Kurs ishi mavzu: Ta’limni,,Texnologik“ yoʻnalishda qurishning umumiy mezoni. Buxoro 2019 «Tasdiqlayman»


I-BOB Ta’lim berish texnologiyasi va uni amalga oshirish tartibi



Download 192,5 Kb.
bet2/6
Sana29.06.2022
Hajmi192,5 Kb.
#717827
1   2   3   4   5   6
I-BOB Ta’lim berish texnologiyasi va uni amalga oshirish tartibi.
I.1.Pedagogik texnologiyaning mazmunini ifodalanishi.
Pedagogik texnologiya ta’lim shakllarini optimallashtirish maqsadida oʻqitish va bilimlarni oʻzlashtirish jarayonining inson salohiyati va texnik resurslami qoʻllash, ularning o’zaro taʻsirini aniqlashga imkon beradigan tizimli metodlar majmuasidir.
Zamonaviy pedagogik texnologiya mohiyat e’tibori jihatidan boshqa texnologiyalar bilan bir safda turadi, chunki ular ham boshqalari qatori o‘z xususiy sohasiga, metodlari va vositalariga egadir. Biroq zamonaviy pedagogik texnologiya inson ongi bilan bog’liq bilimlar sohasi sifatida murakkab va hammaga ham tushunarli boʻlmagan pedagogik jarayonni ifoda etishi bilan ishlab chiqarish va axborotli texnologiyalardan ajralib turadi. Uning oʻziga xos xususiyati tarbiya komponentlarini mujassamlashtirganidir.
Axborotli texnologiya pedagogik texnologiyaning tarkibiy qismi boʻlib, u ta’lim jarayonida texnik vositalarning mukammallashgan zamonaviy turi sifatida qoʻliana boshlandi. Axborot texnologiyalari insoniyat taraqqiyotining turli bosqichlarida ham mavjud boʻlgan.
Har qanday didaktik vazifa mos ravishdagi ta’lim texnologiyasi yordamida hal etiladi, uning bir butunligi esa uchta (tashkiliy shakl, didaktik jarayon hamda oʻqituvchi malakasining oʻzaro bog‘langan) ishlanmasi asosida ta’minlanadi. Pedagogik tadqiqot va ishlanmalar, demakki, umumiy olingan pedagogik texnologiyaning asl mazmuni quyidagi holatlarda ifodalanadi:
Birinchidan, pedagoglar pedagogik texnologiya vositasida amaliy ta’lim jarayonidagi xayoliy g‘oyalarni minimum darajaga keltirish va uni oldindan loyihalash hamda keyinchalik ularni oʻquv mashg‘ulotlariga tatbiq etishga harakat qilmoqda. Bunga yuqorida qayd etilgan «didaktik vazifa» hamda «ta’lim texnologiyasi» tushunchalarini toʻg‘ri tatbiq qilish orqali erishish mumkin.

Ikkinchidan, foydalanib kelingan dars uchun bajariladigan, oʻqitishga moʻljallangan alohida ishlanmalardan farqli ravishda pedagogik texnologiya tahsil oluvchining bilish faoliyati tuzilmasi va mazmunini belgilovchi oʻquv-tarbiya jarayonining loyihasini taklif qilmoqda. Mashg‘ulotlar uchun alohida ishlab chiqilgan uslubiy tavsiyalarni har qanday oʻqituvchi aniq amalga oshira olmasligi ma’lum boʻlsa, dasturlashtirilgan ta’limni amalga oshirish tajribasi shuni koʻrsatmoqdaki, bilish faoliyatini oldindan loyihalash amalda har qanday oʻzlashtirish darajasiga ega ta’lim oluvchining muvaffaqiyatli faoliyatini ta’minlaydi. Zamonaviy sharoitlarda, pedagogik jarayonlarni kompyuterlashtirish ta’lim jarayonini pedagogik loyihalash, uni samarali amalga oshirishning yagona yoʻnalishi hisoblanadi.


Uchinchidan, pedagogik texnologiyaning ahamiyatli jihati-maqsadni belgilash jarayonidir. An’anaviy pedagogikada nazariyotchi va amaliyotchi pedagoglarni maqsadni belgilash muammosi oʻylantirmaydi, bunda maqsad sari mavhum yoʻldan borilib, unga erishish qandaydir istiqbol sifatida belgilanadi. Pedagogik texnologiyada esa u markaziy muammo sifatida qaralib ikki yoʻnalishda hal etiladi.
Ta’lim oluvchi tomonidan fanni oʻzlashtirishda tashhisli maqsadni belgilash hamda oʻzlashtirish darajasini haqqoniy nazorat qilish maqsadga muvofiqdir.
Toʻrtinchidan, pedagogik texnologiya ma’lum pedagogik tizim loyihasi. Uni ishlab chiqish va amalga oshirishning muhim mezoni umum ta’lim-tarbiya jarayonlari tuzilmasining mazmun jihatidan bir butun ekanligi tog‘risidagi tushunchani shakllantirishdir. Bir butunlilik mezoni boʻlajak ilg‘or pedagogik tizimni loyihalashda pedagogik tizim barcha elementlarining gorizantal ravishda bir oʻquv davri chorak, semestr yoki oʻquv yili mobaynida; vertikal ravishda butun ta’lim davri mobaynidagi oʻzaro uyg‘un ta’sirlanuvini ifodalaydi. Bunda pedagogik tizimning bitta elementiga uning qolgan elementlarini moslashtirmasdan turib oʻzgartirishga yoʻl qoʻyib boʻlmaydi. Ta’lim maqsadlarini oʻzlashtirgan holda uning mazmunini oʻzgartirishni yoki ta’lim jarayonini, uning mazmuni oʻzgartirilmay qoldirilgan holatlar yuqoridagi fikrimizni isbotlaydi. Bunday
shakldagi pedagogik texnologiyalarning hayotiy emasligini oʻquv rejalari hamda dasturlarini bir necha bor qayta tuzishda olingan natijalar tasdiqlab turibdi.
Pedagogik tizimni bir butun holatda loyihalash oʻquv yurtlari uchun ta’lim oluvchilarni tarbiyalashning ma’lum xususiyatlarini kafolatlovchi nisbatan turg‘un uslubiy hujjatga ega boʻlish imkonini beradi.
Zamonaviy pedagogik texnologiya oʻzining pedagogika va boshqa fan yutuqlari bilan bogʻliq xususiy nazariyasiga ega; u birinchi galda oʻquv-tarbiyaviy jarayonini ilmiy asosda qurishga yoʻnaltirilgan, oʻqitishning axborotli vositalaridan va didaktik materiallardan, faol metodlardan keng foydalanishga asoslangan oʻqituvchi va oʻquvchilarning birgalikdagi faoliyatiga zamin yaratadi. Ta’lim ijtimoiy tizimning bir qismi boʻlib u oʻz rivojlanishida jamiyat taraqqiyotining yoʻnalishlariga bogʻliq ravishda roʻy berayotgan aksariyat oʻzgarishlarga muvofiq oʻzgara boradi. Ana shu doirada innovatsiyalar ta’lim oldida turgan vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirishning asosiy shartlaridan hisoblanadi.
Pedagogik jarayonda oʻzining yangi gʻoyalami ishlab chiqish qobiliyatini doimo rivojlantiradigan va takomillashtiradigan oʻqituvchi iqtidorli hisoblanadi. Pedagogik ijodiyot oʻz mohiyatiga koʻra odamning yangi bilimlarni hosil qilish va takomillashtirish boʻyicha ijodiy ishining kasbiy, maxsus ifodasidir. Pedagogik izlanish oʻqitishda doimo ma’lum yoʻnalishdagi subyektga nisbatan aniqlashtirilgan boʻladi. Pedagogik izlanish natijasida yangilikning asosiy namoyon boʻlish shakllari kundalik oʻquv-tarbiyaviy muammolarning nostandart yechimlari, pedagogik ta’sir usullarining metodik va nazariy jihatdan mukammal ishlab chiqilishi, ixtiro etilishi va takomillashuvi hamda ulardan samarali foydalanishda koʻrinadi. Yangi ta’lim tizimi mazmuniga o‘tmishning qimmatbaho ma’naviy qadriyatlarini kiritish va unutilayozgan yoki taqiqlangan ba’zi birlarini qayta tiklashdan maqsad oʻtmish oldida egilish emas, balki unga tayanib, ijodiy foydalangan holda rivojlanishning yangi pog‘onasiga chiqish demakdir.



Download 192,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish