  yetish  bilan  bir  vaqtda  imperiya  territoriyasiga 

o’zlarining  butun  oilalari,  uy  anjomlari,  sigir  –  buzoqlari  va  xoqozolari  bilan 

ko’chib kelib, o’rnashayotgan edilar. Shuning uchun IV asrning oxiri va V asrning 

hammasini  o’z  ichiga  olgan  bu    davrni  tarixchilari  odatda  Xalqlarning  buyuk 

ko’chishi davri deb ataydilar.  

Bu ko’chish imperiya territoriyasiga gotlarning bostirib kirishidan boshlandi, 

deb  xisoblanadi.  Ostgotlar  va  vestgotlarning  imperiya  bilan  totuv  yashashlari 

mumkindek  tuyular  edi.  O’sha  vaqtda  Yevropaning  janubiy  –  sharqida  bu 

varvarlarning  juda  keng  yer  maydonlari  bor  edi.  Vestgotlarda  ham,  ostgotlarda 

ham xech qanday «yer kaxatchiligi» yuk edi. To`g`ri, ostgot zodagonlari gox-gox 

Bolqon yarim oro’liga hujum qilib turar edilar. Lekin  ikkinchi tomondan, gotlar 

Sharqiy  Rim  imperiyasi  bilan  tinch  savdo  aloqalari  olib  borar  edilar.  Gotlar 



xristianlikni sharqiy rimliklardan qabul qilgan edilar. Gotlar O’rtasida xristianlikni 

targib  qilgan  kishi  yepiskop  Ulfila  bo’ldi,  u  injilni  va  diniy  kitoblarni  got  tiliga 

tarjima qildi.  

  Ikki davlatning eng kuchli  - Ostgotlar davlati bo`lib, u ko`p qabilali ittifoq 

edi,  bu  ittifoq  o’zining  ostgot  qabilasidan  tashqari,  slavyan  va  sharqiy  sarmat  

qabilalaridan bir qanchasini o’z ichiga oladi va bu davlatga qiro’l Germanarix 50 

yil  boshchilik    qildi    (u  375  yilda    vafot  yetdi)  Ostgotlarning  o’zlari  mahalliy 

madaniyat ta’siriga anchagina berilib, mahalliy axoli bilan qisman aralashib keta 

boshlagan edi. 

Vestgotlarning Dunaydan o`tishi yo’zaki qaraganda aytarli bir narsa emasdek 

edi. Rimliklarning butun-butun qabilalarini federat qilib qabul qilish xollari ilgari 

ham  bo`lgan  edi  .  Lekin  haqikatda  etsa,  vestgotlarning  Bolqon  yarim  oro’lida 

paydo  bo`lishi  katta  oqibatlarga  olib  kelgan  edi.Gonoriyning  lashkarboshisi 

Stilixon  (aslida  varvar  edi)  dastlabki  vaqtda  vestgotlarning  Italiyaga  qilgan 

hujumini to’xtatib turdi. U xatto Britaniyadagi rim legionlarini (407 yilda) chaqirib 

keltirdi,    legionlarning    bu  vaqtida  Italiyaning  o’zida  bo`lishi  nihoyat  darajada 

zarur edi.  Biroq saroy axli O’rtasida fitna natijasida Stilixon tez orada vazifasidan 

tushirildi va o’ldirildi. Vestgotlar qiro’li Aliarix endi qattiq qarshilikka uchramay, 

409 yilda Italiya territoriyasiga kirib boradi. Keyingi yilda Alarix Rimni juda katta 

talonga  soldi.  Shu  narsa  harakterliki,  Alerix  Rimni  qo’llar  yordami  bilan  oldi. 

Rimda  va uning atrofida yashagan 40 mingga yaqin qo’l Alarix tomoniga utdi. 

 

Nazorat topshiriqlari: 



1.

 

Xalqlarning Buyuk ko’chish davri qaysi asrlarga to`g`ri keladi? 



2.

 

Vestgotlar Rimni qachon bosib oldilar? 



3.

 

Qiro’l Germanarix necha yil hukmronlik qildi? 



4.

 

Feodosiy o’lgandan keyin Rim imperiyasida qanday voqea yo’z berdi? 



5.

 

Rim  imperiyasining  varvarlar  tomonidan  istilo  qilinishining  oqibatlari 



ayting? 

6.

 



Nima uchun xalqlarning buyuk ko’chish davri deb ataydilar? 

 

2-asosiy savol: 



  Italiyada  bir  oz  vaqt  to`rgandan  keyin,  vestgotlar  Gonoriy  xukumati  bilan 

kelishib,  Janubiy  Galiyaga  utdilar  va  u  yerda  419  yili  Rim  imperiyasi 

territoriyasida  dastlabki  varvarlar  koro’lligini  tuzdilar,  uning  poytaxti  Tulo’za 

shaxri  bo’ldi.  Tulo’za  qiro’lligi  Rim  imperatoriga  nomigagina  qaram  xisoblanar 

edi. Aslida u butunlay  mustaqil edi. Galiyaga ko’chib kelganlaridan  vesstgotlar 

juda  ko`p  yerlarni  boshqatdan  taksimladilar,  Ular  mahalliy  galliyalik-rimlik 

qo’ldorlar  ixtiyoridagi  yerlarning  uchdan  ikki  qismini  undagi  qo’llar,  binolar, 

qishloq xo’jalik  asbob-uskunalari va  boshqa narsalari bilan birgalikda  musodara 

qilib,  o’zaro  bo`lishib  oldilar,  katta-katta  latifundiyalardagi  eng  yaxshi  yerlarni, 

qo’llarni va asbob-uskunalarni qiro’l bilan zodagonlar oldi. Oddiy vesstgot jangchi 

dehqonlar o’zlarining oilaviy chek yerlarini  - sortes -  ya’ni aynan olganda kur’aga 

(chekiga) chiqkan yerlarni oldilar, bular: xaydaladigan yerlardan, jamoaga qarashli 

yer-mulklar – o’rmonlar, yaylovlar va boshqalardan iborat edi. Keyincha V asrning 



oxiri – VI  asrning boshlaridan boshlab Vestgotlar koro’lligi Piriney  tog’larining 

narigi  tomoniga  Ispaniyaga  ham  yoyildi.  Uning  poytaxti  Toledo  shaxriga 

ko’chirildi. Taxminan, Galliyada  vestgtlar o’z davlatini vujudga keltirgan vaqtda, 

boshqa  bir  gruppa  varvar  qabilalari  Pireney  yarim  oro’liga    bostiri  kirdi.  Bular 

svevlar  bilan  vandallar  edi.  Svevlar  yarim  oro’lning  Shimoliy-g’arbiy  qismini 

bosib  oldilar,  vandallar  janubga  kirib  borib,  birmuncha  vaqtgacha  Gvadiana 

daryosi  janubidagi  territoriyada  yashadilar.  Xozirgi  vaqtda  ham  shu  oblast 

Andalo’ziya  deb  ataladi  (dastlabki  vaqtlarda  Vandalusiya  deb  atalar  edi). 

Vandallar  bu  yerdan  koro’l  Geyzerix  boshchiligida  Shimoliy  afrikaga  hujum 

qildilar.  Vandallar  Shimoliy  afrika  axolisining  quyi  tabaqalari  orasida  Rim 

xukumatining    va  katta  qo’ldorlarning  e`tibori  yukligidan  foydalanib,  bu  keng 

territoriyani  bosib  oldilar  va  439  yilda  Rim  imperiyasi  territoriyasida  ikkinchi 

varvar  qiro’lligini  vujudga  keltirdilar,  bu  davlatning  poytaxti  qadimgi  Korfagen 

bo’ldi. 


Vandallar  Rim zodagonlarining juda  ko`p yerlarini ham  musodara qildilar. 

Lekin  ularning  o’zlarida  ham  zodagonlar  tezlik  bilan  tarkib  topmoqda  edi,  bu 

zodagonlar  bosib  olingan  yerlar,  olingan  qo’llar  va  boshqa  xil  uljalar  xisobiga 

boyib  ketdi,  vandal  zodagonlari  Italiyaga  qilingan  bosqinchilik  hujumlari 

natijasida  ayniqsa  boyigan  edi.  455  yilda  vandallar  Rimni  bosib  olib, 

vestgotlarning  410  yildagi  tolon-tarojidan  battaroq  misli  qurilmagan  darajada 

taladilar va vayron qildilar. Vandallar Rimning eng nodir qadimgi yodgorliklarini 

ayovsiz  bo’zib  tashladilar.  Shu  sababli  «vandalizm»  degan  so’z  madaniyat 

yodgorliklarini vaxshiyona vayron qilish timsoli bo`lib qoldi. V asr O’rtalarida 443 

yil  bilan  457  yil  oraligida  Rona  daryosi  xavzasida  yana  bir  varvar  qiro’lligi 

vudjudga  keldi,  bu  qiro’llikning  poytaxti  Lion  shaxri  bo’ldi.  Bu  Burgundiya 

koro’lligi  bo`lib,  xajmi  jixatidan  bir  muncha  kichiqroq  bo`lsada,  xozirda 

Fransiyaning  janubi-sharqini,  geografik  va  strategik  jixatdan  juda  muhim  va 

serhosil  joyini  ishgol  qildi. Bu  koro’llik vujudga kelishi natijasida imperiyaning 

Shimoliy Galliya bilan aloqasi uzilib qoldi. Shunday qilib, G’arbiy Rim imperiyasi 

o’sha  vaqtdan  boshlab  haqikatda  birgina  Italiyaning  o’z  doirasi  bilan  cheklanib 

qoldi. Burgundlar ham  mahalliy galliyalik-rimlik zodagonlarning yerlarini tortib 

oldilar, lekin bu tortib olish vestgotlar utkazgan musodaraga qaraganda birmuncha 

xajmda bo’ldi.  

  Burgundlar  son  jixatidan  xiyla  oz  bo`lib,  IV  asrda  uzoq  vaqtgacha  yukori 

Reynda  rimliklar  bilan  yonma-yon  yashadilar  (ularning  o’sha  vaqtdagi  poytaxti 

Vorms  shaxri  edi),  ular  tez  vaqt  ichida  romanlashib,    V  asrdayoq  lotin  tilini, 

rimliklarning  urf-odatlarini  va  ularning  mulqiy  munosabatlarini  o’zlashtirib 

oldilar.  Biroq,  shunga  qaramay,  Burgundiyaning  asosiy  axolisini  bu  yerda 

o’zlariga chek yerlar olgan varvar dehqonlar tashqil yetar edi. 

 

Nazorat topshiriqlari: 



1.

 

V-VI asrlarda Rim imperiyasidagi ijtimoiy tuzumini tushuntiring? 



2.

 

Vestgotlarning Tulo’za koro’lligi qachon tashqil topdi? 



3.

 

Rim  imperiyasida  dastlabki  varvarlar  qiro’lligi  qachon  tashqil                



topdi? 


4.

 

Ikkinchi varvar qiro’lligi qachon vujudga keldi? 



5.

 

Uchinchi varvar qiro’lligi qachon vujudga keldi? 



 

3 –  savolning bayoni: 

   Atilla o’lgandan keyin imperator saroyidagi (saroy Ravennada edi) fitnalar 

avj  olib  ketdi,  natijada  Ayesiyning  o’zi  haloq  bo’ldi.  Ayesiy  Rimning  so’ngi 

davrdagi  davlat  arboblari  ichida  eng  ko’zga  ko`ringan  kishi  edi.  imperatorning 

buyrugi  bilan  o’ldirilgan  Ayesiydan  keyin  Valentinian  III  o’zi  ham  o’ldirildi.. 

Shundan  keyin  vandalar  (455  y.)  hujum  qilib,  Rimni  un  turt  kun  taladilar.  Bu 

hujum  imperiyani  o’zil-kesil  haloq  qildi.  Italiyani  nomigagina  taxtga  o’tirgan 

imperatorlar nomidan yollanma varvar drujinalarining boshliklari idora qildi. Shu 

drujina  boshliklaridan  biri  Odoakr  (kichkinagina  bir  german  qabilasining  – 

skerlarning  boshligi)  476  yilda  Rimning  oxirgi  imperatori  gudak  Romul 

Avgustulni taxtdan  tushirib, imperatorlik nishonlarini  Konstantinopolga,  sharqiy 

imperatorga yubordi. 

Shunday qilib, G’arbiy Rim  imperiyasi rasmiy jixatdan ham tamom bo’ldi. 

Uning markazi Parij bo`lgan Shimoliy Galliyadagi qolgan-ko`tgan territoriyasini 

10 yildan keyin (486 yilda) frank koro’li Xlodvig bosib oldi. Odoakr davlati yetnik 

sostavi  jixatidan  kurama  bir  davlat  edi.  Uning  qo’l  ostida  skerlar,  gerullar, 

gotlarning bir qismi, alanlar (Shimoliy Kavkaz qabilasi) va boshqalar bor edi. U 

Italiya  zodagonlari  qo’lida  yerlarning  uchdan  bir  qismini  musodara  qilib,  o’z 

tarafdorlariga berdi. Lekin italiyalik-rimlik axolining ichki ishlariga aralashmadi. 

Odoakrning  mavkei  umuman  mustaxkam  emas  edi.  U,  birorta    yirik  varvar 

qabilasidan  yordam  olaman,  deb  umid  qila  olmas  edi.  Odoakr  rimlik  qo’ldor 

zodagonlarning  yeralarini  musodara  qilib  olganlari  uchun  ular  bilan  Odoakr 

O’rtasidagi munosabat bo’zik edi. Shu bilan birga Konstantinopoldagilar ham unga 

ishonmas  edilar  va  uning  o`rniga  o’z  kandidatini  ostgotlar  koro’li  Teodorixni 

tayerlamoqda edilar. 

 Vestgot,  Vandal  va  Burgundiya  koro’lliklarining  vujudga    kelishi  bilan 

g’arbiy  rim  imperiyasining  ahvoli  nihoyat  darajada  mushukllashib  qoldi.  Bu 

vaqtda  imperiyani  idora  qilib  to`rgan  imperator  Valentinian  III  (425-455)  sonda 

bor,  salmoqda  yuk  bir  odam  edi.  Lekin  uning  ministri  (uni  tarixchilar  ba’zan 

«so’ngi buyuk rimlik» deb  atar edilar (Ayesiy) xiyla romanlashgan) varvarlarning 

birini ikkinchisiga qarshi ishga solib, imperiyani saqlab qolishga zur berib harakat 

qildi.  V  asr  O’rtalarida  imperiya  uchun  eng  xavfli  dushman  yuqorida  aytib 

o`tganimiz  gunnlar  bo’ldi.  V  asrning  dastlabki  uchdan  bir  qismi  ichida  gunn 

qabilalari  gayratli  va  shijoatli  qiro’l  Attila  (435-453)  qo’l  ostida  birlashdi. 

Attilaning poytaxti – Tissa kirgogi xozirgi Vengriya territoriyasida edi. Shu joydan 

Attila uzoq-uzoq joylarga Bolqon yarim oro’liga, Kichiq Osiyoga, Armeniyaga va 

xatto Mesopatamiyaga yurishlar qildi. Attila olib borgan urushlar ochiqdan-ochiq 

bosqinchilik, talonchilik urushlar edi.  Unga Vizantiya (Sharqiy Rim) imperatori 

katta  xiroj  to`lar  edi.  Dunay  yonida  yashovchi  ko`pgina  slavyan  qabilalari 

gunnlarga qaram edilar. 50-yillarning boshida Attila g’arbga yurish qildi va 451 

yili  Galliyaga  bostirib  kirib,  bu  yerda  ko`p  Shaharlarni  bosib  oldi  hamda 

Galliyaning eng muhim strategik punkti bo`lgan Orlean gunnlar tomonidan olindi, 



lekin Ayesiy Attilaga qarshi varvarlar federasiyasini tuzishga muvaffak bo’ldi va 

Iattila Orleandan chiqib ketishga majbur qildi. Attila ko`p sonli lashkarlari bilan 

birgalikda  yanada  sharqka  –  orqaga  burilib  (Sans  shaxri  orqali)  Trua  shaxri 

tomonga qarab yul oldi. 

Vizantiyaning  yordami  bilan  Teodorix  493  yilda  Italiyani  bosib  oldi  va 

shundan  keyin  30  yildan  ortiqroq  (493-526)  –  «gotlar  va  italiyaliklar  koro’li» 

bo`lib  hukmronlik  qildi. Uning  poytaxti    Ravenna  shaxri  edi  (ilgari  Gonoriydan 

boshlab Rimning so’ngi imperatorlari shu Shaharda yashagan edilar) 

  Teodorix  murakkab  ichki  va  tashqi  siyosat  yurgazdi.  U  o’zini  varvar 

koro’lliklarining  «kattasi»  deb  xisoblab,  varvar  koro’lliklari  O’rtasidagi 

munosabatlarni tartibga solishga harakat qildi. Teodorix Vizantiyaga nisbatan ham 

mustaqil  pozisiya  tutdi.  Sharqiy  rim  imperatorlari  uning  «ko’rnamakligidan» 

norozi  bo`lib,  Italiyada  imperator  hokimiyatining  tiklashning  yangi  rejalarini 

to’zmoqda  edi.  Ichki  siyosatda  Teodorix  axolining  ikkala  yetnik  grupasini  – 

rimliklar bilan varvarlarni murosaga keltirishga harakat qildi. U o’z saroyiga Rim 

olimlari  va  yozuvchilarni  tortdi,  ko`p  yeski  Rim  yodgorliklarini  tikladi,  atrofiga 

rimliklardan maslaxatchilar tupladi.  Teodorix davlatining siyosiy tuzumi Teodorix 

hukmronligining oxiriga qadar ikki yoqlama bo’ldi. Gotlar rimliklarga kushilmay, 

alohida  vaziyatda  yashadilar.  Ular  o’zlarining  german  sudi  koidalariga  muvofik 

sud qilinar edi. 

Teodorix vafotidan keyin Ravenna saroyida ikkita grupa bir-biri bilan qattiq 

kurash olib bordi:  bulardan biri-Konstantinopol bilan ittifoq tuzish tarafdori («Rim 

guruhi»),  ikkinchisi  –  mustaqil  siyosat  yurgizish  va  rimlik  qo’ldorlarni  yanada 

cheklash tarafdori edi.  Imperator  Yustinian I zamonida vizantiyaliklar ostgotlar 

italiyasini  istilo  yetdilar  va  butun  Appenin  yarim  oro’lini  Vizantiyaga  kushib 

oldilar.  Lekin  Italiyani  Vizantiya  osonlik  bosib  olmadi.  Gotlar  urushi  20  yildan 

ortik davom yetdi. Ostgotlar o’zlarini juda qattiq ximoya qildilar. Yangi saylangan 

ostgot qiro’li Totilla (541-552) Vizantiyaga qarshi kurashga, ostgotlardan tashqari, 

yozilgan  italiyaliklarning  bir  qismini  ham  tortdi.  Ostgotlar    o’zlarini  juda  qattiq 

ximoya  qildilar.  Imperator  Yustinian  farmonlar  chiqarib,  Italiyada  ilgarigi 

quldorlik tuzumini tikladi. Totilaning qo’llar va kolonlar to`g`risidagi farmon va 

xukmlari bekor qilindi. 

 

Nazorat topshiriqlar: 



1.

 

G’arbiy Rim imperiyasining eng oxirgi imperatori kim? 



2.

 

Gotlar urushi necha yil davom yetdi? 



3.

 

«Gotlar tarixi»ni kim yozgan? 



4.

 

G’arbiy Rim imperiyasining qulashi sabablarini aytib bering? 



5.

 

Gotlar urushning maqsad va oqibatlari? 



 

4 – asosiy savolning bayoni: 

 Vizantiyaningn  Italiyada    hukmronlik  qilishi  uzoqka  bormadi..  568  yilda 

Shimoliy Italiyaga yangi varvarlar – langobardlar bostirib kirdilar. Langobardlar 

oldin Yelbaning chap kirgogida yashagan bo`lib, svev qabilalariga qarindosh edi. 

Langobardlarning  boshligi  qiro’l  Alboin  edi.  Yangi  davlatning  poytaxti  Paviya 




shaxri  bo’ldi.  Italiyada  langobardlarning  nomi  shu  mahalgacha  ham  saqlanib 

qolgan-xozirgi Shimoliy Italiya Lombardiya deb ataladi. 

Langobardlar  istilosining  o’ziga  xos  bir  qancha  xususiyatlari  bor  edi. 

Birinchidan,  langobardlar  Shimoliy  va  qisman  O’rta  Italiyani  batamom  ishgol 

qildilar, mahalliy qo’ldor zodagonlar bilan xech qanday bitimga kelmadilar. Ular 

Appenin yarim oro’liga  rimliklarning federatlari sifatida emas, balki ularni istilo 

qiluvchilar  sifatida  keldilar.  Ikkinchidan,  langobardlar  Rim  qo’ldorlarining  juda 

ko`p mol-mulkini musodara qildilar. Masalan, biz yuqorida kurib o`tganimizdek, 

vestgotlar,  ostgotlar  yoki  uchdan  ikki  qismini  musodara  qilgan  bo`lsalar, 

langobardlar etsa, bunga konikmay, badavlat rimliklarning pomestelarini butunlay 

trtib oldilar. Kpdan-ko`p rimlik qo’ldorlar ko’lga aylantirildi, bir qismi oila a’zolari 

bilan  boshqa  mamlakatlarga  sotib  yuborildi.  Langobardlar  istilosining  uchinchi 

xususiyati  ulardagi  ijtimoiy  tuzumning  o’ziga  xos  xislatidan  kelib  chiqdi. 

Langobardlar  Italiyaga  kelgan  vaqtlarida  ularda  urugchilik  aloqalari  birmuncha 

mustaxkam  edi.  Ularning  Italiyada  joylashuvini  o’zi  ham  hali  xiyla  darajada 

urugchilik tusida edi. 

 Langobard  qiro’lligi  bilan  bir  vaqtda  Italiyada  VI-VII  asrlarda  yana  bir 

siyosiy  tashqilot-papalik  vujudga  keldi.  Italiyaga  langobardlar  kelgandan  keiyn 

ham rimlik yepiskoplar – papalar – rasman o’zlarini Sharqiy Rim imperatorlarining 

oliy hokimiyati qo’l ostida deb xisoblab keldilar. Haqikatda etsa. Konstantinopolga 

bo`lgan bu qaramlik kundan-kun yuqola bordi. Papalar asta-sekin O’rta Italiyaning 

mustaqil  xukmdorlariga  aylana  boshladilar.  Rimning  va  Rim  oblastining  ham 

diniy,  ham  dunyoviy  hokimi  bo`lgan  birinchi  papa  Grigoriy  1  (590-604)  bo’ldi. 

Langobard koro’llari keyincha papa oblastini o’z hokimiyatlariga buysundirishga 

harakat qildilar, lekin bu harakat natija bermadi. Papalar frank qiro’llaridan iborat 

ittifoqchilarga  ega  edilar.  VIII  asrning  yarmida  ular  shu  frank  qiro’llarining 

yordami bilan o’zlarining papa cherkovi davlatini o’zil-kesil tashqil yetdilar, bu 

davlat ham, shunday qilib, ilgari Rim imperiyasining o’ziga xos bir qoldigi edi. 

  Shunday qilib, G’arbiy Yevropa haritasi  yeramizning V va VI asrlari ichida 

butunlay o’zgarib ketdi. G`oyat katta G’arbiy Rim imperiyasi etsa Vizantiya degan 

nom  bilan  yashab  keldi,  biroq  uning  sharoitlari  va  aloqalari  boshqacha  edi.  (U 

asosan slavyanlar va  Sharqiy Osiyo bilan aloqa qildi). Yevropada davlat tuzumi 

ibtidoiy bo`lgan unlab mayda-mayda varvar qiro’lliklari vujudga keldi. Lekin bu 

o’zgarish faqat siyosiy o’zgarishlaridangina iborat emas edi. Xalqlarning Buyuk 

ko’chishi deb atalgan ko’chishning tarixiy ahamiyati uning ijtimoiy natijalaridir. 

Bu  ko’chish-antik  quldorlik  tuzumining  haloq  bo`lishi  edi.  Yuqorida  kurib 

o`tganimizdek,  varvarlar  imperiyani  istilo  qilish    prosessida  Rim  jamiyatidagi 

yozilgan sinflar bilan-qo’llar va kolonlar bilan birgalashib ish kurdilar. Shunday 

qilib, qo’llar bilan kolonlar quldorlik  tuzumini yikitishda bevosita, aktiv ishtroq 

yetdilar.  Ularning  ko`pi  varvarlar  kushini  safiga  kirdi.  Qolganlari  etsa 

xo’jayinlarining qo’lidan ko`plab kochib ketdi, bu vaqtda xo’jayinlar kochoqlarni 

qaytarib  olib  kelishdan  ojiz  edilar.  Oqibat-natijada  Rim  qo’llari  va  kolonlari 

dehqonlar  ommasiga  aylandilar,  kelgindi varvar-dehqonlarning  bu  dehqonlardan 

farki  shu  ediki,  kelgindilar  bularga  qaraganda  erkinroq  va  mustaqilroq 

edilar.Darhaqikat, varvar zodagonlari orasidan chiqkan yangi yer egalari yer olish 



bilan  birga  bir  necha  qo’l  ham  oz  bular  edi,    chunki  o’sha  vaqtda  quldorlik 

latifundiyalarida qo’llarning soni umuman juda kamayib ketgan edi; ikkinchidan, 

yeski xo’jayinlarning. Ya’ni Rim  qo’ldorlarining o`rnini olgan yangi xo’jayinlar 

qo’llarni  odatda  darxol  obroq  to`laydigan  dehqonlarga  aylantirar  edilar. 

Qo’llikning  plantatorlar  tomonidan    qo’llanilgan  formasini  (yoki  kazarma 

formasini) german zodagonlari ilgari ham xaddan tashqari murakkab va besunakay 

forma  deb  xisoblar  edilar.  Plantatorlardagi  qo’llik  yangi  sharoitga  (ko`p  qo’llar 

yaqinda ozod bo`lib ketgan edi, markazlashgan polisiya apparati  yuk edi, varvar 

qiro’lliklarining  davlat  hokimiyati  kuchsiz  edi)  ayniqsa  to`g`ri  kelmas  edi. 

Quldorlik hukmronligini yuk qilib tashlagan buyuk o’zgarish natijasida yeskicha, 

rimcha  qo’llik  ma’nosidagi  qo’lchilik  o’zil-kesil  yuqoldi.  Yeski  qo’ldor 

zodagonlarning  yer-mulklari  juda  ko`p  yangi  yer  egalri  O’rtasida bo’linib ketdi. 

Bu yangi yer egalarining bir qismi yangi, varvar aristoqratlar bo`lib, bular keyingi 

O’rta asr feodallarining eng yaqin o`tmishdoshlari edilar. Yerlarning bir qismi etsa 

varvar  dehqonlar  qo`liga  utdi,  bu  dehqonlar  shaxsiy  erkinliklarini  hali  saqlab 

qolgan va o’zlarining jamoa tartiblarini yangi joyga ko’chirib olib kelgan edilar, 

bu  jamoa  tartiblari  sinflar  paydo  bo’lmasdan  ilgari  urugchilik  tuzumi  bilan 

bog’langan edi. 

 

 Nazorat topshiriqlari: 



1.

 

Langobardlar qaysi qabilaga qarindosh bo`lgan? 



2. Langobardlarning yangi poytaxtining nomini ko`rsating? 

2.

 



Rim oblastining ham diniy, ham dunyoviy  hokimi bo`lgan birinchi papa 

kim? 


4. Varvarlar istilolari natijasida qaysi imperiya batamom tugallandi? 

 

Download 142,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish